O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi sаfаrоvа Nаsibа Irаnkulоvnа Аmаnbаevа Ziyodа Аbdubоisоvnа
-jadval XXI asr boshida qand ishlab chiqaruvchi, eksport va import qiluvchi asosiy davlatlar
Download 1.5 Mb.
|
portal.guldu.uz-MODDIY ISHLAB CHIQARISH АSOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qand еtishtiruvchilar Asosiy eksport qiluvchilar Asosiy import qiluvchilar
- Vinochilik.
- Mavzu bo’yicha savollar.
- Qishloq хo’jaligini rivоjlantirish asоslаri. Tayanch tushunchalar
6-jadval
XXI asr boshida qand ishlab chiqaruvchi, eksport va import qiluvchi asosiy davlatlar.
Tozalanmagan qand yеtishtiruvchi eng yirik davlatlar Braziliya, Hindiston, Xitoy, AQSh, Avstraliya, Tailand, Fransiya, Mеksika, Gеrmaniya, Pokiston va Kuba hisoblanadi. Eng ko‘p eksport qiluvchi davlatlar Braziliya, Avstraliya, Kuba, Tailand, Gvatеmala va G’arbiy Yevropa mamlakatlari (ayniqsa Frantsiya, Gеrmaniya, Bеlgiya) kabilardir. Vinochilik. Uzum yеtishtirish va uzumdan olinadigan vino ishlab chiqarish mo’tadil mintaqaning janubiy kеngliklarida va subtropik iqlim mintaqasida joylashgan mamlakatlarda shakllangan. An’anaviy vinochilik O‘rta Yer dеngizi, Qora dеngiz va Kaspiy dеngizi havzasidagi mamlakatlarda rivojlangan. Uzum vinosini ishlab chiqarish AQSh, Lotin Amеrikasi mamlakatlari (ayniqsa Argеntina va Chilida), JAR va Avstraliyada jadal rivojlanmoqda. Jahonda yiliga 260 mln gеkalitrga yaqin uzum vinosi ishlab chiqariladi. Vinochilikda Yevropa mintaqasi yetakchilik qiladi, dunyoda ishlab chiqariladigan uzum vinosining ⅔ qismi ushbu mintaqaga to‘g’ri kеladi. Eng ko‘p vino ishlab chiqaruvchi mamlakatlar: Italiya (57 mln gеkalitrga yaqin); Fransiya (50 mln gеkalitrdan ortiq); Ispaniya (30 mln gеkalitr arofida). Bu mamlakatlarda dunyoda еtishtiriladigan vinoning 55% i to‘g’ri kеladi. Shuningdеk, uzum vinosini eng ko‘p ishlab chiqaruvchi davlatlar o‘nligiga AQSh, Argеntina, Gеrmaniya, JAR, Avstraliya, Ruminiya va Chili kiradi. Mavzu bo’yicha savollar. 1. Oziq-ovqat sanoati korxonalarining hududiy joylashuvi qanday omillarga bog’liq? 2. Un tortish tarmog’ining mintaqaviy rivojlanish xususiyatlarini ko’rsatib bering. 3. Oziq-ovqat sanoati rivojlanishida qaysi tarmoqlar bilan bog’liq? 4. O’zbekistonda oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlar orasida tutgan o’rniga tavsif bering. Qishloq хo’jaligini rivоjlantirish asоslаri. Tayanch tushunchalar: Qishloq xo’jaligi, monokultura, eksport, import, agrobiznes, o’rmonchilik, baliqchilik. Qishloq xo’jaligi – moddiy ishlab chiqarishning ikkinchi o’rindagi yetakchi tarmog’idir. Qishloq xo’jaligi nafaqat eng qadimgi, balki eng keng tarqalgan moddiy ishlab chiqarish tarmog’idir. Dunyoda qishloq xo’jaligi va unga yondosh tarmoqlar – o’rmonchilik, ov va baliqchilik bilan shug’ullanmaydigan bironta davlat yo’q. Butun dunyoda 2,5 mlrd dan ortiq kishi bu tarmoqlarda faoliyat ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligining keng tarqalganligi uning ko’p tarmoqliligi bilan muvofiq keladi: olimlar 50 dan ortiq tipini ajratadilar. Lekin ularning barchasini ikki katta guruhga birlashtirish mumkin. Birinchidan, xom-ashyo yetishtiruvchi qishloq xo’jaligi bo’lib, u o’z navbatida almashlab ekish tipidagi intensiv dehqonchilik, yem – xashak tayyorlash bilan birga intensiv chorvachilik, bog’dorchilik va polizchilik, shu bilan birga shudgor qilinadigan va bo’z yerlarni o’zlashtirish tipidagi ekstensiv dehqonchilik va yaylov chorvachiligiga bo’linadi. Ikkinchidan, an’anaviy iste’molchilik qishloq xo’jaligi bo’lib, u o’z ichiga yerga omoch va ketmon bilan ishlov beruvchi dehqonchilik, yaylov, ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvachilik, shuningdek terib-termachlash, ov va baliqchilikka bo’linadi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar, ayniqsa postindustrial bosqichga o’tgan mintaqalarda yuqori darajada xom-ashyo yetishtirish shakllangan. Ilmiy-texnika inqilobi davrida bu tarmoq mexanizasiyalashtirish va ximiyalashtirishning yetish mumkin bo’lgan eng yuqori darajasiga erishdi va endilikda uning rivojlanishida mikroelektronika, avtomatlashtirish (broyler jo’jalarini yetishtirish), seleksiya, genetika, biotexnologiyaning eng so’nggi yutuqlarini joriy etish asosiy o’rin tutadi. Bunday mamlakatlar guruhida agroishlab chiqarish majmualari agrobiznes shakliga o’tdi, bu shaklda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish unga qayta ishlov berish, saqlash, tashish va sotish, shuningdek texnika, mineral o’g’itlar va hokazolarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Bunda qishloq xo’jaligi industrial xarakterga ega bo’ladi. Rivojlanayotgan davlatlarda qishloq xo’jaligi xom-ashyo yetishtirish bilan birga iste’molchilik ko’rinishiga ega. Xom-ashyo yetishtirish xo’jaligi bu – yirik, yaxshi tashkil etilgan plantasiyalar va fermalardan iborat bo’lib, eng yaxshi yerlarni egallaydi, yollanma ishchi kuchi, mashinalar, o’g’itlar, sun’iy sug’orishdan keng foydalanadi. Ulardagi ishlab chiqarish ichki va tashqi bozorga mo’ljallangan bo’lib, o’ziga xos ravishda davlat ichidagi davlat ko’rinishini namoyon qiladi. Lekin bunday plantasiyalar alohida u yoki bu ekin turlarini yetishtirishga qulay sharoit mavjud hududlarda tashkil topadi. Rivojlangan davlatlarda an’anaviy iste’molchilik tipidagi qishloq xo’jaligi, ko’proq dehqonchilik yo’nalishida keng tarqalgan bo’lib, AQSh va Yevropadan farqli ravishda, chorvachilik bilan birgalikda bo’lishdan tashqari undan alohida ham shakllangan. Bu tarmoq yuz millionlab mayda va juda mayda xo’jaliklardan tashkil topadi va kam hosilli yerlarda o’z oilasini boqishga yetadigan ekinlarni yetishtiradi. Mehnat qurollari esa yog’och va temir uchli omochlar, motiga (ketmon)dan iborat. Yer yuzining janubiy qismida qishloq xo’jaligi anchagina qoloqdir. Jahon traktor parki 26-27 mln mashinadan tashkil topadi, lekin rivojlangan davlatlarga ularning 5-6 mln donasi tegishlidir. Birgina AQShning o’zida barcha rivojlangan davlatlardagidan ham ko’proq traktorlar bor. Ko’pchilik rivojlangan davlatlarda 1 ga haydaladigan yerga 60-80 kg mineral o’g’it solinadi. Sahroi Kabirning janubida esa 10 kg.ni tashkil etadi. Ularda donli ekinlarning o’rtacha hosildorligi 15-20 s/ga.ni tashkil etadi, shu o’rinda ta’kidlab aytish mumkinki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 35-50 s/ga. va undan ko’proqqa yetadi. Rivojlanayotgan davlatlarga ko’pincha dehqonchilikning monokulturaviy shakli xosdir. Eksport ahamiyatiga ega bo’lgan bir turdagi ekinlar muayyan mamlakatning asosiy ekini bo’lib qoladi. Masalan Kubada shakarqamish va tamaki, Kolumbiyada kofe va banan, Ekvadorda banan, Shri-Lankada choy, Efiopiyada kofe, Kot-d‘Ivuarda kakao, Sudanda paxta ana shunday ekinlardan hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda qishloq xo’jaligini rivojlantirish XX asr o’rtalarida ro’y bergan, “yashil inqilob” nomisni olgan hodisaga ko’p jihatdan bog’liqdir. “Yashil inqilob” – bu qishloq xo’jaligini zamonaviy agrotexnika asosida qayta shakllantirishdir. U ITR shakllarining birini namoyon qiladi. “Yashil inqilob” uch tarkibiy qismga ega. Bular – donli ekinlarning hosildorligini oshirish bilan birga 4 martalab qayta ekish imkonini beradigan tezpishar yangi navlarining yaratilishi, yangi navlar sun’iy sug’orib yetishtirilganda o’zlarining yaxshi jihatlarini namoyon qilishi natijasida irrigasiyaning kengaytirilishi va nihoyat, zamonaviy texnika, o’g’itlar va ximikatlarning keng qo’llanilishi kabilardan iborat. Shu bilan birga bu jarayon rivojlanayotgan va qoloq davlatlar uchun turlicha tashkil etildi va xo’jalikning yuqori darajada, har tomonlama taraqqiyoti yuzaga kelmadi. Ayni vaqtda “yashil inqilob”ning rivojlanayotgan davlatlardagi xarakterli xuvsusiyatlari quyidagilardan iborat: Ushbu jarayon Lotin Amerikasidagi faqat yirik davlatlari, Janubiy va janubi-sharqiy Osiyoning ba’zi davlatlarinigina qamrab oldi. Shunday qilib, “yashil inqilob” natijalarining 70% i Lotin Amerikasi davlatlariga, 29% i Osiyoning rivojlanayotgan davlatlariga va faqat 1% igina Afrika va Okeaniyaga to’g’ri keladi. Bu jarayon xorijiy kapitalga tegishli yirik yerlar va plantasiyalarga ta’sir ko’rsatdi. “Yashil inqilob”ning dehqonchilikdagi ayrim yo’nalishlari (donchilik va plantasiya xo’jaligi)gagina ta’sir etib, chorvachilikning amalda chetda qolishi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling