O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19.3. Asosiy faoliyatining boshqa daromadlarini hisobga olish.
19.3. Asosiy faoliyatining boshqa daromadlarini hisobga olish. Asosiy faoliyat daromadining keyingi tarkibiy qismi — bu asosiy faoliyatning boshqa (operatsion) daromadlaridir. Bunga asosiy fondlar va boshqa mol mulkni sotishdan tushgan daromad, undirilgan yoki qarzdorlar tomonidan e’tirof etilgan har xil jarimalar va vaqtida to‘lanmagan qarzlar, hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi, da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va xolisona moliyaviy yordamlar kabi moddalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi: - undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar; - hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda; - ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar; - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar; - da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; - tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash; - davlat subsidiyalaridan daromadlar; - holisona moliyaviy yordam; - boshqa muomala daromadlari. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» 9320-«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» 9330-«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar» 9340-«Qtgan yil foydasi» 9350-«Operativ lizingdan olingan daromad» 9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar» 9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari» 9380-«Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» 9390-«Boshqa operatsion daromadlar». Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Xo‘jalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydalari 9340 “O‘tgan yillar foydalari” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar yoki tegishli olinadigan schyotlarning debeti bilan bog‘langan holda aks ettriladi. Mulkni operativ ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Da’vo muddati o‘tib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chikarishdan daromadlar” schyotining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9370 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari” schyotida shu korxonaning asosiy faoliyati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida bo‘lgan sog‘liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog‘chalari, uy joy komunal xo‘jaligi, madaniyat va sport ob’ektlaridan olingan daromadlar kiradi. Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari ko‘rinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” schyotining kreditida pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schetlar yoki olinadigan schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi hisobvaraqlarning kredit oboroti foyda (daromad)ning ko‘payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling