O’zbekiston rеspublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti


TAJRIBALAR  7.1. Inson ongida chiniqtirish va o’rganish nazariyasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/103
Sana18.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1589400
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
Bog'liq
Xulq-atvor (o\'quv qo\'llanma) - янги

TAJRIBALAR 
7.1. Inson ongida chiniqtirish va o’rganish nazariyasi 
XX asrning boshidan beri hayvonlar bilan chiniqtirish bo’yicha bir qator 
tajribalar kutilgan natijalarni tasdiqladi. Rossiyalik fiziolog Ivan Pavlov itlarga 
ovqat berishdan oldin qo’ng’iroqni qayta-qayta chalgandan so’ng, hayvonlar 
qo’ng’iroq ovozini eshitish bilangina so’lak oqishni boshlaganini aniqladi. Bu 
keyinchalik klassik chiniqtirish yoki Pavlov chiniqtirishi deb ataldi.
Torndike esa mushukni mushuk tutqichni bosganda ochilishi mumkin 
bo’lgan qafasga joylashtirdi. Takroriy sinov va xatoliklardan so’ng mushuk 
qo’lni bosib, tashqariga chiqdi va ovqat oldi. Torndike mushukning tutqich 
bilan qisqaroq sinov va xatoliklardan so’ng asta-sekin qafasdan chiqib ketganini 
aniqladi. Bu keyinchalik instrumental chiniqtirish deb ataldi. Skinner bu 
shartlarni 
rasmiylashtirdi 
va 
mukofotning 
ta’sirini 
mukofot 
bilan 
rag’batlantiruvchi 
hamda 
javob 
o’rtasidagi 
bog’lanishni 
kuchaytirish 
(mustahkamlash) va javobning ehtimolini oshirishi sifatida aniqladi. Bu 
psixologiyada mukofot mustahkamlovchi deb ham ataladi. 
Eksperimental psixologiya sohasida miyaning funktsiyalarini tushunish 
uchun tadqiqotlar olib borildi. Hayvonlarni o’rganishning bir qator nazariyalari, 
shu jumladan mukofotning ta’siri turli sohalarga ta’sir ko’rsatdi. Hayvonlarni 
o’rganish nazariyalari sun’iy intellektning rivojlanishiga muhim hissa qo’shdi. 
Ulardan biri sinov va xato orqali o’rganishdir. Bu yuqorida aytib o’tilgan 
Thorndike tajribasidan kelib chiqqan va tajribadagi mushuklar kabi sinov va 
xato orqali “aqlli” o’rganadigan kompyuter dasturini yaratadi. Keyinchalik 
sun’iy intellektda inson va hayvonlarni o’rganish nazariyasi funktsiyalarini, 
ayniqsa mashinani o’rganish deb ataladigan sohada amalga oshirish uchun 


80 
ko’plab algoritmlar taklif qilindi. Bular orasida mustahkamlashni o’rganish 
nazariyasi, ayniqsa, inson va hayvonlar qarorlarini qabul qilish bilan bog’liq 
bo’lgan miyaning hisoblash modeli sifatida ajralib turadi. Bu sinov va xato 
orqali kelajakda mukofotlar yig’indisini maksimal darajada oshiradigan xatti-
harakatlar qoidasini o’rganishdir. Huddi shunday kuchaytiruvchi ta’lim ideal 
muhitda instrumental o’rganish uchun hisoblash tizimi sifatida talqin qilinishi 
mumkin. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling