O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tеrmiz dаvlаt univеrsitеti
Download 331.5 Kb.
|
sayfiddin BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya sharoitida
Uglerod guruppachasi
Fizik–kimyoviy xossalari. Olmos–atom panjarali rangsiz kristall modda. Olmos kristallarida C atomlari sp3–gibridlanish holatida bo`ladi. Issiqlikni yaxshi o`tkazmaydi va elektr tokini deyarli o`tkazmaydi. Sof holdagi namunalari yorug`likni kuchli sindiradi (shu`lalanadi), shuning uchun bezaklar (brilliantlar) tayyorlashda, shisha kesish, tog` jinslarini burg`ulash va o`ta qattiq materiallarni silliqlash uchun ishlatiladi. Grafit–salgina metall yaltiroqligi bor, ushlab ko`rilganda yog`lidek tuyuladigan to`q kulrang kristall modda. Grafit kristallarida C atomlari sp2–gibridlanish holatida bo`ladi. Grafit qalamlar o`zagini va elektrodlar (sanoatdagi elektrolizlar uchun) tayyorlashda ishlatiladi, texnik moylar bilan aralashma holida surkov materiali sifatida foydalaniladi. Grafit qiyin suyuqlanadigan va haroratning keskin o`zgarishlariga yaxshi chidaydigan bo`lgani uchun grafit bilan gil aralashmasidan metallurgiya uchun suyuqlantirish tigellari tayyorlanadi. Yadro reaktorlarida neytronlarni sekinlatuvchi sifatida ham foydalaniladi. Karbin–qora rangli mayda kristall kukun. Karbin kristallari C atomlarining navbatlashib keladigan oddiy va uchlamchi bog`lanishlar orqali bog`langan chiziqsimon zanjirlardan tarkib topgan: —C≡C―C≡C―C≡C―C≡C― yoki (―C≡C―)n Tabiiy C element sifatida ikki izotopdan : 12C (98,892 %) va 13C (1,108 %) dan tarkib topgan. Uglerodli birikmalar termik parchalanganda qora massa–ko`mir hosil bo`ladi. Ko`mirning eng muhim navlari koks, pista ko`mir va qurum. Koks toshko`mirni havosiz joyda qizdirish bilan olinadi. Metallurgiyada qaytaruvchi sifatida ishlatiladi. Pista ko`mir havosiz joyda yoki havo oz bo`lganda yog`ochning qizdirilganda ko`mirlanishidan hosil bo`ladi. Metallurgiya sanoatida, temirchilik ustaxonalarida, qora porox olish, gazlarni yuttirishda va turmushda ishlatiladi. Qurum uglevodlarni (tabiiy gaz, C2H2, skipidar) cheklangan miqdordagi havoda yondirish (yoki havosiz joyda termik parchalash) yo`li bilan olinadi. Ko`mirning va boshqa qattiq yoki suyuq moddalarning o`z sirtida bug`, gaz va erigan moddalarni ushlab qolish xossasi adsorbsiya deyiladi. Yuzasida adsorbsiya sodir bo`ladigan moddalar adsorbentlar deyiladi. Adsorbilanadigan moddalar adsorbatlar deyiladi. Agar, masalan siyoh eritmasini mayda tuyulgan ko`mirga qo`shib chayqatilsa va so`ngra aralashma filtrlansa, u holda filtratda rangsiz suyuqlik–suv bo`ladi. Bu holda erigan boyoqning hammasi ko`mirga adsorbilanadi. Ko`mir–adsorbent, boyo`q–adsorbat. C oksidlovchi sifatida ba`zi metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. C ning metallar bilan hosil qilgan birikmalari karbidlar deyiladi. 4Al + 3C = Al4C3 CaO + 3C = CaC2 + CO Vodorod bilan ko`mir nikel katalizator ishtirokida va qizdirilganda ta`sirlashib metanni hosil qiladi: C + 2H2 = CH4 Uglerod kislorod bilan ta`sirlashib oksidlar hosil qiladi: 2C + O2 = 2CO C + O2 = CO2 Ko`mir Fe, Cu, Zn, Pb va boshqa metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi, uning bu xossasidan metallurgiyada shu metallarni olishda keng ko`lamda foydalaniladi. Masalan, 2ZnO + C = 2Zn + CO2 Fe2O3 + 3C = 2Fe + 3C Uglerod (II)–oksid CO uglerodning kislorod yetishmaganda yonishi jarayonida hosil bo`ladi. Sanoatda u yuqori haroratda ko`mir cho`g`i ustidan CO2 o`tkazish yo`li bilan olinadi: 2C + O2 = 2CO C + CO2 = 2CO Laboratoriya sharoitida CO chumoli kislotaga qizdirib turib konsentrlangan H2SO4 ta`sir ettirish orqali olinadi: HCOOH = H2O + CO↑ CO–rangsiz, hidsiz, nihoyatda zaharli gaz. Ishlab chiqarish binolarida CO ning yo`l qo`yiladigan miqdori 1 L havoda 0,03 mg ni tashkil etadi. Yuqori haroratlarda CO kuchli qaytaruvchi. U ko`pchilik metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi. CO ning bu xossasidan rudalardan metallar suyuqlantirib olishda foydalaniladi. Masalan, CO + CuO = Cu + CO2 Havoda CO ko`kish alanga berib yonib, ko`p miqdorda issiqlik ajratib chiqaradi. Shuning uchun u boshqa gazlar bilan birgalikda gazsimon yonilg`ining ba`zi turlari–generator gazi va suv gazi tarkibiga kiradi. 2C2+O + O20 = 2C4+O22–, ∆H0298 = –572 kJ Uglerod (IV)–oksid CO2 tabiatda organik moddalar yonganida va chiriganida hosil bo`ladi. Hayvon va o`simliklar nafas olganida ajralib chiqadi. Laboratoriya sharoitida CO2 marmarga HCl ta`sir ettirib olinadi: CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + H2O + CO2↑ Sanoatda CO2 ohaktosh kuydirilganda hosil bo`ladi: CaCO3 = CaO + CO2↑ CO2–rangsiz gazsimon modda. Havodan 1,5 marta og`ir, shu sababli uni bir idishdan boshqasiga quyish mumkin. Yonishga va nafas olishga yordam bermaydi. O`t oldirilgan cho`p CO2 da o`chadi, CO2 ning konsentratsiyasi katta bo`lganda odam va hayvonlar bo`g`iladi. U shaxta, quduq va yerto`lalarda ko`pincha xavfli miqdorlarda to`planib qoladi. CO2 xona haroratida 6 MPa bosimda suyuqlikka aylanadi. Suyuq holda po`lat ballonlarda saqlanadi va tashiladi. Qattiq CO2 quruq muz deyiladi. Kislotali oksid xossalarini namoyon qiladi: suv va ishqorlarning eritmalari bilan o`zaro ta`sirlashadi. 1 hajm suvda taxminan 1 hajm CO2 eriydi, bunda H2CO3 hosil bo`ladi. Reaksiya qaytar: CO2 + H2O ↔ H2CO3 Ishqorlarning eritmalari bilan o`zaro ta`sirlashganda tuzlar hosil bo`ladi: CO2 + 2NaOH = Na2CO3 + H2O Yuqori haroratlarda oksidlash xossalarini namoyon qiladi: ko`mir va aktiv metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan: CO2 + C = 2CO CO2 + 2Mg = 2MgO + C CO2 soda, shakar ishlab chiqarishda, suv va ichimliklarni gazlashtirish uchun, suyuq holga–o`t o`chirgichlarda ishlatiladi. Quruq muzdan tez buziladigan mahsulotlarni saqlashda foydalaniladi. Kristall kremniy–shishadek yaltiroq, to`q kulrang modda. Kremniy juda mo`rt, zichligi 2,33 g/sm3. Ko`mir kabi qiyin suyuqlanadi. Kremniy uchta barqaror izotopdan–28Si (92,27 %), 29Si (4,68 %) va 30Si (3.05 %) lardan tarkib topgan. Kremniy odatdagi sharoitda ancha inert, bevosita ftor bilan reaksiyaga kirishadi: Si + 2F2 = SiF4 Kislotalar bilan ta`sirlashmaydi, lekin u ishqoriy metallarning gidroksidlarida erib, silikat hamda vodorod hosil qiladi: Si + 2NaOH + H2O = Na2SiO3 + 2H2↑ Elektr pechda yuqori haroratda qum bilan koks aralashmasidan kremniy karbid SiC (karborund) olinadi: SiO2 + 2C = SiC + CO2 Kremniyning metallar bilan hosil qilgan birikmalari silitsidlar deyiladi. Silitsidga HCl ta`sir ettirilganda kremniyning vodorodli birikmasi–silan SiH4 olinadi. Silan–qo`lansa hidli zaharli gaz, havoda o`z–o`zidan alangalanib ketadi. Si + 2Mg = Mg2Si Mg2Si + 4HCl = 2MgCl2 + SiH4↑ SiH4 + 2O2 = SiO2 + 2H2O Maydalangan kremniy kislorod bilan qizdirilganda yonnib, kremniy (IV)–oksid hosil qiladi: Si + O2 = SiO2 Yuqori haroratlarda kremniy ko`pcilik metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi. Bor Bor. Tartib rakami 5 Atom og'irligi 10,811 tabiiy barkaror izotoplarining massa sonlari 10 (tabiatdagi V ning 18.45%) va 11 (tabiatdagi borning 85%). Elektron konfigurasiyasi K2s22r1. Borni dastlab Gey-Lyussak va Tenar 1808 yilda olishga muvaffak bo'ldilar. Toza borning uchta kristall shakl-uzgarishi ma'lum: tetragonal sistemadagi borning solishtirma og'irligi. d=2.31 g/sm3: rombik borning sol.og. 2.35 g/sm: kristall bor 2300°S da suyuqlanadi, 2550°S da qaynaydi. Bor yarim utkazgich bo'lib, uning uy xaroratsidagi elektr karshiligi juda katta; borning elektrga karshiligi xarorat oshganda kamayadi. Bor diamagnit modda. U ba'zan amorf xolatda xosil bo'ladi. Amorf borni metallarda eri tib, kristall bor olinadi. Qattiqlik jixatidan bor olmosdan keyingi birinchi urinni egallaydi. Bor tarkok element. Bor og'irlik jixatidan Yer pustlogining 3?10-4% ini tashqil qiladi. Uning tabiatda uchraydigan asosiy minerallari borat kislota H3VO3 va uning tuzi bura Na2V4O4?10H2O dir. Toza bor BBr3 ni kvars nayda 800°-1000°S da vodorod bilan kaytarish orqali yoki bor galogenidlarni volfram yoki tantalda 1300°S da parchalash yuli bilan olinadi. Bor oksidi natriy yoki magniy metallari bilan kaytarilganida kungir tusli "amorf bor" olinadi: 3Mg + B2O2 --> 3MgO + 2B + 102 kkal Boratlarni elektroliz qilish usuli bilan xam bor olinadi. Bor odatdagi sharoitda faqat ftor bilan, qattiq kizdirilganda kislorod, azot, oltingugurt va boshqa metalmaslar bilan birikadi. Suyultirilgan kislotalarda bor erimaydi. Bor 1300-2000°S da inert gaz atmosferasida kupchilik (ishqoriy metallardan tashqari) metallar bilan boridlar beradi. Boridlarning umumiy formo'lasi MexBu. Boridlarda metalli bog'lanish kovalent bog'lanish bilan murakkablashgan bo'ladi. Shu sababli, bir metallning bir necha boridi bo'lishi mumkin. Ogir metallarning boridlarida kimyoviy bog'lanishda faqat valent elektronlar emas, metall atomining d-orbitallaridagi elektronlar xam ishtirok etadi. Buning natijasida juda mustaxkam kimyoviy bog'lanish vujudga keladi. Shunga kura, boridlar juda qattiq va kiyin suyuqlanuvchan moddalardir. Bor gidridlari tarkibi BnHn+4 va BnHn+6 formo'lalar bilan ifodalanadi. Masalan: diboran V2H6, tetraboran V4H10; pentaboran V5H9, V5H14; dekaboran V10H14 va xakazo. Diboran BBr3 ni past bosimda vodorod bilan kaytarish orqali olinadi: 2BBr3 + 6H2 --> B2H6 + 6HBr Magniy boridni suyultirilgan HCl da eritib tetraboran olinadi. BH3 tarkibli boran olinan emas. Bor gidridlarida kovalent bog'lanish bilan bir qatorda vodorod bog'lanish xam bo'ladi. Masalan: Diboran ammiak bilan birikib B2H6*2NH3 tarkibli birikma xosil qiladi. Maxsulot 200°S gacha kizdirilganda borazol B3N3H6 "anorganik benzol" xosil bo'ladi Borazolning tuzilish formo'lasi benzolni tuzilish formo'lasini eslatadi: Yukori xaroratda bor galogenlar bilan birikib bor galogenidlarni xosil qiladi. BF3 – 128,7oS da muzlaydi; 99,9oS da qaynaydi; d=1,58 g/sm3 (suyuq xolatda) BCl3 – 107,3oS da muzlaydi; +13oS da qaynaydi; d=1,35 g/sm3 BBr3 – 47,5oS da muzlaydi; +91,2oS da qaynaydi; d=2,65 g/sm3 BJ3 – 49,5oS da suyuqlanadi; +210oS da qaynaydi; d=3,35 g/sm3 Bor galogenidlar juda yaxshi gidrolizlanadi. Bor ftorid o'ziga ftor ionini qushib olib bor tetra ftorid ioniga aylanadi: BF3 + F- --> [BF4]- Vodorod bor tetraftorid kislota H[BF4] flyuorit kislota HF ga qaraganda kuchlirok kislotadir. Bor xlorid BCl3 va bor bromid BBr3 rangsiz suyuqlikdir. Bor yodid BI3 rangsiz gidroskopik kristallar xosil qiladi. Bor yodid CCJ4 da, CS2 da va benzolda eriydi. Bor oksid V2O3 - borat kislotani suvsizlash natijasida xosil bo'ladi. U rangsiz shishasimion modda bo'lib, 209°S da yumshaydi. Bor oksid borat kislotaning angidrididir. Borat kislota H3VO3 rangsiz, yaprokchalar shaklida kristallanadi. Borat kislotaning suvda eruvchanligi xarorat ortishi bilan ortadi, u nixoyatda kuchsiz kislotadir. Borat kislota suvsizlantirilganda avval metaborat kislota HVO2, so'ngra tetraborat kislota H2V4O7 va nixoyat bor oksid V2O3 xosil qiladi. Borat kislotaga ishqorlar ta'sir etganida ortaborat kislota tuzlari olinadi: 2NaOH + 4H3BO3 --> Na2B4O7 + 7H2O Borat kislota konsentrlangan H2SO4 ishtirokida spirtlar bilan reaksiyaga kirishib uchuvchan efirlar xosil qiladi: H3BO3 + 3CH3OH --> 3H2O + B(OCH3)3 Download 331.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling