O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tеrmiz dаvlаt univеrsitеti


Bitiruv loyiha ishining tuzilishi va xajmi


Download 331.5 Kb.
bet5/29
Sana19.01.2023
Hajmi331.5 Kb.
#1102440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
sayfiddin BMI

Bitiruv loyiha ishining tuzilishi va xajmi. Bitiruv loyiha ishi kirish, adabiyotlar tahlili, metodik qism, pedagogik eksperiment tahlili, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan. Mavzuni to’liq va puxta yoritishda men 5 ta tayanch sxema, 6 ta jadval, 6 ta rasm va 7 ta turli shakldagi grafiklardan foydalandim. Bitiruv loyiha ishining hajmi 68 listdan iborat.
I. Adabiyotlar tahlili
I. : Metalmaslar xaqida umumiy tushuncha.

Barcha metallmaslar uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlash uchun avvalo ularning D. I. Mendeleyev elementlar davriy jadvalidagi joylashgan o`rniga e`tibor berish va atomlarining tashqi energetik pog`onasidagi elektronlar sonini aniqlash lozim. Metallmaslar asosan kichik va katta davrlarning oxirida joylashadi, ular atomlarining tashqi elektronlar soni esa bosh guruhchalardagi barcha elementlar atomlarida bo`lgani kabi guruh raqamiga teng. Ma`lumki, davrda elektronlar biriktirib olish xususiyati nodir gazga yaqinlashgan sari, guruhda esa–atomning radiusi kamaygan sari, boshqacha aytganda pastdan yuqoriga tomon ortib boradi. Metallmaslar bir–biri bilan reaksiyaga kirishib, kovalent bog`lanishli–qutbli va qutbsiz kovalent bog`lanishli birikmalar hosil qiladi. Masalan, qutbli bog`lanishli birikmalar H2O–suv, HCl–bodorod xlorid, NH3–ammiyak, qutbsizlarga CO2–karbonat angidrid, CH4–metan, C6H6–benzol.


Metallmaslar vodorod bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi, masalan, HF–vodorod ftorid, H2S–vodorod sulfid, NH3–ammiak, CH4–metan.
Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar hosil qiladi. Ular ba`zi oksidlarda guruh raqamiga teng maksimal oksidlanish darajasini namoyon qiladi (masalan, SO3, N2O5), boshqalarida esa ancha past oksidlanish darajasini namoyon qiladi (masalan, SO2, N2O3). Kislotali oksidlarga kislotalar muvofiq keladi; bitta metallmasning kislorodli ikkita kislotasi orasida metallmas yuqori oksidlanish darajasini namoyon qiladigan kislotasi kuchliroq bo`ladi. Masalan, nitrat kislota HNO3 nitrit kislota HNO2 dan kuchli, sulfat kislota H2SO4 esa sulfit kislota H2SO3 dan kuchliroq.
Normal sharoitda metallmaslardan vodorod, ftor, xlor, kislorod, azot va nodir gazlar–bular gazlar, brom–suyuqlik, qolganlari–qattiq moddalardir.

Download 331.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling