Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-son shakl)ning «Xususiy kapitalning k bilan qiyoslaganda hisobot yili oxirida xususiy kapitalning ko‘payishi yoki kamayishi summasi aks эttiriladi.
Aksiяdorlik jamiяtlari 130 dan 150-satrlargacha bo‘lgan satrlarni ma’lumot uchun to‘ldiradilar.
20.8. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar, ilovalar va izohlar.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda:
1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini tuzishda va uning hisob siyosatida tanlab olingan va qo‘llanilayotgan asos to‘grisidagi axborot bo‘lishi lozim;
2. BHMS talab qiluvchi, hech bir joyda moliyaviy hisobotda ko‘rsatilmagan axborotni ochib berish;
3. Moliyaviy hisobotda keltirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va to‘gri tasavvur etish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tahliliy axborotni keltirish lozim.
Moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlar muntazam ravishda tushuntirish xati tarzida bo‘lishi kerak.
Tushuntirishlardagi axborot moliyaviy hisobotda keltirilgan tegishli moddalarga bogliq ravishda taqdim etilishi lozim.
Tushuntirish odatda shunday tuziladiki, u foydalanuvchiga moliyaviy hisobotlarni yaxshiroq anglab yetishda va ularni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisoboti bilan quyidagicha qiyoslashiga yordam beradi.
1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiqligi haqidagi hisobot;
2. O‘lchov asosi va buxgalteriya hisobida qo‘llanilayotgan siyosat to‘grisidagi hisobot;
3. Moliyaviy hisobotda keltirilgan moddalar uchun yordamchi axborot;
4. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan boshqa axborotlar:
4.1. Shartli majburiyatlar, oddiy majburiyatlar va boshqa moliyaviy axborotlar;
4.2. Moliya bilan bogliq bo‘lmagan axborotlar.
Moliyavlteriya hisobi bobidagi maxsus siyosat haqidagi axborot moliyaviy hisobotga izohlar oldida alohida hisobot tarzida keltirilishi kerak
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar korxonaning hisob siyosatini ochib berishi va hisobotdan foydalanuvchilarni korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini real baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashi kerak.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) (ro‘yxat raqami 474, 1998 yil 14 avgust, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999 yil, 5-son)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |