O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mafkuraviy funksiyasi
Boshqaruv funksiyasi. Jamiyatdagi har qanday jarayonlarda boshqaruv
elementlarini ko‗rish mumkin yoki ijtimoiy jihatdan ham boshqaruv elementlarisiz kundalik hayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Boshqaruv yangi - yangi axborotlar tizimiga asoslanadi. Chunki boshqaruvchi (o‗z sohasi yoki doirasida) barqaror faoliyat olib borishi uchun ham (o‗ziga tegishli) informatsiyalarga ehtiyoj sezib boradi. Jumladan geosiyosatning boshqaruv funksiyasi ham shunga asoslangan. Boshqa sohalardan farqli tarzda, geosiyosat boshqaruvga tegishli qarorlar va 27 tavsiyalarni berish uchun doimiy ravishda mavjud informatsiyalarni (xalqlar, davlatlar va mintaqalar va b.) yig‗ib boradi va tahlil etadi. Faqat shu asosdagina masalaga nisbatan tegishli bo‗lgan asosiy xulosalarni chiqaradi. Masalan, birinchidan, har qanday jarayonlarda boshqarishga oid qarorlarni chiqarish uchun muammoli holatni atroflicha tahlil qilmoq kerak. Ikkinchidan, muammoga ob‗yektiv baho berish uchun turli kuchlar (sub‗yektlar) va omillarni hisobga olmoq lozim (siyosiy, iqtisodiy, geografik va b.). Uchinchidan, sub‗yektlarning voqeaga ta‗sir etish darajalarini o‗rganish kerak va b. Tabiatan geosiyosat boshqaruv haqidagi, xalqlar va davlatlar turmushida boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan muammolarni, ularning boshqalarga qay yo‗sinda ta‗sir etishi va ularni bartaraf etishning yo‗l - yo‗riqlarini, o‗rganadigan fandir. Shunday ekan uning jamiyatdagi boshqaruv funksiyasiga ham quyidan yuqoriga qarab yo‗naltirilgan hodisa sifatida qaramoq kerak. Mafkuraviy funksiyasi. Mafkuraviy funksiya geosiyosatning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Xo‗sh, mafkuraning o‗zi nima? Mafkuralar asosini ma‗lum bir maqsadlarni, manfaatlarni o‗zida mujassam etgan g‗oyalar tizimidir. Mafkura o‗zida aks ettirayotgan muayyan jamiyatning tuzilishi, u haqdagi falsafiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‗naviy, diniy nazariyalar, qarashlar, shuningdek ularni amalga oshiruvchi vositalar, eng asosiysi, jamiyatning umumiy rivojlanish yo‗llari haqidagi muayyan bilimlar majmuasidir. Bunday qarashlar, nazariyalar, uslub va vositalar real ijtimoiy - siyosiy vaziyat qarab shakllangan, aholining psixologiyasiga faol ta‗sir etadigan motivlarga ega bo‗lishi lozim. Geosiyosatni bilimlar, g‗oyaviy ta‗sir kuchlari kimlar yoki qaysi kuchlarning manfaatini himoya qilishi masalasi qiziqtiradi. Mafkuralar qanday ko‗rinish va shakllarda bo‗lmasin, ular asosida umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarning turishi xalqlar va davlatlar turmushi bilan bog‗liq bo‗lgan geosiyosiy jarayonlarda qarama - qarshiliklar, konfliktlar o‗rniga konsensusning shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi. Siyosiy kuchlar jamiyat o‗z oldiga qo‗ygan ichki va tashqi siyosatdagi o‗z geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishda, bu boradagi vazifalar oldida aholi turli qatlamlarini birlashtirishda, uyushtirishda, safarbar etishda, o‗zi olib borayotgan, faol targ‗ib qilayotgan hatti - harakatlarini omma tomonidan qo‗llab - quvvatlanishiga erishadi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling