O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tеrmiz dаvlаt univеrsitеti


Download 331.5 Kb.
bet8/29
Sana19.01.2023
Hajmi331.5 Kb.
#1102440
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
sayfiddin BMI

Xalqogenlar
Kislorod guruhchasiga O, S, Se, Te va Po elementlari kiradi. Ular D. I. Mendeleyev davriy jadvali VI guruhining p–elementlari bo`lib, umumiy nom bilan xalkogenlar deb yuritiladi. Ularning tashqi elektron pog`onasida–ns2np4 elektronlar mavjud bo`ladi. Xalkogenlar vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida –2 oksidlanish darajasini, kislorod va boshqa faol metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarida odatda +4 va +6 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Kislorod odatda –2 oksidlanish darajasini, ftor bilan hosil qilgan birikmasida +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Kislorod guruhchasi elementlari vodorod bilan H2R kabi vodorodli birikmalarni hosil qiladi. Bu birikmalar H2O, H2S, H2Se, H2Te bo`lib ular xalkovodorodlar deyiladi.
S, Se va Te kislorod bilan RO2 va RO3 kabi oksidlarni hosil qiladi, ularga H2RO3 va H2RO4 kabi kislotalar muvofiq keladi.
Oddiy moddalarning xossalari qonuniyat bilan o`zgarib boradi: yadro zaryadi ortishi bilan metallmaslik xossalari susayib, metallik xossalari kuchayib boradi. Masalan, kislorod va tellur metallmaslar, lekin tellurning metall yaltiroqligi bor va elektrni o`tkazadi.
Piniktogenlar
Azot guruhchasiga azot–N, fosfor–P, surma–Sb, mishyak–As va vismut–Bi elementlari kiradi. Bular davriy jadval V guruhining p–elementlaridir. Ular atomlarining tashqi energetik pog`onasida 5 tadan elektron bo`ladi–ns2 np3. Shu sababli bu elementlarning yuqori oksidlanish darajasi +5 ga, quyi oksidlanish darajasi –3 ga teng, ba`zan +3 oksidlanish darajasida ham bo`ladi.
Azot guruhchasidagi elementlar H bilan RH3 tarkibli birikmalar, O bilan R2O3 va R2O5 tarkibli oksidlar hosil qiladi. Masalan, NH3–ammiak, PH3–fosgen, N2O3 va N2O5–azot oksidlari, P2O3 va P2O5–fosfor oksidlari.
Guruhchada tartib raqami ortishi bilan metallmaslik xossalari susayadi, metallik xossalari esa kuchayadi. Guruhchadagi elementlarning xossalari bir–biridan keskin farq qiladi. M: azot–metallmas (x=3,07), vismut–metall (x=1,67).


Uglerod guruhi
Uglerod guruhchasiga C, Si, Ge, Sn va Pb elementlari kiradi. Bular D. I. Mendeleyev davriy jadvali IV guruhning p–elementlari hisoblanadi. Ularning atomlarining tashqi energetik pog`onasida to`rttadan–ns2np2 elektron bo`ladi. Guruhchadagi dastlabki ikki element atomlari tashqi pog`nasining elektron tuzilishini shunday tasvirlash mumkin:
6C +6)2)4 1s22s22p2 14Si +)2)8)4 1s22s22p63s23p2
Uglerod guruhchasining elementlari kimyoviy birikmalarida +4 va –4, shuningdek, +2 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi, yadroning zaryadi kattalashishi bilan +2 oksidlanish darajasi ko`proq namoyon bo`ladi. Uglerod guruhchasi elementlari umumiy formulasi RO va RO2 bo`lgan oksidlar, umumiy formulasi RH4 bo`lgan vodorodli birikmalar hosil qiladi. C va Si yuqori oksidlarining gidratlari kislota xossalariga, qolgan elementlarning gidratlari esa amfoter xossalarga ega. Kislota xossalari Ge gidratlarida, asos xossalari esa Pb gidratlarida kuchliroq ifodalangan. C dan Pb ga o`tgan sari vodorodli birikmalari–RH4 ning puxtaligi kamayadi: CH4–mustahkam, barqaror modda, PbH4 esa erkin holda ajratib olinmagan. Guruhchada tartib raqami ortishi bilan atomning ionlanish energiyasi kamayadi va atom radiusi kattalashadi, yani metallmaslik xossalari susayadi, metallik xossalari esa kuchayadi.

Download 331.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling