O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy uslub
Institutsional uslub siyosiy faoliyat olib boriladigan institutlar - davlat,
partiyalar, tashkilotlar faoliyati va hokazolarni o‗rganishga qaratilgan. Ushbu usul XX asrning boshlariga qadar siyosatshunoslik, sotsiologiya va geosiyosatda deyarli 25 yetakchi edi. Geosiyosatda ham qo‗llaniladigan antropologik usul inson tabiatiga e'tibor beradi. Ushbu uslubning tarafdorlari odamda umumiy mavjudotni ko‗rishadi. Shuning uchun ular inson tabiati bilan belgilanadigan inson xatti- harakatlari motivlariga ustunlik berishadi. Empirik tadqiqotlar usullari geosiyosat va umuman fanga sotsiologiya, statistika, kibernetika va boshqa ba'zi fanlardan kelib chiqqan. Bunga hujjatlar tahlili, so‗rovnomalar, tajribalar, o‗yin nazariyasi va boshqalar kiradi. Qiyosiy uslub. Qiyosiy uslubning ilmiy doirada qo‗llanilib kelinishi antik davrlarga borib taqaladi. Masalan, Aristotel yoki undan keyinroq yashab o‗tgan Farobiy ijodlariga e‗tibor bersangiz, ular asarlarida muammolarni o‗rganish asnosida qiyosiy uslubdan keng foydalanganligiga amin bo‗lasiz. Zamonaviy geosiyosatda qiyosiy uslubning ahamiyati shundaki, u orqali tadqiqotchi jamiyatdagi xalqlar va davlatlar turmushini o‗rganadi, ularni bir-biriga taqqoslaydi. Yoki ma‗lum bir geosiyosiy maydonlarning boshqasidan farqli jihatlari qiyosiy asosda o‗rganiladi. Muammolarni shu yo‗llar orqali o‗rganish asosida tegishli xulosalarni chiqaradi. Geosiyosatning asosiy funksiyalari. Geosiyosat fan sifatida jamiyat hayotini, unda kechayotgan turli mazmundagi geosiyosiy jarayonlarni tahlil etadi, tegishli taklif - xulosalar beradi, bir so‗z bilan aytganda ushbu jarayonlar bilan bevosita bog‗langandir. U real hayotdagi voqea - hodisalar va jarayonlarning o‗zaro aloqadorligini va ularning bir - biriga bog‗liqligini ifodalovchi qonuniyatlarni o‗ziga qamrab olgan. Shuningdek, geosiyosat borliqdagi jarayonlarni o‗zida aks ettiribgina qolmay, ularga bog‗liq tarzda jamiyatda muayyan funksiyalarni ham bajaradi. Mazkur funksiyalar geosiyosat fanida o‗ziga xos izchillika, mantiqiylikka, afzalliklarga ega. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling