Tovarlar - kelib tushishi (xarid qilish bahosi bo‘yicha) aks ettiriladi:
Dt 2920 - "Chakana savdodagi tovarlar" 52000
Kt 6010 - "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» 52000
Savdo ustamasi 20%:
Dt 2920 - "Chakana savdodagi tovarlar" 10400
Kt 2980 - "Savdo ustamasi" 10400
Shu tariqa, tovarlar hisobda 62400 ming so‘mni tashkil qiladigan sotish bahosi bo‘yicha aks ettiriladi. Tovar 62400 ming so‘mga sotilganda sotilgan tovarning savdo ustamasi summasi sotishdan olingan daromadni belgilab beradi.
Mazkur holatda ham, sotish yuqorida ko‘rib chiqilgan variantlardan farq qilmaydi:
Sotishdan olingan- daromad:
Dt 4010 - "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 62400
Kt 9020 - "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" 62400
Tovarning hisobdan chiqarilishi (biroq sotish bahosi bo‘yicha) aks ettirilishi:
Dt 9120 - "Sotilgan tovarlar tannarxi» 62400
Kt 2920 - "Chakana savdodagi tovarlar" 62400
Quyidagi yozuv faqat tovarlarni sotish baholari bo‘yicha hisobga olish holatiga xos - sotilgan tovarlar bo‘yicha savdo ustamasi hisobdan chiqarildi:
Dt 2980 - "Savdo ustamasi" 10400
Kt 9120 - "Sotilgan tovarlarning tannarxi" 10400
Ya’ni, 9120 - "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti bo‘yicha debet saldosi (62400-10400) = 52000 ming so‘mga teng bo‘lib qoladi, bu esa mazkur tovarniig xarid qilish qiymatiga muvofiq keladi.
Shu tariqa, 2980 - "Savdo ustamasi" schyoti faqat tovarlar kirim qilinishi chog‘ida savdo ustamalari summasiga kreditlanadi, tabiiy yo‘qolish, brak, buzilish, kamomad va shu kabilar natijasida sotib yuborilgan, berilgan yoki hisobdan chiqarilgan tovarlar bo‘yicha savdo ustamalari summalariga esa debetlanadi.
Agar sotib olingan tovarning bir qismi realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, sotilmagan tovarlarga tegishli ustamalar summasi belgilangan miqdorlarga muvofiq tovarlarga tegishli bo‘lgan ustamalarni belgilash yo‘li bilan, inventarizatsiya xatlovlari asosida aniqlashtiriladi.
Chakana savdo sub’ektlarida katta assortimentdagi sotilmagan tovarlarning qoldiqdariga oid ustama summasi oy boshiga bo‘lgan tovarlar qoldig‘iga oid ustama summasining bir oy ichida sotilgan tovarlar summasi (hisobga olish baholari bo‘yicha) va oy oxiriga bo‘lgan tovarlar qoldig‘iga oid 2980 - "Savdo ustamasi" (boshqa hisobdan chiqarishlarga oid) schyotining debeti bo‘yicha aylanmalar summasiga kamaytirilgan 2980-"Savdo ustamasi" schyoti kreditiga
oid aylanma nisbatidan kelib chiqqan holda hisoblab yozilgan foiz bo‘yicha aniqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |