O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muomala mazmuni Summa, ming so‘m Debet Kredit
Ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan summada, ustav kapitali to‘liq shakllantirilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari:
Ustav kapitalini shakllantirishning cheklangan muddati davlat ro‘yxatidagi o‘tkazilgan paytdan boshlab, agar boshqa holatlar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir yildan oshmasligi lozim. Mazkur davr mobaynida MChJ a’zolari tomonidan o‘z ko‘yilmalari kiritilmagan hollarida, agarda ta’sis hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular muddati uzaytirilgan to‘lovlar summasi 25% yillik to‘lov to‘laydilar. A’zolar jamiyatga o‘z mol-mulklarini kiritganlaridan keyin ular o‘zlarining yakka tasarruf etish huquqini yo‘qotadilar. Mol-mulk yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aktiviga aylanadi, sheriklarning barchasi birgaliqtsa egalik qilishga o‘tadilar. Bunday badallarning har biri muassislar majlisining bayonnomasida rasmiylashtiriladi., bu esa aktiv belgilanishi va baholanishiga barcha mulkdorlarning roziligini ifodalaydi. Mustaqil malakali baholovchi tomonidan kiritiladigan mol-mulkni baholashni amalga oshirish davlatga yoki qisman qarashli bo‘lgan baholash ob’ektlari bitimga jalb etiladigan hollarda majburiy hisoblanadi. Shuningdek, Fan va texnika Davlat Qo‘mitasining xorijiy investi-tsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ustav fondiga kiritiladigan nomoddiy aktivlar toifasiga tegishli bo‘lgan intellektual mulk va boshqa ob’ektlarni baholash to‘g‘risidagi xulosasi zarur. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini o‘zgartirishga faqat muassislar karoriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi, bunda ustav kapitali o‘zgargani haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilish hamda ta’sis hujjatlarini qayta ro‘yhatdan o‘tkazish lozim. Ustav kapitalining kamaygani to‘g‘risida MChJ karori bu hakda axborot e’lon qilinganidan so‘ng kamida uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi davlat organlarida ro‘yxatga olinishi bilan tasdiqdangan muassislarning tegishli qarorlarisiz ustav kapitalining o‘zgarishi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettira olmaydi. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling