O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet220/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Ko’rsatkichlar

A Bo’linma

B bo’linma

V bo’linma

Jami

Ustama xarajatlar, sh.b.

10000

60000

30000

100000

Mehnat - soati

25000

15000

10000

50000

IUX stavkasi mehnat-soatga

0,4

4

3

2

Masalan, mahsulot ishlab chiqarish uchun asosiy bo’linmada 10 soat , B bo’linmasida 5 soat va V bo’linmasida 3 soat asosiy mehnat talab qilindi. Bu holda ustama xarajatlarning 33 sh.b. miqdori mahsulotga o’tkaziladi (10 soat x 0,4 sh.b./mehnat-soati + 5 soat x 4 sh.b./mehnat-soati + 3 soat. x 3 sh.b./mehnat-soati )
26.3. Ustama xarajatlarni taqsimlashning amaliy va rejali stavkalari

Ustama xarajatlarni amaldagi miqdoriga asoslanib taqsimlash stavkasini hisoblash ko’pincha bir qancha muammoni keltirib chiqaradi:


• buyurtmalarning tannarxini hisoblash hisobot davri tugaguncha kechiktirilishi lozim, chunki ustama xarajatlar va ishlab chiqarish hajmini bundan oldin hisoblab bo’lmaydi;
• ustama xarajatlar ham, ishlab chiqarish faoliyati ham oy sayin o’zgaradi va ustama xarajatlarni taqsimlash stavkalarining ko’p darajada o’zgarishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning reja stavkasini hisoblash quyidagi harakatlarni o’z ichiga oladi44:
1. Ustama xarajatlar prognoz miqdorini hisoblash
2. Ustama xarajatlarni taqsimlash bazasini tanlash
3. Kelgusi davr uchun prognoz qilingan ustama xarajatlar miqdorini bazaning prognoz miqdoriga ajratish
4. Ushbu stavkadan foydalanib, ustama xarajatlarni mahsulotning har bir turiga o’tkazish.
Reja stavkasini hisoblash uchun foydalaniladigan prognoz ma’lumotlari amalda haqiqiy ma’lumotlarga mos kelmaydi. Bunday holatda mahsulot tannarxiga o’tkazilgan ustama xarajatlar haqiqatda qilingan ustama xarajatlar summasidan farq qiladi, bu esa ustama xarajatlarning to’la taqsimlanmasligiga olib keladi yoki ustama xarajatlarning ortiqcha taqsimlanishiga sabab bo’ladi:
To’la taqsimlanmagan ustama xarajatlarni yoki ortiqchasi bilan taqsimlangan ustama xarajatlarni ikki usul bilan hisobdan chiqarish mumkin:
1. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summasi "Realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi" schetiga o’tkazish orqali.
2. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summani uchta "Tugallanmagan ishlab chiqarish", "Tayyor mahsulot" va "Sotilgan mahsulot tannarxi" schetlari qoldig’iga mutanosib taqsimlash orqali.
USTAMA XARAJATLAR


Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling