Fizik–kimyoviy xossalari. Fosforning bir necha allotropik shakl o`zgarishlari mavjud: oq, qizil, qora fosfor.
Oq fosfor–rangsiz va juda zaharli modda. Fosfor bug`larini kondensatsiyalash yo`li bilan olinadi. Suvda erimaydi, lekin CS2 da yaxshi eriydi. Uzoq vaqt qizdirilganda qizil fosforga aylanadi.
Qizil fosfor–qizil–qo`ng`ir trangli kukun, zaharsiz. Suvda va CS2 da erimaydi.
Qora fosfor–tashqi ko`rinishidan grafirga o`xshaydi, ushlab ko`rilganda yog`lidek tuyuladi, yarim o`tkazgich xossalarga ega. Oq fosforni juda katta bosim ostida uzoq vaqt qizdirish (200 0C va 1200 MPa da) orqali olinadi.
Fosfor ko`rchilik oddiy moddalar–O, galogenlar, S, va ba`zi metallar bilan birikadi, bunda oksidlash va qaytarish xossalarini namoyon qiladi, masalan:
4P + 5O2 = 2P2O5 yoki P4O10 2P + 3Ca = Ca3P2
2P + 3S = P2S3 2P + 3Cl2 = 2PCl3
Fosforning metallar bilan hosil qilgan birikmalari fosfidlar deyiladi, ular suv ta`sirida oson parchalanib, fosfin PH3–sarimsoq hidi keladigan juda zaharli moddani hosil qiladi: Ca3P2 + 6H2O = 3Ca(OH)2 + 2PH3↑
Fosfor (III)–oksid P4O6–mumsimon kristall massa, 22,5 0C da suyuqlanadi. P ni O yetishmaydigan sharoitda yondirish yo`li bilan olinadi, kuchli qaytaruvchi, juda zaharli.
Fosfor (V)–oksid P4O10–oq gigroskopik kukun. P ni mo`l havo yoki O da yondirish orqali olinadi. U suv bilan shiddatli birikadi hamda boshqa birikmalardan suvni tortib oladi. Gazlar va suyuqliklarni qurituvchi sifatida ishlatiladi. 3P4O10 + 6H2O = 4H3(PO3)3 trimetafosfat kislota
H3(PO3)3 + 3H2O = 3H3PO4 fosfat kislota
2H3PO4 = H4P2O7 + H2O difosfat kislota
Do'stlaringiz bilan baham: |