O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Skeptitsizm funksiyasi. Unutmaslik kerakki, geosiyosat fanining asosiy
tadqiqot ob‗yektini, kategoriyalarini, funksiyalarini, qonuniyatlarini, siyosiy jarayonlarga ta‗sir qilish mexanizmlarini ilk ko‗tarib chiqqan tadqiqotchilar G‗arbning yirik yetakchi mutamlakachi davlatlarining nazariyotchi mutaxassislari edi. Albatta ular xalqaro maydonda o‗z davlatlarining manfaatlarini himoya qilishga, yanada ta‗sir doiralarini mustahkamlashga harakat qilishgan. Yanada 28 aniqroq qilib ayttadigan bo‗lsak, ular o‗z tadqiqotlarida ustuvor yo‗nalish sifatida o‗z diqqat - e‗tiborlarini nimalarga qaratishgan: xalqaro maydonda o‗z hukmronligini o‗rnatish; rivojlanayotgan o‗lkalarni asoratga solish; ularni asoratda ushlab turish; o‗z manfatlariga xizmat qiladigan turli ziddiyatlarni keltirib chiqarish usullarini, mexanizmlarini tahlil etishgan. Agar biz geosiyosatchilarni barrikadaning o‗ng tomonida turgan deb faraz qilsak, barrikadaning chap tomonida turib manzarani tahlil qilgan geosiyosatchilar yo‗q. To‗g‗ri mustamlakachilik tizimi tugadi. Lekin xalqaro maydonda o‗z hukmronligini yangicha ko‗rinishda o‗rnatish, uni o‗z manfaatlariga mos ravishda tashkil etish, o‗z manfaatlarini ko‗proq amalga oshirish hissi yirik davlatlarning hukmron toifalari fikri xayolini tark etgani yo‗q. Qolaversa mustamlakachilikka intilish yangicha ko‗rinishlarda davom etmoqda: xalqaro tashkilotlar; xalqaro huquqiy normalar; Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti; siyosiy-ijtimoiy bitimlar, iqtisodiy-savdo bitimlari, kollektiv mudofaa va boshqacha ko‗rinishlarda. Turli mazmundagi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy birlashmalarga ko‗r - ko‗rona ergashmaslik, kerak bo‗lsa turli mazmundagi iqtisodiy, texnologik ko‗mak, ilmiy - texnik hamkorlikka asoslangan dasturlarda ongli ishtirok etishni zamon talab qilmoqda. Ushbu jarayonlarni chuqur ilmiy tahlil qilish, unga qanday munosabatda bo‗lish zarur, zaruriyab bo‗lsa bu jarayonlarga shubha bilan qarash, ehtiyotkorlik singari ko‗nikmalarni skeptitsizm funksiyasi o‗zida ifoda. Ushbu sabab qator yirik davlatlarning yirik geosisyoatchilari o‗z tadqiqotlarida geosiyosat fanida bunday funksiyaga ehtiyoj sezishmagan. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling