4610 - «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzi» schyoti ustav kapitaliga ko‘yilmalarga oid xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
muassislari bilan barcha turdagi hisob-kitoblar haqida ma’lumotlarni jamlaydi. Hisobvaraq aktiv va debetli saldogagina ega bo‘lish mumkin. Schyot debet bo‘yicha muassisning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt oldidagi ustav kapi-taliga badallari bo‘yicha qarzi, kreditida esa - haqiqatda kelib tushgan qo‘yilmalar aks ettiriladi. Qo‘yilmalar kiritilgan takdirda 4610-schyot sal’doga ega bo‘lmaydi.
Xususiy xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini shakllantirish
Muassis tomonidan mebel kiritilgan. Mazkur holatda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qayd etiladi:
0140 - «Mebel va ofis jihozlari» schyoti debeti.
4610 - «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilar qarzlari» schyoti krediti.
Muassis tomonidan ma’lum mahsulot ishlab chiqarish (sotish) uchun patent kiritilgan:
0410 - «Patent, litsenziya, nou xaular» schyoti debeti.
4610 - «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilar qarzlari» schyoti krediti.
Muassislar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati uchun xom ashyo va TMZlar kiritilgan:
1010 - «Xom ashyo va TMZlar» schyoti debeti.
4610 - «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilar qarzlari» schyoti krediti.
Muassis sotish uchun tovarlar kiritgan:
2910 - «Tovarlar» schyoti debeti.
4610 - «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilar qarzlari» schyoti krediti.
Bunda pul ko‘rinishida bo‘lmagan barcha aktivlar (moddiy va nomoddiy) haqiqiy bozor narxlariga yo‘naltirilgan qiymat bo‘yicha Ustav kapitaliga kiritilishi lozim.
Muassislardan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar olinganda, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt keyingi oydan boshlab amortizatsiyani hisoblashi kerak, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mol-mulk solig‘i to‘lovchisi hisoblansa, u holda ikki yillik imtiyozli muddat tugashi bilan ushbu vositalar qiymati mol-mulk solig‘i to‘lanadigan bazani oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |