Ozbekiston respublikasi oliy va orta mahsus talim vazirligi termiz davlat universiteti


O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatini shakllantirishning o`ziga xos xususiyatlari


Download 140.5 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1519122
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ergashev Asliddin tayyor 2

1.2 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatini shakllantirishning o`ziga xos xususiyatlari
Saylovlar parlament tarkibini shakllantirishning muhim vositasidir. Butun parlament ishi samaradorligi Senatni shakllantirish qanday tamoyillar va normalardan foydalanilgan holda kechganligiga bog`likdir. Binobarin yuqori palatani tashkil etishdan ko`zlangan asosiy maqsadlar parlament islohotini yanada jadallashtirish. 2005 yil 28- yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo`shma majlisida Prezidentimiz tomonidan:”Senat asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo`lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish” kerak degan fikrlarida ham aynan Senat faoliyatining muhim vazifalariga to`xtalib o`tdi.
O`z navbatida palatani shakllantirish tamoyillari va normalari Senat zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadi.Ushbu o`zaro shartlilik va o`zaro bog`liqlilik senatorlar korpusini shakllantirish va palata faoliyatini tashkil etishining boshqa masalalari - palata ishini konstitutsiyaviy tarzda belgilangan maqsad va vazifalar doirasida samarali tashkil etishning yagona normativ-huquqiy tizimidan iborat ekanligini ko`rsatadi.
Garchi ushbu tizim umum e'tirof etgan oshkoralik va nomzodlarning bellashuvi prinsiplari asosida, yuksak demokratik mezonlar zamirida barpo etilsada, birinchi navbatda mamlakat siyosiy tizimining xususiyatlarini ifodalaydi va shu tarzda tashkiliy mazmuniga ko`ra betakrordir. Jahonda yuqori palatalarni shakllantirishning usul va tartiblari orasida xilma-xillik kuzatilayotganligi tasodifiy hol emas. Har bir milliy tajriba tegishli siyosiy tizim va davlat mexanizmining tarixan rivojlanishi tendensiyalarini ifodalaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari va Konstitutsiyaning kafolati ekanligini, binobarin tegishlicha hokimiyat barcha tarmoqlari mutanosib faoliyat ko`rsatishini ta'minlanishini hisobga olib, palataning muayyan miqdordagi a'zolari uning tomonidan tayinlanishi Senatni shakllantirish tartibining uzviy qismiga aylantirilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (2003 yil 24 apreldagi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq tuzatish va qo`shimchalar kiritilgan) 77-moddasi uchinchi qismida Senatga saylanadigan shaxslarning tanlab olinish mezoni o`z ifodasini topgan. Ular fan. san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida xamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan hamda alohida xizmat ko`rsatgan - eng obro`li odamlar orasidan tanlanadilar.
Senatorlar korpusining ushbu qismi zimmasiga umummilliy manfaatlar ifodachilarining nufuzli o`zagini shakllantirish vazifasi yuklatiladi.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan senatorlar shunday axloqiy obro`-e'tiborga ega bo`ladilarki. Senat a'zolari masalalarni ishchanlik va asos bo`larli muhokamalar chog`ida ko`rib chiqar va hal qilar ekanlar, ularga albatta murojaat kiladilar4.
Biroq e'tirof etish kerakki, tanlanish chog`ida «tajriba» bosh mezon sifatida maydonga chiqadi. Tajriba esa albatta o`z-o`zidan emas, muayyan yoshga kirgandan so`ng orttiriladi. Shuning uchun ham qator mamlakatlarda parlamentlarni shakllantirish chog`ida nomzodning yoshiga nisbatan qo`yiladigan talab palata ishi uchun barqaror eski tarkibni shakllantirishni ta'minlashda o`lchov sifatida foydalaniladi.
Ammo baribir Senatni shakllantirish tartibining asosida nafaqat mintaqaviy vakillikni, balki ushbu organning qonuniyligini ta'minlovchi ko`shimcha saylovlar tamoyili yotadi. Ushbu talablar xalq hokimiyatchiligining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab ko`yilgan asosiy prinsiplariga asoslanadi. Ushbu tamoyilga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylab qo`yiladigan organdir (O`zbekiston Respublikasinnng Konstitutsiyasi. 10-modda).
Ushbu tartibni mohiyatiga ko`ra pog`onama-pog`ona deya ta'riflash mumkin: «Xalq deputatlari viloyat. tuman va shaxar Kengashlariga saylov to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga va O`zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq avval Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat. tuman va shaxar davlat xokimiyati vakillik organlariga saylovlar o`tkaziladi. Faqat shundan keyingina deputatlar tarkibidan Senatning asosiy guruhi majmui saylanadi.
Senatga saylovlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, mahalliy davlat xokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o`tkaziladi. (O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida»gi (yangi tahriri) Qonuni, 52-modda). Yuqori palatani shakllantirishdagi yoshga nisbatan qo`yiladigan talab juda sezilarsiz va palatani konservatorlar (eskilikka yopishib olganlar) deya nomlanuvchilarning eng kam miqdori bilan shakllantirishga to`sqinlik qilmaydi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organlarining saylov kuni yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a'zoligiga saylanish uchun nomzod bo`lishi mumkin.
“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”gi Qonunning 55-moddasiga binoan davlat hokimiyati vakillik oraganlarining qo`shma majlislarini chaqirish, Senat a'zoligiga nomzod ko`rsatish, shuningdek ovoz berishni o`tkazish Senat a'zolarini Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaxarlar davlat xokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida saylash tartibi to`g`risidagi konun hujjatlarida, ya'ni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nizom shaklida ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan huquqiy hujjatda ko`rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qo`shma majlislarning vakolatliligi unda davlat hokimiyati vakillik organlari barcha deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda ta'minlanadi. Ovoz berish natijalariga ko`ra boshqa nomzodga nisbatan ko`proq ovoz olgan Senat a'zoligiga nomzodlar agar ular uchun davlat hokimiyatn vakillik organlarining majlisda ishtirok etayotgan deputatlari ellik foizidan ko`prog`i ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadilar. Agar ovoz berish natijasida Senatning belgilangan miqdordagi a'zolari saylanmasa, tegishli bo`sh o`rinlarga davlat hokimiyati vakillik organalarining mana shu qo`shma majlisida zarur miqdordagi ovozlarni to`play olmagan nomzodlari bo`yicha takroriy ovoz berish o`tkaziladi.
Agar saylovlar davomida, ovozlarni sanab chikish chog`ida, yashirin ovoz berish natijalarini aniklashda 2003 yil 29 avgustda qabul kilingan «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida»gi Qonun talablari saylov natijalariga ta'sir qilgan tarzda buzilishiga yo`l qo`yilgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Senat a'zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Qonun, shuningdek saylov haqiqiy deb topilgan hollarda va agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan mikdorda Senat a'zolari saylanmagan bo`lsa, Senat a'zolarining takroriy saylovini o`tkazish ehtimolini xam nazarda tutgan. Takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda senatorlar saylanmagan hollarda keyingi takroriy saylovlar Senat a'zolarining saylanmay qolgan miqdori bo`yicha o`tkaziladi. Senat a'zolarining takroriy saylovi Senatga o`tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko`pi bilan o`n besh kunlik muddat ichida o`tkaziladi. Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a'zoligiga nomzodlar ko`rsatish va takroriy saylovlar o`tkazish ushbu qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganda Senat a'zosining o`rni bo`shab qolsa, bo`shab qolgan o`ringa Senatning yangi a'zosi saylovi o`tkazilmasligi mumkin.
Yevropa mamlakatlari parlamentlarining ikkinchi palatasini shakllantirishda eng ko`p ko`llaniladigan usul bilvosita (to`g`ridan-to`g`ri emas - vakillar orkali) saylovlar ekanini ta'kidlab o`tish lozim. Italiyada «amaldagi prezident besh nafardan munosib fuqarolarni senator etib umrbodlikka tayinlash huquqiga egaligini belgilovchi konstitutsiyaviy norma amalda bo`lib turipti. Xorvatiyada ham xuddi shunday - yuqori palataning besh a'zosi davlat rahbari tomonidan tayinlanadi. Belorus respublikasida ham yuqori palata a'zolarini tayinlash instituti amal qiladi. Belorus prezidenti yukori palata -Respublika Kengashining sakkiz a'zosini (palata uchdan bir kismini) o`zi tayinlaydi. Bu miqdor (sakkiz kishi) xar bir viloyatdan va Minsk shahridan tayinlanadigan a'zolar soniga tengdir. Qozog`iston Prezidenti yetti nafar senatorni tayinlasa, Hindistonda esa ularning o`n ikki nafarini tayinlaydilar.
Senat a'zoligi uchun yoshga nisbatan ko`yiladigan talab ham turlicha. Qator Yevropa mamlakatlarida senatorlikka 18 yoshda saylanish mumkin bo`lsa (Ispaniya, Niderlandiya. Bosniya-Gersegovina). Buyuk Britaniya va Irlandiyada bu yosh 21 qilib belgilangan. Polsha yuqori palatasi a'zoligi uchun nisbatan «ulug`» - 30 yosh belgilangan bo`lsa, Italiya va Chexiyada eng yuqori - 40 yosh talab qilinadi. Yuqori palata a'zolarining vakolati Bosniya va Gersegovinadagi 2 yillik muddatan Fransiyada 9 yilgacha va Buyuk Britaniyada umrbod a'zolikkacha ega bo`lgan vaqt ichida tebranib turadi. Aksariyat Yevropa mamlakatlarida uning muddati 4-5 yilni tashkil etadi5.
O`zbekistonda ham Senatni tuzishning asosiga hududiylik prinsipi joylashtirilgan. Amalga oshirilayotgan parlament islohotlarning sababi ham ayni vaqtda ushbu prinsipdir. O`zbekiston yuqori palatani shakllantirish masalasidagi xalqaro tajribadan faqatgina o`zining an'anaviy demokratik mamlakatlarda amaliy yashovchanliginn ko`rsatgan. Ammo respublikamizning o`ziga xos shart-sharoitlariga mos hamda milliy davlatchilik taraqqiyotining strategik vazifalaridan kelib chiqib qo`llash mumkin bo`lgan holatlarnigina qabul qilib oldi. Chet el davlatlarning tajribasidan foydalanishdagi bosh masala -senatorning ulardagi singari saylanishi va tayinlanipsh elementlari bilan birgalikda, senatorlikka nomzodlarni qobiliyatiga karab tanlab olishni ham o`zida mujassamlashtirgan mexanizmni shakllantirishdan iboratdir.



Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling