O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent davlat transport universiteti


Yo‘nalishda avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi


Download 418.75 Kb.
bet13/15
Sana13.02.2023
Hajmi418.75 Kb.
#1193349
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Bafoyev 1

2.4. Yo‘nalishda avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi.
Nozimlik boshqaruv murakkab tizim bo‘lib u quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Nozimlik boshqaruv tiziminig asosiy tarkiblari. Nozimlik boshqaruvi tizimining qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tizim o‘zining funksional vazifalarini bajarayotganida tezkorlikni, aniqlikni, boshqaruvning yeng yangi va zamonaviy texnologiyalarini qo‘llashni taʼminlashligi kerak. Nozimlik xizmati tashkiliy tarkibi shahardagi avtobus saroylari soniga, harakatlanayotgan avtobuslar soniga, yo‘lovchilarni tashish hajmiga, yo‘nalishlar soniga va harakat chastotasiga qarab 5 ta guruhga ajraladi:

Guruh Shahar aholisi soni


1 50 ming kishigacha
2 50-100 ming kishigacha
3 100-250 ming kishigacha
4 250-500 ming kishigacha
5 500 ming kishidan ko‘p

Harakatni nozimlik boshqarish texnologiyasining funksiyalari va tarkibiy qismlari rasmlarda keltiilgan.

  • Nozimlik boshqarish texnologiyasining tarkibiy qismlari.

  • Yo‘nalishda avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi.

Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruvi yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transportining ishini tashkil yetish va boshqarish texnologiyasining so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Bugungi kunda mavjud adabiyotlarda nozimlashtirish - avtotransport vositalarining harakatini bir markazdan boshqarish va sozlash manosida qo‘llanib kelinayapti. Yo‘lovchi tashuvchi transport ishini ratsional tashkil yetish ishlari ikki qismdan iborat bo‘ladi. 1. Birinchisi tashkiliy masalalar, yani yo‘lovchi tashish rejasini ishlab chiqish va asoslash. 2. Ikkinchi masala-boshqaruv masalalari. Bu masalalar o‘z ichiga yo‘nalishlarda transport harakatini nazorat qilish va boshqarish hamda tashish bo‘yicha tasdiqlangan rejani bajarilishini taʼminlash. -81 - Birinchi masala bilan avtokorxonalarninig tasarruf xizmati bo‘limi shug‘ullanadi. Boshqaruv masalalari bilan yesa nozimlik xizmatchilari shug‘ullanadilar. Nozimlik xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - avtobuslarni harakat jadvaliga amal qilgan holda saroydan chiqishini taʼminlash va nazorat qilish; - avtobuslar harakatini yo ʼ nalish jadvalida belgilangan tartibda kelishini "Avtomobillarda yuk va yo‘lovchilar tashish asoslari"kuzatish va nazorat qilish. - avtobuslarning harakati yo‘nalish jadvalida belgilangandan farq qilgan holatda harakat yo‘nalishini qayta tiklash. - yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va avtomobillardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida avtobuslar harakatini boshqarish. - harakat muntazamligini taʼminlash va hokazo. Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruv tizimi Avtobuslar harakatini muvofiqlashtirish vakolatlari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi unging bo‘limlariga hamda Toshkent Shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga yuklatilgan. Ular hokimiyat ijro yetuvchi organi hisoblanib transport tarmog‘i va yo‘nalish tizimining rivojlanish istiqbollarini rejalashtiradi. Yo‘lovchi avtomobil transportida harakatni nozimlik boshqarish markazlashtirilgan boshqaruviga asoslangan bo‘ladi. Bu yesa o‘z navbatida avtobuslar harakatini uzluksiz nazorat yetish va butun avtobus tarmog‘i bo‘yicha harakatni tezkor boshqarish imkonini beradi. Nozimlik xizmati ishiga umumiy rahbarlik markaziy nozimlik xizmatining bo‘limi boshlig‘i tamonidan amalga oshiriladi. Avtobuslar harakatini bevosita smena katta nozimi boshqaradi. U o‘z smenasida yo‘nalish nozimlari guruhi bilan birgalikda yo‘lovchi tashish holati va sifatiga, harakatni muntazamligiga va avtobuslardan samarali foydalanishga javobgardir. Nozimlik tizimi avtobuslarni safarga chiqarishga tayyorlash va chiqarishni tashkil qilish, yo‘nalishlarda harakatni boshqarish va o‘z vaqtida saroyga kelishini taʼminlash bilan bog‘liq barcha faoliyatlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Avtobuslar harakati nozimlik boshqaruvi saroy ichi va yo‘nalish nozimligiga ajratiladi. Nozimlik hisobati tahlili maʼlumotlari asosida nozimlik xizmati harakatni tashkil qilish rejasini takomillashtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni kiritadi. Ushbu tavsiyalar nozimlik yig‘ilishlarida muhokama qilinadi. Nozimlik xizmati ishining sifatini taʼminlash uchun unda ishlayotgan har bir xodimning mansab yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak

2.5. Avtobusning yo‘l varaqasini rasmiylashtirish


1.Avtobus — haydovchining joyini hisoblamaganda, o‘tirish uchun o‘rindiqlari 8 tadan ortiq bo‘lgan va yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi;
2.Yo‘l varaqalari va naryadlar blankalari yo‘lovchilar tashishlarini amalga oshiruvchi avtotransport vositalarining, shu jumladan yo‘nalishsiz taksilarning ishini taʼriflovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun "Chipta-hisob varaqalari".
3.Yo‘l va chipta-hisob varaqalarini to‘g‘rilash va bo‘yashga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Yo‘l va chipta-hisob varaqalarida yo‘ldagi oraliq avtovokzallarida (avtostansiyalari) va oxirgi to‘xtash punktlarida amalga oshiriladigan barcha yozuvlarning to‘g‘riligini haydovchi shaxsan kuzatib borishi shart.
5. Chipta-hisob varaqalari ikki qismdan iborat: chipta-hisob varaqasi (yirtish chizig‘igacha) va nazorat varaqasi (yirtish chizig‘idan so‘ng). Ikki qismini ham to‘ldirish majburiydir.
6. Chipta-hisob varaqalarini to‘ldirishda navbatchi dispetcherlar, chipta g‘aznachilari, haydovchilar (konduktorlar), yo‘nalish dispetcherlari, avtovokzallar (avtostansiya) va oraliq g‘aznachilari hamda tushumni qabul qiluvchi g‘aznachilar ishtirok yetadilar.
7. Chipta-hisob varaqasi bo‘yicha quyidagilar: chiptalarning seriyalari va raqamlari bo‘yicha aniq sarflanganligi, sotilgan chiptalar uchun tushum hajmi, bajarilgan qatnovlar soni, shu jumladan, reja bo‘yicha, aslida, jadvalni buzgan holda (muntazamlik ko‘rsatkichi) hamda tashilgan yo‘lovchilar soni va bajarilgan yo‘lovchi-kilometr bo‘yicha umumiy natijalari aniqlanadi.
8. Chiptalarni sotish bo‘yicha hisobdor shaxslar (haydovchi, konduktor) ish boshlanishidan oldin chiptalarni sotish uchun avtovokzal yoki avtostansiyaning navbatchi dispetcheriga chipta-hisob varaqalarini, ulardagi seriyalari va raqamlarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish uchun taqdim yetishlari lozim.
9. Avtokorxonaning foydalanish bo‘limi boshlig‘i chipta-hisob varaqalari to‘g‘ri olib borilishi va to‘ldirilishi uchun masʼuldir, shuningdek, har kuni ularning ushbu Yo‘riqnomaga muvofiqligini tekshirib boradi.
10. Yo‘l varaqalari rekvizitlari (2-ilova): avtotransport vositasi yegasining nomi (shtamp), yo‘l varaqasining raqami, oy, yil, haydovchining familiyasi, ismi, sharifi, tabel raqami, boshqarish huquqiga yega guvohnoma raqami, toifasi, avtobusning rusumi, davlat raqami va seriyasi, garaj raqami, — oyning boshlanishiga qadar foydalanish bo‘limida to‘ldiriladi.
11. Yo‘l varaqasini ishlash, tayyorlash dispetcher va avtotransport vositasi ishiga javobgar bo‘lgan foydalanish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l varaqasini ishlash, tayyorlashni boshlashdan oldin yo‘nalish dispetcheri, g‘aznachi yoki avtovokzal (avtostansiya) dispetcheri va haydovchilar tomonidan chipta-hisob varaqasida qayd yetilgan barcha yozuvlar puxta tekshirib chiqilishi lozim.
Chipta-hisob varaqasida qayd yetilgan yozuvlar asosida avtotransport vositasi, haydovchining bir kunda yoki bir smenadagi ish yakunlari belgilanadi va ular yo‘l varaqasining tegishli grafalariga kiritiladi.
Old tomonidagi 1, 2, 3, 6, 7, 8 gr.dagi maʼlumotlar yo‘l varaqasining ikkinchi betidagi 1, 2, 3, 4, 5, 6 gr.ga o‘tkaziladi.
12. Yo‘l varaqasining ichki tomonidagi "Boshqa yo‘nalishga o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi" 7 grafasiga yo‘l varaqasining 4 betidagi 3 bo‘limidagi "Avtotransport vositasini boshqa yo‘nalishga o‘tkazilganligi haqida maʼlumotlar" kiritiladi.
13. Ish yakuni bo‘yicha asosiy maʼlumotlarni aniqlash quyidagi tarzda amalga oshiriladi (yo‘l varaqasining ichki tomoni):
a) naryaddagi soatlar (yo‘l varaqasining ikkinchi beti) (8-gr.) avtotransport vositasining garajga qaytib kelgan vaqt va garajdan chiqib ketgan vaqtdan, jadval bo‘yicha haydovchi uchun ajratilgan tushlik va dam olish vaqtlarining ayirmasidan qolganlari hisobidan belgilanadi;
b) yo‘nalishdagi ish vaqti (9-gr.) avtotransport vositasining yo‘nalishdagi ish vaqti hajmini (10-gr.) tashkil yetishi lozim, buyurtma bo‘yicha (12-gr.): zaxiraviy, navbatchi (13-gr);
v) yo‘nalishdagi (10-gr.), shu jumladan, jadval bo‘yicha (11-gr.) ish soatlari, avtotransport vositasining ish boshlanishi punktiga yetib kelgan palladan faqat yo‘nalishda ishlaganidan va uning oxirgi punktdan garajga kirib kelganigacha bo‘lgan soatlar soni bo‘yicha aniqlanadi. Bu soatlarga quyidagilar: buyurtma bo‘yicha ishlagan soatlar, yo‘nalishda samarasiz bekor turib qolgan soatlar, ish vaqtida garajga kirilgan va tushlik tanaffuslari, bekorchi vaqtlar kirmaydi.
14. Avtotransport vositasining buyurtma bo‘yicha ishlagan soati (12-gr.) tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan naryad bo‘yicha aniqlanadi va:
a) haydovchining buyurtma bo‘yicha to‘liq ish kuni — garajdan chiqib ketgan palladan, tushlik vaqtini ayirgan holda, garajga qaytib kelgan pallagacha ishlagan taqdirda;
b) avtotransport vositasi yo‘nalishdan, uni yo‘nalishga qaytarmagan holda, chiqarib olinganda — avtotransport vositasi yo‘nalishdan chiqarib olingan palladan uning garajga qaytib kelganigacha;
v) avtotransport vositasi yo‘nalishdan vaqtincha, uni yo‘nalishga qaytarilishi sharti bilan chiqarib olinganda — avtotransport vositasi yo‘nalishdan chiqarib olingan palladan uning jadvalga qaytib tushgan pallagacha hisoblanadi; Yo‘nalishdan vaqtincha chiqarib olingani va uni qayta jadvalga tushirilgani to‘g‘risida yo‘nalish dispetcheri chipta-hisob varaqasida tegishli yozuvni qayd yetadi.
15. "Zaxira", "Navbatchi" 13 gr.da navbatchilikga sarflangan vaqt yoki zaxirada bekor turib qolgan soatlar qayd yetiladi.
16. 14-grafada bekorchi soatlar qayd yetiladi.
17. Yo‘nalishda bekor turib qolishlar (15-gr.) yo‘nalishda texnik va foydalanish sabablari bo‘yicha bekor turib qolish soatlarining yig‘indisini yo‘nalish dispetcherlari, avtovokzal (avtostansiya) boshliqlari tomonidan yozgan qaydnomalar asosida aniqlanadi.
18. Haydovchining yo‘nalishda ishlagan tungi soatlari (shu jumladan, buyurtma bo‘yicha) soat 22-00 dan 6-00 gacha hisoblanadi (16-gr.);
Bayram soatlari bayram kirib kelgan kun soat 00 dan soat 24 gacha (16-gr.
19. 17-grafada "Yakuniy tayyorgarlik vaqti" Podgotovitelno-zaklyuchitelnoye vremya" hisoblash qulay bo‘lishi uchun foydalanish bo‘limida chiqish va qaytish uchun 0,3 soatdan qo‘yiladi.
20. 2 bet 19, 20 grafalari "Qatnovlarning haqiqiy soni" va "Jadval bo‘yicha bajarilgan qatnovlar soni" chipta-hisob bo‘yicha yo‘nalish dispetcheri maʼlumotlari asosida to‘ldiriladi.
Taʼmirlashdagi soatlar (21-gr.) texnik xizmat va taʼmirlash uchun masʼul shaxslarning (22-gr.) imzosi asosida dispetcher tomonidan qayd yetiladi.
21. 25, 26, 27, 28, 29, 30-gr. "Haqiqiy tushum" navbatchi dispetcher va g‘aznachi ishlovidan o‘tgan chipta-hisob maʼlumotlari asosida to‘ldiriladi.
2.6. Yo‘nalishda avtobuslardan foydalanish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
Bizda bu yo‘nalishda bir qancha hisob kitob natijalari shuni ko‘rishimiz mumkinki bu yo‘nalishda harakat intervallari va avtobus sonilari tog‘ri yo‘lga qo‘yilgan . Bu yo‘nalishda Mercedes-Benz Floor rusumli avtobuslar qatnovlarni amalga oshiriladi. Bu avtobuslar nisbatan yeskirganligi sababli xavoga turli hil chiqindi zararli gazlarni ko‘proq miqdorda ishlab chiqaradi, va o‘z navbatida ichki gigiyenik holatlar ham talabga javob bermaydi. Bazi bir avtobuslarda xaydovchini ogohlantiruvchi tugmachalar ishdan chiqgan, yeshiklar kamdan kam holatda yaxshi ochilib-yopilmaydi. Bu yo‘lishdagi avtobuslarni bosqichma bosqich yangi turdagi yelektrobuslarga o‘z o‘rnini boshatib berish maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Shuni tan olish kerakki bu yo‘nalishdagi avtobuslar yo‘nalish bo‘yicha tog‘ri sig‘imli avtobuslar tanlangan.

Download 418.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling