O’zbekiston rеspublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti


 Inson madaniyati va dunyoqarashi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/103
Sana18.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1589400
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103
Bog'liq
Xulq-atvor (o\'quv qo\'llanma) - янги

9.3. Inson madaniyati va dunyoqarashi 
Inson faoliyati iqtisodiyoti madaniyatining muhim jihatlaridan biri 
ijtimoiy toifalar mavjudligi va u o’zining qaysi ijtimoiy toifalarga mansubligiga 
ko’ra iqtisodiy munosabatlarga kirishishidir. Biroq, madaniyatning boshqa 
jihatlari ham bor. Iqtisodiyotdagi nazariy va empirik tahlillarga bunday 
jihatlarni kiritishning nisbatan yangi yondashuvi madaniyatni uning ortida 
turgan dunyoqarash asosida o’rganishdir.
“Dunyo qarashi” so’zi sohalar va olimlarga qarab juda ko’p turli xil 
ma’nolarda ishlatilgan, ammo antropologiyadagi ma’no ayniqsa iqtisoddagi 
qarashlar uchun mos keladi.
Antropologiyada dunyoqarash tushunchasi nafaqat dunyoning kelib 
chiqishi va oxiri kabi kognitiv jihatni, balki affektiv jihatni (nima go’zal va 
kavayi deb qaraladi va hokazo) va baholash jihatlarini (axloqiy qarashlar va 
qadriyatlar) o’z ichiga oladi.
Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar 
to’plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi 
o’laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo’lishi 
mumkin. 


124 
Antropologik ma’noda “dunyoga qarash” ni “bir guruh insonlar 
o’zlarining hayotlarini tartibga solish uchun foydalanadigan voqelik tabiati 
haqida qiladigan asosiy kognitiv, affektiv va baholovchi taxminlar va 
chegaralar” deb ta’riflaydi.
Dinlar dunyoqarashga katta ta’sir ko’rsatadi, biroq bir dinga mansub 
insonlar ko’pincha dunyoqarashlarida juda boshqacha qismlarga ega va turli 
dinlarga mansub insonlarning dunyoqarashida umumiylik mavjud bo’ladi. 
Bizning his-tuyg’u a’zolarimiz va miyamiz orqali inson tajribasiga ma’lum 
formatlar berilganligi sababli, biz barcha haqiqatni tan olmaymiz. Har bir 
insonda dunyoni ko’rish uchun bir juft “ko’zoynak” bor deb hisoblanadi. Har 
bir insonning dunyoqarash ko’zoynagi boshqasinikidan biroz farq qiladi, lekin 
agar bir guruh insonlarning dunyoqarashida muhim umumiy qismlar bo’lsa, biz 
umumiy qismlardan tashkil topgan dunyoqarashdan madaniyatni aniqlashimiz 
mumkin. 
Madaniyat va uning dunyoqarashi o’rtasidagi munosabatlar haqida fikr 
yuritish uchun 9.1-rasmdagi kabi madaniyatning uchta qismini ajratamiz. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling