O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Konsignatsiya muomalalarini hisobda aks ettirish


Download 5.72 Mb.
bet84/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

17.6. Konsignatsiya muomalalarini hisobda aks ettirish.


Hozirgi kunda tayyor mahsulotni sotishda konsiganitsiya muomalalari ham keng ko‘llaniladi. Bir tomonning (konsignantning) boshqa tomonga (konsignatorga) xorijiy mamlakat omboridagi tovarni o‘z nomidan, biroq konsignant hisobiga sotish to‘g‘risidagi topshirig‘i konsignatsiya deyiladi.
Konsignator - tovarlarning egasi bulmasada, tovarlari mavjud bulib, asosan, komission boshlangich boskichida faoliyat yuritadi. Uz idorasi, shuningdek, qabul qilish, qayta ishlash va tovarlarni sotish binosiga ega buladi.
Konsignatsiya - tovarlarni xorijga sotishning komission shakli bulib, unga kura tovarlarning egasi (konsignant) u yerdagi uz komissioneriga (konsignatoriga) tovarlar partiyasini sotish uchun junatadi
Konsignatorni - konsignatsiya savdosini tashkil qilish topshirig‘ini bajarishni o‘z zimmasiga oluvchi, biroq tovarning egasi hisoblanmagan shaxsni takdirlash miqdori va tartibi konsignatsiya shartnomasida sotiladigan tovar qiymatining muayyan foizi ko‘rinishida yoki eng kam narx bilan sotish narxi o‘rtasidagi farq ko‘rinishida beriladi. Korxonalar tomonidan konsignatsiya shartlari asosida olinadigan tovarlar 004-«Komissiyaga olingan tovarlar» balansdan tashqari schyotida hisobga olinishi kerak.
Sub’ektga tegishli bo‘lmagan tovarlar balans schyotlarida aks ettirilmaydi, balki balansdan tashqari hisobga olinadi. Chunonchi, agar tovarlar mas’uliyatli saqlash uchun qabul qilingan bo‘lsa, ular balansdan tashqari 002- "Mas’uliyatli saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar" schyotida hisobga olinadi, komissiya shartnomasi bo‘yicha qabul qilinganlari esa 004- "Komissiyaga qabul qilingan tovarlar" schyotida hisobga olinadi.
Boshqa shaxslarga komissiya shartnomalari bo‘yicha berilgan tovarlar chiqib ketishlar schyotlari orqali aks ettirilmaydi, balki 2960-"Komissiyaga berilgan tovarlar" schyotida aks ettiriladi.
Ushbu holatda mahsulotni oluvchi (komissioner) o‘z zimmasiga uni sotuvchi (komitent) nomidan sotish majburiyatini oladi, daromad esa tovarlarni uchinchi tarafga sotish vaqtida tan olinadi. Ushbu tovarga egalik huquqi uni uchinchi tarafga sotish vaqtigacha uning sotuvchisi (komitent)da bo‘lganligi sababli mazkur tovar uning balansida aks ettiriladi. Tovar komissiya shartnomasi bo‘yicha berilishi chog‘ida quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:
Dt 2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar"
Kt 2910 "Ombordagi tovarlar"
Fakat u uchinchi tarafga sotilishi chog‘idagina, tovarning sotilishi sotuvchida (komitentda) ham aks ettiriladi, tovarning tannarxi 2960- schyot kreditidan hisobdan chiqariladi:
Dt 9120 "Sotilgan tovarlar tannarxi"
Kt 2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar".
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning maxsus (firma) do‘konlarida tovarlarni sotishni hisobga olish.
Agar tovar-moddiy qimmatliklar sotish uchun tovarlar va prokat (ijara)vositalari sifatida sotib olinadigan bo‘lsa, ularning hisobi quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
2910 "Ombordagi tovarlar";
2920 "Chakana savdodagi tovarlar";
2930 "Ko‘rgazmadagi tovarlar";
2940 "Ijara buyumlari";
2950 "Tovar solingan va bo‘sh idishlar";
2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar";
2970 "Io‘ldagi tovarlar";
2980 "Savdo ustamasi";
2990 "Boshqa tovarlar";
Ushbu schyotlardan asosan savdo va umumiy ovqatlanish sub’ektlari foydalanadi. Biroq ishlab chiqarish sub’ektlari ham ulardan biror-bir qimmatliklar ishlab chiqarish maqsadlari uchun emas, balki faqat sotish uchungina olingan hollarda foydalanadilar. Sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar, qandaydir buyumlar, materiallar, oziq-ovqat mahsulotlari maxsus sotish uchun xarid qilingan hollarda qo‘llaniladi.
Yuqorida bayon qilingan hisobga olishning asosiy barcha tovar-moddiy qimmatliklar uchun xosdir, shuning uchun ham tovarlarni hisobga olish bilan bog‘liq ko‘pchilik operatsiyalar buxgalteriya hisobida materiallarni hisobga olishga o‘xshash tarzda aks ettiriladi; masalan, tovarlarning kelib tushishini aks ettirrishni olaylik.
2910 "Ombordagi tovarlar" schyotida ulgurji va taqsimot bazalarida, omborlarda, umumiy ovqatlanish korxonalarining saqlash joylarida, sabzavotni saqlash joylarida va boshqalarda saqlanayotgan mavjud tovar zaxiralarining naqdligi va harakati sotib olish qiymatida hisobga olinadi.
Omborga kelib tushgan tovarlar va idishlarning kirim qilinishi 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotining debetida tovarlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar bilan birgalikda aks ettiriladi.
Tovarlar va idishlarning kelib tushishini 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schyotidan foydalanilgan holda materiallar bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish tartibi kabi bir xilda hisobda aks ettirish mumkin.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga sotilgan tovarlar va ular uchun ushbu xaridor (buyurtmachi)larga hisob-kitob hujjatlarining taqdim etilishi yoki ular tomonidan to‘lanishi 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidan 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyotining debetiga sotish tartibida hisobdan chiqariladi.
Tovarlar mol yetkazib beruvchilardan olinganda buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo‘ladi:
Dt 2910 "Ombordagi tovarlar"
Kt 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar".
Tovarlar uchun oldindan qisman to‘lov quyidagi tarzda aks ettiriladi:
Dt 4310 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga TMQ hisobidan berilgan bo‘naklar"
Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti"
Tovarlar olib bo‘lingandan so‘ng bo‘naklar schyoti o‘tkazilgan mablag‘lar so‘mmasiga kreditlanadi:
Dt 6010 "Mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar"
Kt 4310 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga TMQ hisobidan berilgan bo‘naklar".
Tovarlar sotib olinganda ularning qiymatiga tovarlarning belgilangan joygacha yetkazilib berilishi va kerakli holatga keltirilishi bilan bog‘liq harid qilish va transport-tayyorlov xarajatlariga oid barcha xarajatlar kiritiladi.
Ta’minot, tayyorlov, savdo korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarda shuningdek, asosiy vositalar yoki materiallarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarda yuritiladigan ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan inventarlardan tashqari sotib olingan idishlar va o‘zida ishlab chiqarilgan idishlar hisobga olinadi.
Misol.
Ulgurji sotish uchun QQSni hisobga olgan holda metri 20000 so‘mdan jami 10000 ming so‘mlik 500 metr gazlama olingan. Transport xarajatlari to‘langan-4500 ming so‘m. Mol yetkazib beruvchilarga to‘langan (1304,3ming so‘m)ko‘shilgan qiymat solig‘i hisobga o‘tkazilmaydi, chunki savdo sub’ektlari QQSni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanmaydi, u sotib olingan tovarlarning tannarxiga kiritiladi.
Xarid qilish bahosining hisob-kitobi uchun 1510-"Materiallarni tayyorlash va harid qilish" jamlovchi schyotidan ham foydalanish mumkin. Mazkur schyotning debetida sub’ekt tomonidan tovarlarning sotib olinishi chog‘ida qilingan barcha xarajatlar jamlanadi.
Hisobda gazlama kelib tushishi aks ettirilishi:
Dt 1510 "Materiallarni tayyorlash va harid qilish" 100000
Kt 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" 100000
Transport xarajatlarining aks ettirilishi:
Dt 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" 4500
Kt 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" 4500
Gazlamaning xarid bahosi (100000+4500)=104500 ming so‘mni tashkil qiladi. Bir metr gazlamaning tannarxini aniqlash mumkin; u (104500 ming so‘m : 500 metr)=209,0 ming so‘mga teng, ayni mana shu baho bo‘yicha gazlama buxgalteriya hisobida hisobga olinishi kerak.
Haqiqatdagi xarid qilishi tannarxi hisob-kitob qilinganidan so‘ng 1510-schyot kreditlanadi va xarajatlarning barcha so‘mmasi tovarlarni hisobga olish schyotlariga kiritiladi;
Dt 2910 "Ombordagi tovarlar"104500 ming so‘m
Kt 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" 104500 ming so‘m
Tovarlar valyutaga sotib olinishida ularning qiymati ularning hisobga qabul qilinishi sanasida UzR Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mlarda aks ettiriladi.
Misol.
900 AQSh dollaridan iborat summaga tovarlar olingan.
Markaziy bank kursi- 1 dollar uchun 1250(9522) so‘m. Ularning qiymati (900*1250(9522))=1125000 (8569800) so‘mni tashkil qiladi, buxgalteriya yozuvi esa quyidagicha bo‘ladi:
Dt 2910 "Ombordagi tovarlar"1125000(8569800)
Kt 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar"1125000(8569800)
Agar tovarlarni yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqa xarajatlar yuz bergan bo‘lsa, ular ularning tannarxiga kiritiladi.
4-son BHMSga binoan FIFO usuli afzalroq hisoblanadi; ushbu usul narxlarning o‘sishi sharoitida tannarxning eng kam qiymatlari va foydaning eng yuqori qiymatlarini beradi. 4-son BHMSga muvofiq tovarlar ikkita baholashdan eng pasti bo‘yicha haqiqatdagi tannarxi (xarid qilish bahosi) yoki bozor bahosi (sotishning sof qiymati) bo‘yicha hisobga olinadi. Qayta baholash bo‘yicha farq u aniqlangan hisobot davrida hisobdan chiqariladi. Masalan, tovarlarning ma’naviy eskirib qolganligi oqibatida tovarni arzonlashtirishdan ko‘rilgan zarar aks ettirilgan:
Dt 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar"
Kt 2910 "Ombordagi tovarlar".
Sotish ham, tovarlarning boshqacha chiqib ketish variantlari singari, 9020 - "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" schyoti orqali aks ettiriladi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling