O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromad (mingso‘mda) Xarajat (mingso‘mda)
- Yakuniy moliyaviy natija
- O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
(Foyda solig‘i stavkasi 15 foiz. Soliqqa tortiladigan bazaga qaytarilib qo‘shiladigan 800 000 ming so‘mlik boshqa operatsion xarajatlar uchun sarflangan xarajatlar aniqlangan).
Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisobot davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari bilan jami faoliyat bo‘yicha ko‘rilgan zararlarining farqidir. Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag‘ida hisobga olib boriladi. Ushbu hisobvaraq tranzit bo‘lib, aktiv-passiv hisobvaraq xarakteriga ega. Hisobvaraqning debetida zararlar, kreditida esa foyda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debet va kredit oborotlarining farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foydasini aks ettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar», 9820-«Bosho‘a solio‘ va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» hisobvaraqlarida foyda (daromad)dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida hisoblangan soliq va yig‘imlar summasi quyidagi provodka orqali chegirib tashlanadi: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9810, 9820. Ushbu muomaladan so‘ng 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag‘ida qolgan summa korxonaning hisobot yilida olgan sof foyda (yoki zarar)ini anglatadi va ushbu summa quyidagi provodka orqali 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi: - sof foyda summasiga: D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» - zarar summasiga: D-t 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija». O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari, mohiyati va ularning turkumlanishini izohlab bering. Daromod va xarajatlarni tan olish, ularning tarkibining turkumlanishini izohlab bering. Sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatning tannarxini hisobga olishni tushuntirib bering. Davr xarajatlari, ularni turkumlash va tarkibiy tuzilishini tushuntirib bering. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish xarajatlarining tarkibi va tuzilishini tushuntirib bering. Ma’muriy va boshqaruv xarajatlarini hisobga olish qanday amalga oshiriladi? Daromadlar, ularning mohiyati, turkumlanishi va kelish yo‘llarini tushuntiring. Xarajatlarning mohiyati, uni turkumlanishi va xarajatlarga o‘tkazish yo‘llarini tushuntiring. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish qanday amalga oshiriladi? Daromadlarni tan olish va ularning tarkibi nimalardan iborat? Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani aniqlash, tan olish va ularning tarkibi nimalardan iborat? Asosiy faoliyatdan olingan foydani aniqlash, tan olish va ularning tarkibi nimalardan iborat? Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydani aniqlash, tan olish va ularning tarkibi nimalardan iborat? Soliq to‘lagungacha olingan foydani aniqlash, tan olish va ularning tarkibi nimalardan iborat? Sof foydani aniqlash, tan olish va ularning tarkibi nimalardan iborat? Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling