O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tеrmiz dаvlаt univеrsitеti


Download 331.5 Kb.
bet12/29
Sana19.01.2023
Hajmi331.5 Kb.
#1102440
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
sayfiddin BMI

Fizik–kimyoviy xossalari. Azot–rangsiz, hidsiz, ta`msiz va havodan yengil gaz. 20 0C da 1 l suvda 15,4 ml azot eriydi. Tabiiy azot massa sonlari 14 (99,64 %) va 15 (0,36 %) bo`lgan ikkita barqaror izotopdan tarkib topgan.
Azot molekulasi ikki atomdan iborat. Ular orasidagi bog`lanishning uzunligi juda qisqa–0,109 nm. Xona temperaturasida azot faqat litiy bilan bevosita birikadi:
N2 + 6Li = 2Li3N
Azot turli metallar bilan yuqori haroratda birikib nitridlar hosil qiladi:
3Ca + N2 = Ca3N2 2Al + N2 = 2AlN
Azot vodorod bilan yuqori bosim va haroratda katalizator ishtirokida birikadi: N2 + 3H2 = 2NH3
Elektr yoyi haroratida (3000–4000 0C) azot kislorod bilan birikadi:
N2 + O2 = 2NO
Azot vodorod bilan bir necha xil birikma hosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiak–NH3 dir.
Laboratoriya sharoitida ammiak odatda ammoniy xlorid bilan so`ndirilgan ohak aralashmasini ohista qizdirish orqali olinadi:
2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2NH3↑ + 2H2O
Sanoatda ammiak azot bilan vodorodni sintez qilish orqali olinadi:
N2 + 3H2 ↔ 2NH3, ∆H0 = –92,4 kJ.
Ammiak o`ziga xos o`tkir hidli rangsiz gaz, havodan deyarli ikki marta yengil. Bosim oshirilganda yoki ammiak sovitilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi (Tqaynash= –33,4 0C). Suvda juda yaxshi eriydi (20 0C da 1 hajm suvda 700 hajm NH3 eriydi). Uning suvdagi eritmasi ammiakli suv yoki navshadil spirti deyiladi.
NH3 + H2O ↔ NH3•H2O (NH4OH) ↔ NH4+ + OH
Ammiak kislotalar bilan o`zaro ta`sirlashib ammoniy tuzlarini hosil qiladi:
NH3 + HCl = NH4Cl NH3 + H3PO4 = NH4H2PO4
Ammiak kislorodda va qizdirilgan havoda yonib, azot hamda suv hosil qiladi: 4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O
Katalizator ishtirokida ammiak kislorod bilan ta`sirlashib azot (II)–oksid va suv hosil qiladi: 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
Qizdirilganda ammiak mis (II)–oksidni qaytaradi, o`zi esa erkin azotga qadar oksidlanadi: 3CuO + 2NH3 = 3Cu + N2 + 3H2O
Ammoniy tuzlari ammoniy kationi bilan kislota anionidan tarkib topgan. Ammoniy tuzlari ammiakni yoki uning suvdagi eritmalarini kislotalar bilan o`zaro ta`sir ettirib olinadi. Masalan,
NH3 + HNO3 = NH4NO3 ; NH3•H2O + HNO3 = NH4NO3 + H2O
Ammoniy tuzlari ishqorlar, kislotalar va boshqa tuzlarning eritmalari bilan reaksiyaga kirishadi:
NH4Cl + NaOH = NaCl + H2O + NH3↑ ; 2NH4Cl + H2SO4 = (NH4)2SO4 + 2HCl↑
(NH4)2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2NH4Cl
Ammoniy tuzlarining hammasi qizdirilganda parchalanadi yoki haydaladi masalan: (NH4)2CO3 = 2NH3↑ + H2O + CO2
Azot (II)–oksid NO–rangsiz gaz, suvda yaxshi erimaydi. Havo kislorodi bilan bevosita birikib, qo`ng`ir gaz–azot (IV)–oksid hosil qiladi: 2NO + O2 = 2NO2
Laboratoriya sharoitida NO suyultirilgan HNO3 bilan Cu ni o`zaro ta`sir ettirib olinadi: 3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO↑ + 4H2O
Cu – 2e = Cu2+ │2 │3
N5+ + 3e = N2+ │3 │2
Azot (IV)–oksid NO2–o`ziga xos hidli qo`ng`ir gaz, havodan og`irroq, zaharli, nafas yo`llarini yallig`lantiradi. Laboratoriya sharoitida konsentrlangan HNO3 bilan Cu ni o`zaro ta`sir ettirib olinadi:
Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O
Cu – 2e = Cu2+ │2 │1
N5+ + e = N4+ │1 │2
Azot (IV)–oksid suv bilan o`zaro ta`sir ettirilganda HNO2 va HNO3 lar hosil bo`ladi: 2NO2 + H2O = HNO3 + HNO2
N4+ – e = N5+ │1 │1
N4+ + e = N3+ │1 │1
2N4+ = N5+ + N3+
HNO2 beqaror kislota, shuning uchun qizdirilganda tez parchalanib ketadi. NO2 issiq suvda eritilganda HNO3 va NO hosil bo`ladi:
3NO2 + H2O = 2HNO3 + NO
N4+ – e = N5+ │1 │2
N4+ + 2e = N2+ │2 │1
3N4+ = 2N5+ + N2+
Kislorod mo`l bo`lganda faqat HNO3 hosil bo`ladi:
4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3
N4+ – e = N5+ │1 │4
O20 + 4e = 2O2– │4 │1
4N4+ + O20 = N45+ + 2O2–

Download 331.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling