O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning


Download 5.72 Mb.
bet175/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning «Yil boshidagi qoldiq» (010-satr) moddasida yil boshidagi holat bo‘yicha quyidagi axborot aks ettiriladi:
a) 3-ustunda - «Ustav kapitali» - ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlarida (8300) ko‘rsatilgan ustav kapitalining summasi aks ettiriladi ;
b) 4-ustunda - «Qo‘shilgan kapital» - qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida (8400) qayd etilgan qo‘shilgan kapital summasi aks ettiriladi ;
v) 5-ustunda - «Rezerv kapitali» - qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarida (8500) qayd etilgan rezerv kapitali mablag‘lari summasi aks ettiriladi;
g) 6-ustunda - «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zararlar)» - taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlarida (8700) qayd etilgan, yil boshida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi aks ettiriladi ;
d) 7-ustunda - «Sotib olingan xususiy aksiyalari» - sotib olingan xususiy aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlarida (8600) qayd etilgan, korxonada bo‘lgan sotib olingan xususiy aksiyalarining summasi; ularni keyin tarqatish yoki yo‘q qilish uchun, aks ettiriladi ;
e) 8-ustunda - «Maqsadli tushumlar va boshqalar» - maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun budjetdan, maxsus jamg‘armalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari ko‘rinishida tekin (bepul)ga olingan aktivlar va boshqa maqsadli tushumlar, shuningdek xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari aks ettiriladi .
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning «Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi» (020-satr) moddasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yilida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va sotishdan olingan nominal qiymat va emissiya daromadi summasi aks ettiriladi.
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash» (030-satr) moddasida hisobot yilining birinchi sanasi holati bo‘yicha har yili qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan asosiy fondlarni qayta baholashdan tashqari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash summasi aks ettiriladi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling