O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti
-rasm. ATB «O’zsanoatqurilishbank»ning xususiy kapitalining
Download 1.26 Mb.
|
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo’yicha ichki bank qoidalarining tadbiq etilishi va bugungi
9-rasm. ATB «O’zsanoatqurilishbank»ning xususiy kapitalining
dinamikasi. (mlrd.so’m) 15 15
45
ma’lumotlariga
«O’zsanoatqurilishbank»ning xususiy kapitalining dinamikasi yildan yilga oshganini ko’rishimiz mumkin. 2009 yilda bankning xususiy kapitali 172,5 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2011 yilda 224,9 mlrd.so’mga oshgan. 2014 yilga kelib bu ko’rsatkiya 671,2 mlrd.so’mga etgan va 2009 yilga nisbatan 498,7 mlrd so’mga oshgan. Bunday oshish tendentsiyasi albatta keyingi yillarda ham bank tomonidan amalga oshiriladi. Chunki respublikamiz bank tizimida Markaziy bank tomonidan kapitallashtirish darajasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Umuman mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil etish va uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash borasida umumiy jihatdan yetarlicha huquqiy asos mavjud va bunda ko’proq e’tiborni ushbu yo’nalishning bank boshqaruvida yetarlicha o’rin tutishini ta’minlashga qaratish kerak. Bunda xodimlarni rivojlangan mamlakatlar bank tizimi, shuningdek xalqaro miqyosda tashkil qilingan maxsus tashkilotlar (masalan FATFning hududiy guruhlari) ish- faoliyati bilan tanishtirish hamda ular tomonidan ishlab chiqilayotgan va amaliyotga joriy qilinayotgan taklif va tavsiyalarni bevosita kuzatish imkoniyatini yaratib berish lozim. 2.2. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo’yicha ichki bank qoidalarining tadbiq etilishi va bugungi kundagi amaliy holati Pul mablag’laridan noo’rin foydalanish yoki firibgarlik va boshqa xil yo’qotishlarni oldini olishga xizmat qiluvchi ichki nazorat jarayoni umumhajmli xarakterga ega bo’lib, kredit tashkiloti to’qnashadigan barcha risklarni qamrab oladi. Samarali tashkil qilingan ichki nazorat tizimi bankning moliyaviy barqarorligini taminlash va bosh maqsadga erishishda beqiyos o’ringa ega. 2004-yil 26-avgustda“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida” 46
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida” gi Qarori qabul qilindi va ilovaga muofiq tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari tasdiqlandi. Har bir tijorat banki maskur qoidalarga to’la amal qilishi va aniqlangan ma’lumotlarni o’z vaqtida maxsus vakolatli davlat organiga yetkazishi zarur. Agar banklarda maskur qoidalar talablari bajarilmasa Markaziy bank “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo’llaniladigan choralar va sanksiyalar to’g’risida”gi nizomga asosan: Ø tijorat bankiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risida tegishli ko’rsatma yo’llash; Ø tijorat banki ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha bo’lgan miqdordajarima undirish huquqiga ega. Shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risidagi Markaziy bankning ko’rsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablarini qo’pol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan tijorat bankiga nisbatan Markaziy bank: 47
ushbu tijorat banki (filiali) rahbari, shuningdek, uning ichki nazorat xizmati rahbari va mas'ul xodimlarini almashtirishni talab qilish; Ø bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyada va xorijiy
operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyada ko’rsatilgan ayrim operatsiyalarni o’tkazishni bir yilgacha bo’lgan muddatga to’xtatib qo’yish; Ø bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyani va xorijiy
operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyani chaqirib olishgacha bo’lgan choralarni qo’llashga haqlidir. Yuqoridagi talablarni bajarmagan tijorat banklariga nisbatan faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan lisenziyani to’xtatib qo’yish va chaqirib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy bank Boshqaruvining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Jinoiy faoliyatdan olingan
legallashtirish mulk (pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo’lsa, uni o’tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo’li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan , shuningdek bunday pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko’chirish usulini yoxud pul mablag’lariga yoki boshqa mol-mulkka bo’lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo’lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir. 16 Tarifdan ko’rinadiki, jinoiy faoliyatdan olingan
legallashtirishda tijorat banklari bevosita vositachilik rolini bajarib qolish ehtimoli yuqori, chunki iqtisodiyotda banklar deyarli barcha pul aylanmalarini amalga oshiradi. Shuning uchun so’nggi yillarda banklar faoliyatida ichki nazoratning alohida bir yo’nalishi sifatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish 16 “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, 3-modda. 48
legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo’ladi: 1) majburiy nazorat 2) ichki nazorat 3) pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirish chog’ida yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash. Majburiy nazorat kredit tashkilotlari tomonidan taqdim etiladiga axborot (hujjatlar) asosida pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalar ustidan nazorat qilish bo’yicha maxsus vakolarli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat. Maxsus vakolatli davlat organi - O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Boshqarmasi. Tijorat banklari ichki nazorat xizmati xodimlari aniqlangan har bir shubhali operatsiyalar to’g’risida Departamentga xabar berib turadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-311 son qaroriga ilova sifatida “O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy
legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti to’g’risida”gi Nizom tasdiqlangan. Unga ko’ra departament O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanib, soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terroristik faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish uning asosiy maqsadi hisoblanadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling