O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Chet el valyutasidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumot


Download 5.72 Mb.
bet172/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Chet el valyutasidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumot
«Chet el valyutasidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumotnoma» bo‘limida hisobot davrida xorijiy valyutada pul mablag‘larining harakati ko‘rsatiladi. Valyuta mablag‘lari operatsiyalarni amalga oshirish paytida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida, valyuta mablag‘lari qoldig‘i esa — hisobot davrining oxirgi sanasida aks ettiriladi.
Chet el valyutasidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumotning 250-(satr) moddasida «Yil boshiga qoldiq» hisobot davri boshida korxonaning valyuta hisoblari va kassasida bo‘lgan valyuta mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Ushbu ma’lumot shaklining «Kelib tushgan valyuta mablag‘lari, jami» (260-satr) moddasida 261, 262, 263, 264-satrlarda ko‘rsatilgan, hisobot davrida valyuta tushumlarining umumiy summasi ko‘rsatiladi, bu satrlarda aks ettiriladi:
a) 261-satr bo‘yicha - «Sotishdan olingan tushum» - korxona tomonidan hisobot davrida olingan valyuta tushumi summasi;
b) 262-satr bo‘yicha - «Konvertatsiya qilingan» - sotib olingan xorijiy valyuta summasi;
v) 263-satr bo‘yicha - «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha» - moliyaviy faoliyatdan olingan valyuta mablag‘lari summasi;
g) 264-satr bo‘yicha - «Boshqa manbalar» - 261, 262, 263-satrlarda nazarda tutilmagan manbalar hisobiga korxonaning valyuta hisoblari va kassasiga boshqa valyuta tushumlari summasi.
Ushbu ma’lumot shaklining «Sarflangan valyuta mablag‘lari, jami» (270-satr) moddasida korxona tomonidan 271 - 273-satrlarda ko‘rsatilgan turli maqsadlarga sarflangan valyuta mablag‘larining umumiy summasi aks ettiriladi, bu satrlarda aks ettiriladi:
a) 271-satr bo‘yicha - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lovlar» - mol-mulkni olishga, bajarilgan ishlarga va ko‘rsatilgan xizmatlarga sarflangan valyuta mablag‘lari summasi;
b) 272-satr bo‘yicha - «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha to‘lovlar» - moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflangan valyuta mablag‘lari summasi;
v) 273-satr bo‘yicha - «Boshqa maqsadlar uchun» - 271, 272-satrlarda sanalmagan boshqa maqsadlarga sarflangan valyuta summasi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling