18.3.Turli mulkchilik shakllarida ustav kapitalini shakllantirish va uning o‘zgarishini hisobga olish.
Ustav kapitalini shakllantirish tartibi Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq ta’sis hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ustavni ro‘yxatga o‘tkazish paytida e’lon qilingan ustav kapitalining butun miqdori quyidagi provodka orqali ifodalanadi:
4610 - «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha mulkdorlar qarzlari» schyoti debeti.
8310 (8312, 8313) - «Ustav kapitali» schyoti krediti.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mulkdorlar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bir yil mobaynida o‘z ulushlarini to‘liq qo‘shishlari shart.
Xo‘jalik faoliyatining 3 ta asosiy tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: yakka egalik, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari aksiyadorlik jamiyati (korporatsiya).
18.4-rasm: Xo`jalik faoliyatining tashkiliy huquqiy shakli
Yakka egaliqtsagi ustavni ro‘yxatga o‘tkazish chog‘ida ro‘yxatga olingan ustav kapitali (UK) hajmi yozuvida qayd etiladi:
4610 - «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha mulkdorlarning qarzi» schyoti debeti.
8510 - «Ustav kapitali» schyoti krediti.
Bunda 8330 - schyotda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yagona mulkdor ulushining miqdori aks ettiriladi. Xususiy korxona amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra o‘z ustavini ustav kapitali miqdorini ma’lum qilmasdan ham ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega.
Ustav kapitaliga ulushlarning kelib tushishi ustav kapitali hisob varag‘iga ta’sir ko‘rsatmaydi, balki muassis qarzini so‘ndiradi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustav kapitaliga badallar daromad hisoblanmaydi va soliqqa tortilmaydi.
Muassis ustav kapitaliga turli aktivlarni kiritishi mumkin, biroq ularning turlari albatta korxona ustavida aks ettirilishi shart. Masalan, agar koxonaning ustav kapitali faqatgina pul mablag‘lari hisobiga to‘ldiriladi deb ustavda yozilgan bo‘lsa, u holda muassis ustav kapitaliga asosiy vositalarni kirita olmaydi. Bu hol ustav qoidasining buzilishi sifatida tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |