O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


-rasm. Maqsadli tushumlarning tarkibiy yelementlari


Download 5.72 Mb.
bet107/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

18.6-rasm. Maqsadli tushumlarning tarkibiy yelementlari
Maqsadli tushumlarning ushbu yelementlarining iqtisodiy mohiyati, ularning maqomi, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, bir-biridan farqli jihatlari qonun hujjatlarida hamda adabiyotlarda yoritilgan. Quyida ularga asoslanilgan holda maqsadli tushumlar tarkibiga kiruvchi ularning alohida yelementlarining mohiyatiga qisqacha to‘xtalamiz.
Grantlar – bu korxonaga davlat (xukumat) hamda nodavlat, chet yel, halqaro tashkilot va fondlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun berilgan beg‘araz, gumanitar pul mablag‘lari yoki moddiy texnik yordam summasi. Grantlar pul mablag‘lari, texnik vositalar va boshqa moddiy boyliklar ko‘rinishida olinadi. Ushbu maqsadli tushumlarning xarakterli jihati shundaki, ular aniq maqsadga ishlatilishi lozim. Ajratilgan grantlarni maqsadli ishlatilishi ularni beruvchi shaxslar tomonidan nazorat qilinadi.
Subsidiyalar – bu korxonaga uning operatsion (asosiy) faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum bir shartlarga ko‘ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan berilgan yordam summasi. Maqsadli tushumlarning ushbu turi korxonalarga o‘z mablag‘lari yetishmagan hollarda qaytarib berilmaydigan moliyaviy yordam sifatida beriladi.
A’zolik badallari – bu jamoatchilik tashkilotlarining ta’sis hujjatlariga binoan belgilangan a’zolik badallari summasi. Bunday maqsadli tushumlarga misol sifatida «Kamolat» yoshlar uyushmasi a’zolarining, Assotsiatsiyalar a’zolarining a’zolik badallarini keltirish mumkin. Ushbu tushumlar jamoatchilik tashkilotlarining ustav maqsadi va vazifalarini bajarish, ularning xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari – bu davlat qonunlari asosida korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqdan ozod yetish natijasida to‘plangan mablag‘lar majmuasi. Bunday maqsadli tushumlarga misol sifatida mahalliylashtirish, davlat ahamiyatiga molik investitsiya dasturlarida ishtirok yetishga doir faoliyatni olib borganlik uchun davlat tomonidan belgilangan soliqlardan ma’lum muddatlargacha belgilangan tartibda hisoblanadigan, biroq korxonalar ixtiyorida qoldiriladigan soliqlarni keltirish mumkin. Maqsadli vazifalarni bajarish uchun korxonalar ixtiyorida soliq imtiyozlari sifatida qoldirilgan mablag‘larning ishlatilishi davlat soliq organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Boshqa maqsadli tushumlar – bu maqsadli tushumlarning yuqorida zikr yetilgan guruhlariga kiritilmagan turlaridir. Ularga, masalan yuqori tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, hokimliklar)dan ma’lum maqsadlarda ajratilgan dotatsiyalar kiradi. Ushbu mablag‘larning ishlatilishi ularni bergan davlat boshqaruv organlari, shuningdek davlat soliq idoralari tomonidan nazorat qilinadi.
Respublikamizning qonun hujjatlariga ko‘ra korxonalar tomonidan boshqa shaxslardan ma’lum bir maqsadlarda olingan ayrim mablag‘lar maqsadli tushumlar sifatida tan olinmaydi. Chunonchi, ularga korxonalar tomonidan boshqa shaxslardan beg‘araz olingan mulk, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan moliyaviy yordamlar kiradi. Ushbu tushumlar mos ravishda korxonalarning rezerv kapitali va boshqa operatsion daromadlari sifatida tan olinib, daromad (foyda) solig‘i yoki yagona soliq to‘lovi ob’ektiga kiritiladi.
Shunday qilib, maqsadli tushumlarning yuqorida keltirilgan qisqacha izohidan quyida xulosalarni qilish mumkin.
Birinchidan, maqsadli tushumlar korxonaning aktivlarini, ya’ni mablag‘larini ko‘paytiradi, demak ushbu mazmunda maqsadli tushumlar korxona uchun o‘ziga xos daromad hisoblanadi, ular korxonalarning xususiy kapitalini ko‘paytiradi.
Ikkinchidan, maqsadli tushumlar biron maqsadlar uchun korxona tomonidan qilinayotgan xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ manbasi hisoblanadi, demak bu mazmunda maqsadli tushumlar daromad yemas, balki sarf-xarajatni qoplash manbai hisoblanadi. Bu mazmundagi maqsadli tushumlar respublikamizning qonun hujjatlariga ko‘ra korxonalarning mablag‘larini ko‘payishiga olib kelsada, ularning daromadi sifatida qaralmaydi, mos ravishda ular soliqqa tortilmaydi.
Uchinchidan, beg‘araz olingan mulk va beg‘arz olingan moliyaviy yordamlar ham o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra korxonalar aktivlarini maqsadli ko‘paytirsada, biroq xususiy kapital ushbu yelementlarining huquqiy maqomi yetarlicha asoslanmagan. Bizning fikrimizcha, korxonalar aktivlarini ko‘payishiga olib keluvchi, ularning ixtiyorida qoluvchi beg‘araz olingan mulk hamda beg‘araz olingan moliyaviy yordam ham maqsadli tushumlar sifatida tan olinishi lozim.
To‘rtinchidan, umuman olinganda har korxona kelib tushadigan va uning ixtiyorida qoladigan har qanday tushum daromad sifatida qaralishi lozim. Soliqqa tortish nuqtai nazaridan maqsadli tushumlarni davlat tomonidan belgilangan soliqlarga tortiladigan yoki undan ozod yetilgan daromadlar sifatida qaralishi to‘g‘riroqdir. Bunday tartibni yaxlit tarzda o‘rnatilishi maqsadli tushumlarning boshqa tushumlar singari mohiyatini, korxonalar iqtisodiyotini barqarligini ta’minlashdagi ahamiyatini aniqroq ifoda yetgan bo‘lar yedi.
Maqsadli tushumlarning korxonalar barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni ular faoliyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarda yorqin namoyon bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkichlar bo‘lib, odatda, rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to‘lovga qobiliyatlilik kabi sifat ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Maqsadli tushumlarning korxona rentabelligini oshirishdagi rolini quyidagi misolda ko‘rib chiqaylik. Aytaylik, korxonaning ishlab chiqarish tannarxi 450 mln. so‘m, boshqa xarajatlari 50 mln. so‘m, faoliyatdan olingan sof foydasi 40 mln. so‘m. Korxonaga yangi mahsulotni yaratish va sotish uchun 300 mln. so‘mlik maqsadli tushum olingan deylik.
Korxona rentabelligi va uni oshirishda maqsadli tushumlarning o‘rniga baho berish uchun dastlab rentabellikning o‘zi nima yekanligiga to‘xtalaylik.
Umumqabul qilingan tartibga ko‘ra, odatda, rentabelliki deganda, yerishilgan sof foydani shu maqsadga yerishish uchun sarflangan jami xarajat summasiga nisbati tushuniladi. Bizning misolda bu ko‘rsatkich 8 foizni tashkil yetadi, ya’ni:
8 foiz = 40/(450+50);
Maqsadli tushumlar korxonaga qaytarib berilmaslik sharti bilan olinganligi uchun ular korxonaning qilgan sarf xarajatlarini qoplashga yubotiriladi. Demak, yuqoridagi misolga asosan korxonaning o‘z sarfi 200 mln so‘mni (500- 300) tashkil yetgan bo‘ladi. U holda korxonaning rentabelligi 20 foizni (40/200) tashkil yetgan bo‘ladi. Demak, maqsadli tushumlar korxonaga qo‘shimcha 12 foiz (20-8) rentabellikka yerishishga imkon bergan bo‘ladi.
Maqsadli tushumlarning korxonalar rentabelligini oshishidagi rolini hissali usulda ham hisoblash mumkin. Buning uchun, dastlab ularning jami xarajatlardagi hissasi, shundan so‘ng yesa ushbu hissadan kelib chiqib, sof foydaning maqsadli tushumlar yevaziga yerishilgan qismi topiladi. Pirovard natijada maqsadli tushumlar yevaziga olingan sof foydani jami maqsadli tushumlar summasiga bo‘lish orqali ularning rentabelligi aniqlanadi. Yuqoridagi misolimizda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra:
1.Maqsadli tushumlarning jami xarajatlardagi hissasi 60 foiz (300/500).
2.Sof foydaning maqsadli tushumlar yevaziga yerishilgan qismi 24 mln.so‘m (40*60%).
3.Maqsadli tushumlar rentabelligi 12 foiz (24/200).
Yuqorida keltirilgan hisob-kitoblardan ko‘rinib turibdiki, maqsadli tushumlar korxonalarga ular qilgan xarajatlarni ma’lum qismini qoplash yevaziga samara keltiradi. Albatta, bunday samara ma’lum bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun ahamiyatlidir. Umumiqtisodiyot miqiyosida xarajatlarni davlat budjeti yoki boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarning mablag‘lari yevaziga qoplanishi davlatning boyishiga olib kelmaydi. Shuningdek, maqsadli tushumlarni xalqaro fondlar yoki tashkilotlardan olinishi ma’lum xo‘jalik birligi yoki davlatni iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir yetsada, biroq umumjahon miqiyosida iqtisodiy samara bermaydi. Shu bois ham, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar iqtisodiyotini doimiy tarzda maqsadli tushumlarga asoslantirib, rivojlanishi mumkin yemas. Maqsadli tushumlarga vaqtinchalik iqtisodiyotni oyoqqa turishdagi muhim vositalardan biri sifatida qarash lozim.
Maqsadli tushumlar buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini yuritilishi, unda maqsadli tushumlarga doir ma’lumotlarni aks yettirilishi ulardan samarali foydalanish darajasini ifodalovchi sifat ko‘rsatkichlarni aniqlash imkonini berishi lozim. Bu talablarga javob beradigan buxgalteriya hisobi tizimining mavjudligi maqsadli tushumlardan yetarlicha samara olishda muhim ahamiyat kasb yetadi.
Maqsadli tushumlar hisobining asosiy maqsadi ularning olinishi va ishlatilishi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni ham ichki, ham tashqi axborot foydalanuvchilar uchun yetkazib berishdan iborat. Ushbu maqsadga yerishish uchun korxonalarda buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
birinchidan, maqsadli tushumlarni tuzilgan shartnomalarga ko‘ra o‘z vaqtida kelib tushishini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
ikkinchidan, kelib tushgan maqsadli tushumlarni turlariga ko‘ra ular hisobi uchun mo‘ljallangan buxgalteriya hisobi schyotlarida aks yettirish;
uchinchidan, maqsadli tushumning har bir turini aynan olingan maqsadi uchun ishlatilishini nazorat qilish imkonini beruvchi tartibda hisobda aks yettirish;
to‘rtinchidan, maqsadli tushumlarning ishlatilmayin qolingan qismini joriy hisob va hisobot registrlarida, chunonchi bosh kitob, jurnal orderlar, buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarida to‘g‘ri aks yettirish.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari maqsadli tushumlarning olinishi va ulardan oqilona, samarali foydalanishni tahlil qilish uchun yetarlicha imkon berishi lozim.
Grantlar va subsidiyalarning hisobini tashkil qilish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga grantlar hukumat tomonidan, turli nodavlat tashkilotlar, fondlar tomonidan beg‘araz, gumanitar yordam tariqasida muhim ijtimoiy maqsadlarda, iqtisodni rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun, shuningdek ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish maqsadida kelib tushadi. Grant mablag‘lari faqat belgilangan maqsadlarda ishlatilishi lozim.
Buxgalteriya hisobida grantlar hisobi hisoblash tamoyiliga asoslangan holda olib boriladi. Ushbu tamoyilga ko‘ra grantlar kelib tushiga qarab yemas, balki grant ajratilganligi to‘g‘risida xabarnomani olinishiga ko‘ra hisobga olinishi lozim. Bu xabarnoma asosida ajratilgan grant summasiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 4890 «Boshqa debitorlar qarzlari»
Kredit 8810 «Grantlar»
Grantlar korxonaga pul mablag‘lari, uzoq muddatli aktivlar, tovar-moddiy boyliklar ko‘rinishida kelib tushishi mumkin. Grant olish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida, shuningdek olingan grant summasiga guvohlik beruvchi hujjatlar asosida ularning kelib tushishi hisobda quyidagicha aks yettiriladi (18.1-jadval).

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling