Ozbekiston respublikasi oliy va orta mahsus talim vazirligi termiz davlat universiteti


II Bob Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi jarayonini tashkil etish tartibi


Download 140.5 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1519122
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ergashev Asliddin tayyor 2

II Bob Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi jarayonini tashkil etish tartibi.
2.1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining shakllantirilishi
O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasiga saylov jarayonini tashkil etish va o`tkazish uchun quyidagi asosiy prinsiplardan foydalaniladi:
Birinchisi: umumiy saylov huquqi prinsipi. Bu prinsip shundan iboratki, O`zbekistonning 18 yoshga to`lgan barcha fuqarolari saylash huquqiga egadirlar, aqldan ozganligi qonunda belgilangan tartibda aniqlangan fuqarolar bundan mustasnodir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o`ttiz besh yoshdan kichik bo`lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o`n yil O`zbekiston hududida muqim yashagan O`zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin.
O`zbekistoning 25 yoshga to`lgan fuqarosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylanishi mumkin.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kunigacha 21 yoshga to`lgan O`zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar.
Saylovda qatnashish uchun yosh senzidan boshqa cheklovchi senzlarning yo`qligi saylov huquqining chinakam va real umumiyligini ko`rsatadi. Bu huquq demokratiyaning eng muhim prinsiplariga - xalq suverenitetiga, O`zbekiston fuqarolarining huquqiy jihatdan tengligiga asoslanadi. Aqldan ozganligi qonunda belgilangan tartibda aniqlangan shaxslarning mustasno qilinganligi tamomila tabiiy va qonuniyatli bir holdir. Buning boisi shuki, bunday shaxslar o`z hatti-harakatlari to`g`risida o`zlariga hisob berolmaydilar va saylovda qatnashish huquqidan ongli ravishda foydalana olmaydilar. O`zbekistonda saylovda qatnashish uchun yosh darajasi oqilona kamaytirilib, 18 yosh qilib belgilangan. Shaxs aynan shu yoshda siyosiy va fuqarolik yetukligicha erishadi.
Ikkinchisi: teng saylov prinsipi. Saylov tizimining demokratik mohiyati saylovning umumiy bo`lishida, ya'ni barcha fuqarolarning saylovda ishtirok etishidagina emas, shuningdek saylovning teng bo`lishida hamdir. Umumiy va teng saylov prinsiplari o`zaro chambarchas bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldiradi. Umumiy saylov bo`lmasa, teng saylov ham bo`lishi mumkin emas. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 117-moddasida hamda Oliy Majlisga saylov to`g`risidagi Qonunida “Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqi va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, mashg`ulotining turi va xususiyatidan qat'i nazar teng saylov huquqiga egadirlar”, deb belgilangan.
Saylov huquqining tengligi, saylovchi faqat bitta saylovchilar ro`yxatiga kiritilishi va ovoz berishi bilan ta'minlanadi.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling