O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tеrmiz dаvlаt univеrsitеti
Metallmaslar inson xayotida ishlatilishi
Download 331.5 Kb.
|
sayfiddin BMI
1.4. Metallmaslar inson xayotida ishlatilishi,
Nodir gazlar Inert gazlar ilm-fanda, amaliyotda keng qo‘llaniladi. Masalan suyuq geliyning xossalarini o‘rganish fizikada ajoyib kashfiyotlar qilinishiga olib keldi. o‘ta oquvchanlik, o‘ta o‘tkazuvchanlik kabilar shular jumlasidandir. Gaz holatidagi geliy ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarurdir. Xonalarni yoritish, reklama chiroqlari va boshqa lampalarning ichi inert gazlar bilan to‘ldiriladi. Kuchli oksidlanuvchi moddalarni ishlab chiqarishda ham inert gazlar keng qo‘llaniladi. Ularning kimyoviy birikmalari faqat nazariyotchilar uchun emas, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Ular kuchli oksidlovchi bo‘lganligi uchun avvallari g‘ayritabiiy hisoblangan ba'zi kimyoviy reaksiyalarni olib borishga, masalan besh valenti oltin birikmalarini olishga imkon berdi. Galogenlar . Xlor ichimlik suvni zararsizlantirish (suvni xlorlash), gazlama va qog`oz massalarni oqartirish uchun ishlatiladi. Uning ko`p qismi xlorid kiislota, xlorli ohak, shuningdek, tarkibida xlor bo`ladigan turli xil kimyoviy birikmalar olish uchun sarflanadi. Vodorod xlorid NaCl, KCl, AgCl, ZnCl2, BaCl2, CaCl2, HgCl2, AlCl3 kabi tuzlarni olishda, metallarni dorilashda, oziq–ovqat sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi. Undan barcha kimyo laboratoriyalarida reagent sifatida foydalaniladi. NaCl–(toshtuz, osh tuzi, galit) ovqatga solinadi, NaOH, Cl2, HCl, Na2CO3 olishda xomashyo sifatida hamda oziq–ovqat mahsulotlarini konservalashda ishlatiladi. KCl–kaliy xlorid, qimmatli kaliyli mineral o`g`it. AgCl–kumush xlorid, kam eiydigan tuz, fotografiyada foydalaniladi. ZnCl2–rux xlorid, yog`ochni chirishdan saqlash maqsadida unga shimdirish uchun, kavsharlashda metall sirtini ho`llashda ishlatiladi. BaCl2–bariy xlorid, zaharli modda, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. CaCl2–kalsiy xlorid, gazlarni quritishda va tibbiyotda keng ko`lamda ishlatiladi. HgCl2–simob xlorid, sulema, kuchli zahar, dezinfeksiyalovchi vosita sifatida, urug`larni dorilashda, terini oshlashda va organik sintezda foydalaniladi. AlCl3–alyuminiy xlorid ko`pincha organik sintezlarda katalizator sifatida foydalaniladi. 2F2 + Xe = XeF4 Ftor polimer materiallar–ftoroplastlar sintez qilishda, raketa yoqilg`isi sifatida, uning ayrim birikmalaridan tibbiyotda ham foydalaniladi. HF ning o`ziga xos muhim xususiyati–kremniy (IV) oksid bilan o`zaro ta`sirlasha olishidir: 4HF + SiO2 = SiF4 + 2H2O HF shishani yemiradi, shu sababli parafin, kauchuk, polietilen yoki qo`rg`oshindan yasalgan idishlarda saqlanadi. HF metall quymalardan qumni yo`qotishda va shishaga ishlov berishda ishlatiladi. Brom va yod kuchli oksidlovchilar bo`lib, ularning bu xususiyatidan moddalarni turli xil analiz va sintez qilishda foydalaniladi. Download 331.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling