Ozbekiston respublikasi oliy va orta mahsus talim vazirligi termiz davlat universiteti


Senatning tashkiliy tuzilmasi va uning rahbar organlari hamda mansabdor shaxslarini shakllantirish tartibi


Download 140.5 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1519122
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ergashev Asliddin tayyor 2

2.2 Senatning tashkiliy tuzilmasi va uning rahbar organlari hamda mansabdor shaxslarini shakllantirish tartibi
Senatning tuzilmaviy-funksional tizimi asoslari O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aks ettirilgan. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi Qonuniga asosan tuzatish va qo`shimchalar kiritilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasi Senat Raisi va uning o`rinbosarlari misolida palata raxbariyatini shakllantirish tartibini, Raisning vakolatlarini belgilab beradi. Senatning muhokamaga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko`rib chiqish va tayyorlash, shuningdek O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o`z vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo`mitalarni saylashini (shakllantirishni) tartibga soladi. Senat zarur hollarda muayyan vazifalarni bajarish uchun senatorlar orasidan komissiyalar ham tuzishi mumkin.
«O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bu tuzilmaga yana bir - Kengash kabi organni ilova qiladi va Senat qo`mitalarining vakolatlarini yanada aniqlashtiradi.
Senatning Konstitutsiya va ”O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi,” Konstitutsiyaviy Qonuni, ” O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Reglamenti to`g`risida”gi Qonuni bilan belgilangan bazaviy tuzilmasi o`z tarkibida Senat Raisi, uning o`rinbosarlari, Kengash, qo`mita va komissiyalarni qamrab oladi.
Senatning o`z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog`liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishdan iborat mutlaq vakolatidan foydalanadi. Palataning qarorlarini qabul qilish singari yo`llardan foydalanishdan iborat qilib belgilab qo`yilgan. Agar «tashkil etish» iborasi ostida palatalarning tuzilishi ham tushuniladigan bo`lsa palatalarning bazaviy tuzilishi Reglament yoki Senatning o`zga qarori orqali to`ldirilishi mumkin. Bunday qarorlarni palata «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to`g`risida»gi Qonun asosida qabul qilib, ushbu Qonunning 1-moddasi birinchi qismida, mazkur Qonun Senat tomonidan o`z faoliyatini tashkil etish hamda palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog`liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun asos ekanligi belgilab qo`yilgan. Senatning Konstitutsiyaviy bazaviy tuzilmasiga mumkin bo`lgan qo`shimchalar kiritish Senatning ishi davomida yuzaga keladigan tashkiliy ehtiyojlarga bog`liq bo`ladi.
Yuqori palatalar faoliyatining jahon tajribasi palatalar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida tuzilgan asosiy va qo`shimcha organlarning turli ko`rinishlarini namoyish etadi. Ushbu munosabat bilan ayrim rossiyalik olimlarning parlamentlar oldida turgan vazifalar ularni o`z funksiyalarini amalga oshirishga doimiy ko`maklashuvchi maxsus hay'atiy organlar va muassasalarni tuzishga, shuningdek, palatalar a'zolari orasidan maxsus mansabdor shaxslarni tayinlashga (saylashga) majbur etishi haqidagi fikrlari mavjud. Ushbu organlar va muassasalar o`zlarining vazifalari, vakolatlari, shakllantirilishi va faoliyat tartibi, javobgarlik prinsiplariga ko`ra nihoyatda xilma-xildir.
Parlamentning ta'riflangan barcha tuzilmalari va lavozimlar ko`p yillik amaliyot davrida tobora murakkab ijtimoiy munosabatlar maydonga chiqayotganligi va parlamentlar ularni qonunchilik, siyosiy (Vakillik), nazorat yo`llari orqali va faoliyatning boshqa turlari bilan tartibga solishga da'vat etilganligi natijasida o`sha murakkabliklarga nisbatan tashkiliy javob tariqasida yuzaga keldi. Shu ma'noda Senat ishi davomida yana qandaydir organlarni tashkil etishga ehtiyoj tug`ilishi ham mumkin.
Senatda deputatlik birlashmalari mavjud bo`lmaydi va ular rahbar hamda ishchi organlarining ishiga ta'sir ko`rsata olmaydi. Senat ishining xususiyati va borishi senatorlarning, shuningdek, yuqori palata Raisi, uning o`rinbosarlari, Kengashi, qo`mitalari va komissiyalari harakati va irodasiga bog`liq bo`lib, ular tamomila mamlakat manfaatlaridan kelib chiqadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida deputatlik
birlashmalarining mavjud bo`lmasligi uning tuzilmaviy-funksional
tizimidagi alohida xususiyatdir.
Senatorlar xududlar manfaatlarini milliy manfaatlarning mintaqaviylaridan ustuvor ekanligini hisobga olgan holda ifoda etuvchi bog`lovchi zanjir bo`lishi lozim. «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonunining 2-moddasi beshinchi qismi me'yorlari mazkur ustuvorlikni ta'minlashga. xizmat qiladi. Unga binoan Senatda hududiy mansublikka ko`ra hamda na siyosiy va na boshqa asosda guruhlar tuzishga yo`l qo`yilmaydi. Ko`rsatilgan norma prinsipi palataning nafaqat tuzilmasi tabiatida, balkim uning organlarini shakllantirish tartibida ham o`z aksini topgan.
«O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga binoan Senatning O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadigan va Senat Raisi saylangunga qadar unga raislik qiladigan birinchi majlisida muvaqqat kotibiyat va sanoq komissiyasi saylanadi. Keyin elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat qilish guruhi saylanadi va Senat Raisi hamda uning o`rinbosarlarini saylash marosimiga kirishiladi.
Xorij tajribalariga qaraydigan bo`lsak, Britaniya parlamentida yuqori palatani lord-kansler boshqaradi. Uning palatadagi maqomi va roli quyi palataning spikeri egallab turgan mavqedan ancha farq qiladi. Lord-kansler - mahkama a'zosi va u shaxsan Bosh vazir tomonidan tayinlanadi. U Lordlar palatasidagi munozaralar va ovoz berishda ishtirok etadi. Lord-kansler bir vaqtda mamlakat sud tizimining boshlig`i hamdir. Lordlar palatasining majlislari parlament tartibi qoidalari bilan chegaralab qo`yilmagan va lord-kansler munozaralar yuritilishi tartibiga ko`p ham aralashishga majbur emas. U tartib-qoida bo`yicha qarorlar chiqarmaydi, tegishli savollar tug`ilganda esa palata unga emas, palata yetakchisiga murojaat etadi.
Italiyada Senat Raisi deputatlar tomonidan palata raisi singari deputatlar ovozlarining uchdan ikki qismi ko`pchiligi bilan saylanadi (uchinchi bor ovoz berishdan boshlab oddiy ko`pchilik ovozlar yetarli). Qozog`iston Konstitutsiyasining 58-moddasiga muvofiq Senatga Senat a'zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali umumiy ko`pchilik ovoz bilan saylanadigan. davlat tilida erkin gaplasha oladigan rais boshchilik qiladi. Senat raisi lavozimiga nomzod Prezident tomonidan taqdim qilinadi.
Yuqori palataning raisini saylash tartibini har bir davlat o`zining tegishli davlat tuzilishi turi, siyosiy tizimi, parlament an'analari va yuqori palataga, umuman parlamentarizmga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda o`zi belgilashi yakqol ko`zda tashlanadi.
O`zbekistonda yuqori palataning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda unda Senat va Prezidentning o`zaro hamkorligi masalasi katta rol o`ynaydi. Har ikkala huquqiy shaxs umummilliy manfaatlarning ifodachisi sifatida maydonga chiqadilar, har biri o`z sohasidagi davlat mexanizmi hisoblanadilar, biroq Senat o`z mutlaq vakolatlarini amalga oshirish doirasida qabul qiladigan qator qarorlar borib, qo`sh tuzilmaga (binar strukturasiga) egadir.
Bunga Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo`yicha Parlament va Prezidentning qabul qilingan qarorlar uchun yagona konstitutsiyaviy javobgarligini belgilovchi vakolatlarni amalga oshirishni qo`shish lozim. Xususan, bu yerda so`z, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo`mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 13-bandi); O`zbekiston Respublikasi Prezidentining takdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining nomzodini ko`rib chiqish va tasdiqlash (15-bandi): O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug`ilganda urush holati e'lon qilish to`g`risidagi farmonini tasdiqlash (18-bandi): O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash (19-bandi) haqida bormoqda.


Xulosa
Xulosa kilib ta'kidlash lozimki, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini tuzish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tizimidagi palataning maqsad va vazifalari bilan chambarchas bog`liq holda olib boriladi. O`z faoliyatini tashkil etish va ichki tartib qoidalariga bog`liq masalalar yuzasidan yuqori palata mutlaq vakolatlarga ega ekanligi, shuningdek, ularning reglament shaklida tasdiqlanipsh munosabati bilan ushbu tuzilma nihoyatda ixcham tarkib topadi. Shuning uchun uning Senat Raisi, Rais o`rinbosarlari. Kengash, qo`mitalar va komissiyalardan iborat bazaviy tuzilmasi Senat ishi davomida yuzaga kelgan ehtiyojlarga bog`liq holda qo`shimcha shtatlarga ega bo`lishi mumkin.
Senat qo`mitalari va komissiyalari konstitutsiyaviy maqomga ega. Bunda qo`mitalar amalda Senatning doimiy faoliyat yurituvchi tarkibiy birligi hisoblanadi. Birinchisi - Senatga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko`rib chiqish va tayyorlash. Ikkinchisi - O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilib borish. Qo`mitalar rais, uning o`rinbosarlari va qo`mita a'zolaridan iborat tarkibda senatorlar orasidan palataning vakolatlari muddatiga saylanadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida reglament bo`yicha, budjet va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo`yicha. tashkiliy-ma'muriy masallar bo`yicha, qonunchilik va sud-huquq masalalari bo`yicha. mudofaa va xavfsizlik masalalari bo`yicha, tashki siyosiy masalalar bo`yicha qo`mitalar albatta tuziladi.
O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to`g`risidagi qonun hujjatlari tuzilishi shartligi «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan qo`mitalardan tashqari boshqa qo`mitalar ham tuzilishi mumkinligiga yo`l qo`yadi, ammo baribir ularning sonini, qoida tariqasida, sakkiztadan ko`paytirmasligi shart. Senat qo`mitalarini shakllantirishning huquqiy tartibga solinishi shu bilan kifoyalanadi.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling