O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Mazkur asarda “Diniy ekstremizm va fundamentalizm”
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Mazkur asarda “Diniy ekstremizm va fundamentalizm” mintaqamiz uchun
tug‗dirishi mumkin bo‗lgan xavf – xatarlar sifatida ta‘kidlangan. O‗zbekistonga nisbatan fundamentalizmi-aqidaparastlikning tahdidi nimalarda namoyon bo‗lmoqda? Birinchidan, aqidaparastlikni yoyish orqali dindor musulmonlarning islohotchi davlatga ishonchini yo‗qqa chiqarishda ko‗rinmoqda. Yaxshilik yo‗lidagi o‗zgarishlarning ustuvor shartlari bo‗lgan barqarorlikni, milliy, fuqarolararo va millatlararo totuvlikni buzish yo‗lidagi urinishlarda namoyon bo‗lmoqda; ikkinchidan, fundamentalistlarning adolat haqidagi olomonbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da‗vatlariga ko‗r - ko‗rona ergashuvchilar o‗zgalar irodasining quli bo‗lib qolishini anglashimiz lozim; uchinchidan, mamlakat mintaqalari aholisi va ijtimoiy qatlamlar o‗rtasida "haqiqiy" va "soxta" dindorlik belgilari bo‗yicha qarama - qarshilik keltirib chiqarishda ko‗rinmoqda; to‗rtinchidan, O‗zbekistonning janubiy chegaralaridagi qo‗shni mamlakatlarda fuqarolar urushi to‗xtamay, davom etib kelayotganligida namoyon bo‗lmoqda. Bu holat o‗zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchilar deb hisoblaydigan, mudhish tasavvurlarini xalqimizga zo‗rlab qabul qildirishni istaydigan terrorchilar, jangarilarning yangidan - yangi avlodlarini vujudga keltirmoqda; beshinchidan, musulmon va nomusulmon mamlakatlar, ularning jamoatchiligi orasida ham O‗zbekiston haqida ko‗ngilni sovutadigan fikr tug‗dirishga urinishlarda namoyon bo‗lmoqda; 115 oltinchidan, islom sivilizatsiyasi bilan islomiy bo‗lmagan sivilizatsiya o‗rtasida yalpi qarama - qarshilikni shakllantirishda namoyon bo‗lmoqda. Bu esa jahon hamjamiyatiga qo‗shilish jarayonlariga g‗oyat salbiy ta‗sir ko‗rsatmoqda. Undan ham dahshatlisi shuki, odamlarni diniy zaminda "sivilizatsiyalar to‗qnashuvi" ni kutishga majbur qilmoqda.mana hozirgi kunda G‗arb va islom munosabatlari xavas qiladigan darajada deb bo‗lmaydi; yettinchidan, ommaning ongida din barcha iqtisodiy, siyosiy va xalqaro muammolar hamda ziddiyatlarni hal qilishning universal vositasi degan fikrni qaror toptirishda ko‗rinmoqda. XXI asr bo‗sag‗asida yangi mustaqil davlatlar juda katta ichki va tashqi qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ular mavjud muammolarning yechimini, ichki manbalar va imkoniyatlarga tayangan holda va shu bilan birga, jahon hamjamiyatining manfaatdor ishtirokidan izlamoqda. Nafaqat yosh davlatlarning e‗tibor berishini, balki, eng avvalo, xalqaro jamoatchilik ishtirokini talab etadigan muammolar jumlasiga birinchi navbatda imperiyacha fikrlash va xulq - atvorning xurujlari tufayli kelib chiqayotgan muammolarni kiritish lozim. O‗zbekiston Respublikasi ham ana shu hodisalar ta‗siridan chetda qolgani yo‗q. Davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdidlar saqlanib qolmoqda. Bu tahdid buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ruhidagi shiorlarda, bildirilayotgan fikrlarda, sharhlarda va muayyan xatti - harakatlarda aniq namoyon bo‗lmoqda. Bir qarashda, go‗yo insoniyat XXI asr bo‗sag‗asida yetarli darajada aql - idrokli bo‗lib qolgan holda o‗zining tarixiy tajribasiga asoslanib, asrlar davomida tarkib topib kelgan ba‗zi bir andozalardan voz kechishi tabiiy bo‗lib ko‗rinadi. Biroq shovinistik va agressiv millatchilik inersiyasining kuchi hali shu qadar zalvorliki, bu kuch unga duch kelganlar uchun ham, uni boshqalarga qaratayotganlar uchun ham naqadar xavfli ekanligini payqamaslik mumkin emas. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling