Ozbekiston respublikasi oliy va orta mahsus talim vazirligi termiz davlat universiteti


Uchinchisi: to`g`ridan-to`g`ri saylov prinsipi


Download 140.5 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1519122
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ergashev Asliddin tayyor 2

Uchinchisi: to`g`ridan-to`g`ri saylov prinsipi. O`zbekiston Respublikasida saylov umumiy va teng bo`libgina qolmay, shu bilan birga to`g`ridan-to`g`ri hamdir, ya'ni vakillik organlarga deputatlar to`g`ridan-to`g`ri saylanadi, xalq deputatlarining barcha vakillik organlarga fuqarolar bevosita saylaydilar. To`g`ridan-to`g`ri saylov to`g`ridan-to`g`ri bo`lmagan saylovdan shu bilan farq qiladiki, birinchi holda deputat saylovchilar tomonidan bevosita xohish-irodalarini erkin ifoda etishlari yo`li bilan saylanadi.
To`g`ridan-to`g`ri saylovlarning joriy etilishi saylovchilarning deputat bilan bevosita aloqasini kuchaytiradi. To`g`ridan-to`g`ri saylov ko`p bosqichli saylovdan shu bilan farq qiladiki, bunda saylovchilar o`z deputatini yaqin biladilar, undan hisob berib turishini talab qila oladilar.
To`rtinchisi: yashirin ovoz berish prinsipi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida O`zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlariga saylovlar yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi.
Saylovchilarning saylovlarda yashirin ovoz berishlari demokratiyani amalga oshirish shakllaridan biridir. Zero, bunday ovoz berishda huquqlar o`z xohish-istaklarini erkin ifoda etish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Konstitutsiyada saylov huquqining prinsiplarini mustahkamlanishi O`zbekiston Respublikasida saylovchilar uchun barcha imkoniyatlarning yaratilganligi, ularning saylovlarda qatnashish huquqlari hech qanday senzlar bilan cheklanmaganligi va fuqarolarning davlatni idora etishda aktivligi oshganligining yaqqol namunasidir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76- moddasiga muvofiq , O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi vakolat muddati - besh yil qilib belgilanagan.
"O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida"gi Konstitutsiyaviy Qonunga binoan "Qonunchilik palatasi" O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko`rsatishiga asoslanadi»6.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o`tkazuvchi saylov okruglari O`zbekistonning butun hududida saylovchilar soniga qarab teng holda tuziladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida Saylov kuni yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi bo`lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning o`zida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a'zosi bo`lishi mumkin emas deb ko`rsatilgan.Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovni o`tkazuvchi saylov okruglari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Juqorg`i Kengesi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari Qoraqolpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma'muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi. Saylov okruglari, qoida bo`yicha, O`zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida saylov okruglarining ro`yxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini ko`rsatilgan holda saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan o`n besh kun ichida e'lon qiladi. Saylov okrugi – saylov o`tkazish uchun Konstitutsiya va saylov to`g`risidagi qonunlar asosida belgilab qo`yilgan hududiy saylov birligidir.Deputat qaysi okrugdan saylangan bo`lsa, u shu okrug aholisining vakili deb hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risidagi qonunga asosan, Oliy Majlisga saylov o`tkazish uchun bir yuz yigirmata saylov okrugi tuziladi.
Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi. O`zbekiston Respublikasida saylovlarni tashkil qilish hududiy prinsipga asoslanadi, shuning uchun saylovlar saylov okruglari orqali amalga oshiriladi.
Saylov to`g`risidagi qonunlarga asosan saylov uchastkalari shahar, tuman hokimlarining taqdimnomasiga asosan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo`shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Saylov uchastkalari saylov tayinlangandan keyin o`ttiz kundan kechikmay tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko`pi bilan 3000 nafar saylovchilardan iborat tuziladi.O`zbekiston Respublikasida saylovni tashkiliy ravishda o`tkazish uchun quyidagicha saylov komissiyalari tashkil etildi:

  1. Markaziy saylov komissiyasi;

  2. Okrug saylov komissiyasi;

  3. Uchastka saylov komissiyasi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarini, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Referendumini tashkil etish va o`tkazish uchun tuziladi hamda u o`z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.
Markaziy saylov komissiyasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Saylov to`g`risidagi qonunlarga, referendum to`g`risidagi qonunga va boshqa qonunlarga amal qilib ish olib boradi. Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis palatalari tomonidan o`n besh nafar a'zodan iborat tarkibda tuziladi. Markaziy saylov komissiyasining a'zolari Qoraqolpog`iston Respublikasi Juqorg`i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining tavsiyasi bo`yicha Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlanadilar. Markaziy saylov komissiyasining raisi komissiya a'zolari orasidan Prezidentning taqdimnomasi bilan komissiya majlisida saylanadi. Raisning o`rinbosari va komissiya kotibi komissiya a'zolari orasidan komissiya majlisida saylanadilar. Markaziy saylov komissiyasi respublika hududida saylov to`g`risidagi qonunning ijro etilishini nazorat qiladi va uning hamma joyida bir xilda qo`llanishini ta'minlaydi.
Okrug saylov komissiyasi saylov e'lon qilingandan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yigirma kundan kechikmay rais, rais o`rinbosari, kotib va yana kamida 6 nafar a'zodan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyalarining vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risidagi qonunda to`liq ko`rsatilgan. Saylov okrugi saylov to`g`risidagi qonunning ijrosini nazorat qiladi, saylov uchastkalarini tuzadi va ularga rahbarlik qiladi, deputatlikka nomzodlarga saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoit yaratilishini ta'minlaydi, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olingan deputatlikka nomzodlar to`g`risidagi ma'lumotlarni e'lon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalar beradi, saylov okrugi bo`yicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi va qonunda ko`rsatilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Uchastka saylov komissiyasini okrug saylov komissiyasi tuzadi. Uchastka saylov komissiyasi saylov tayinlangandan keyin ellik kundan kechikmay 5-19 nafar a'zodan, shu jumladan rais, rais o`rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari hududida uchastka saylov komissiyasi raisning vazifalarini idora rahbari amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi vakillik organlari saylovlariga tayyorgarlik ko`rish, ovoz berishni tashkil qilish va berilgan ovozlarni sanab chiqish uchun saylov uchastkalariga bo`linadi. Uchastka saylov komissiyasi aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to`g`risida xabardor qiladi. Ovoz berish binolari va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qo`yilishini ta'minlaydi. Oliy Majlisga saylov to`g`risidagi qonunda uchastka saylov komissiyasining vakolatlari to`liq ko`rsatilgan.
O`zbekiston Respublikasida saylovga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan tadbirlar orasida deputatlikka nomzodlar ko`rsatish eng muhim va ma'suliyatli tadbirlar hisoblanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko`rsatish saylovga qirq besh kun qolganida to`xtatiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan hamda fuqarolar guruhi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko`satish uchun tegishli saylov okrugining kamida uch yuz nafar saylovchisidan iborat tashabbuskor guruh tuzishi mumkin va deputatlikka nomzod ko`rsatish huquqiga egadir.
Siyosiy partiya saylov e'lon kilgan kundan kamida olti oy oldin Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olingan bo`lsa deputatlikka nomzod ko`rsatish huquqiga ega.
Siyosiy partiyalar, saylovchilar tashabbuskor guruhlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 120 ta nomzod ko`rsatish huquqiga egadirlar. Deputatlikka ko`rsatilgan nomzod faqat bitta okrugdan o`tishi mumkin. Deputatlikka nomzod tanlashni siyosiy partiyalar, hokimiyatning vakillik organlari va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining o`zlari hal etadilar.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan talablar haqida to`xtab, quyidagilarni ta'kidlaydi: ”Deputat bo`lishni istagan odam, avvalo, halol-pokligi, ma'naviy yetukligi, teran bilimi, qobiliyati, el-yurt manfaatini shaxsiy manfaatidan ustun qo`yish kabi xususiyatlari bilangina saylovchilarning ishonchiga sazovor bo`lishi mumkin”.7
Siyosiy partiyalar faqat o`z partiyasi a'zolarigina emas, balki partiyasizlarni ham deputatlikka nomzod etib ko`rsatishlari mumkin. Quyidagilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib ro`yxatga olinmaydilar:
1.Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan fuqarolar, shuningdek sodir etilgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;

  1. Saylov tayinlangan kunga qadar besh yil mobaynida O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamagan fuqarolar.

  2. O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa harbiylashtirilgan bo`linmalarning xodimlari.

  3. Diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari.

  4. Hukumat a'zolari, sudyalar, bosh prokuror va prokuratura organlarining mansabdor shaxslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari va ularning o`rinbosarlari, hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlaridan tashqari) deputat etib saylangudek bo`lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo`shash to`g`risida ariza berganlari taqdirdagina Oliy Majlis deputatligiga nomzod etib ro`yxatga olinadilar.

Deputatlikka nomzodlarni ro`yxatga olish saylovga o`ttiz besh kun qolganda to`xtatiladi. Deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi ro`yxatga olganidan keyin besh kun ichida deputatlikka nomzod to`g`risidagi ma'lumot okrug saylov komissiyasi tomonidan mahalliy matbuotda e'lon qilinadi. Deputatlikka nomzodlar ko`rsatish, nomzodni keng muhokama qilish saylov oldi muhim bosqichi hisoblanadi. Deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olingan kundan boshlab saylov oldi tashviqotlar boshlanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod beshtagacha ishonchli vakilga ega bo`lishi mumkin. Mahalliy vakillik organlariga deputatlikka nomzodlar uchtagacha ishonchli vakilga ega bo`lishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot ishlari olib boradilar. Ishonchli vakillarni deputatlikka nomzodlarning o`zi tanlaydi va ularni ro`yxatga olish uchun tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim qiladi.
O`zbekiston Respublikasida hokimiyat vakillik organlariga saylovchilar ro`yxatini uchastka saylov komissiyalari tuzadilar va uni har bir uchastkada tegishli uchastka saylov komissiyasining raisi va kotibi imzolaydi.
Saylovchi faqat bitta saylovchilar ro`yxatiga kiritilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro`yxatlarini tuzish ishiga jamoatchilik vakillarini jalb qilish asosida ish olib boradilar.Saylov kunigacha yoki saylov o`tkazilayotgan kunda 18 yoshga to`lgan barcha fuqarolar saylovchilar ro`yxatiga kiritiladi.
O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar, kasalxonalarda, invalidlar uylarida, dam olish uylarida va boshqa davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari bo`yicha saylovchilarning ro`yxatlari mazkur muassasalar rahbarlarining taqdim etilgan ma'lumotlari asosida tuziladi.
Harbiy qismlarda saylovchilar ro`yxatlari harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma'lumotlar asosida tuziladi.Saylovchilar ro`yxatida har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi tug`ilgan yili va turar joyi ko`rsatiladi. Saylovchilar ro`yxati saylovga 15 kun qolganda saylov uchastka hududida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Saylovchilar ro`yxatidan tushib qoldirilgan saylovchilar uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi yigirma to`rt soat ichida uni ko`rib chiqib saylovchilar ro`yxatiga kiritadi. Uchastka saylov komissiyalari ro`yxatlar bilan tanishiladigan joyni va vaqtni saylovchilarga xabar qiladi. Agar saylov komissiyasi noto`g`ri qaror qabul qilsa, bu holda saylovchi saylov komissiyasi qarori ustidan qonunda ko`rsatilgan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Saylov bulletenlari saylovga kamida uch kun qolganda yetkazib beriladi. Saylov bulletenlari uchastka saylov komissiyalariga qat'iy hisob bilan beriladi. Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugi aholisining ko`pchiligi muomala qiladigan tillarda nashr etiladi.
Saylov to`g`risidagi qonunlarga binoan saylov kuni ovoz berish ertalab soat 6.00 dan kechqurun 20.00 gacha o`tkaziladi. Ovoz berish odatda maxsus ajratilgan binoda o`tkaziladi. Shuning uchun ovoz beradigan joylarni jihozlab qo`yiladi, saylov bulletenlari beriladigan joy belgilanadi va saylov qutilari o`rnatiladi.
Saylov qutilari shunday o`rnatiladiki, ovoz beruvchilar uning oldiga borish uchun yashirin ovoz beradigan kabina yoki xonalar orqali o`tadilar. Ovoz berish kabinalari yoki xonalarining nechta bo`lishi saylov uchastkalaridagi saylovchilarning soniga qarab belgilanadi. Saylovchi ovoz berish binosiga kelgach, uchastka saylov komissiyasining a'zosiga o`z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko`rsatadi hamda saylovchilar ro`yxatiga imzo qo`yadi. Shundan keyin unga saylov bulleteni beriladi. Agarda saylovchi bir sababga ko`ra saylovchilar ro`yxatiga familiyasi kirmay qolgan bo`lsa uning shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar ro`yxati ilovasiga kiritiladi. Ovoz berish vaqtida saylovchi qarshi ovoz berayotgan nomzodlarning saylov bulletenidagi familiyalarini o`chiradi.



Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling