O’zbekiston rеspublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Xulq-atvor (o\'quv qo\'llanma) - янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokoma uchun savollar
- II BOB. NEYROIQTISODIYOT 2.1. Mukofotga asoslangan qaror qabul qilish
Qisqa xulosalar
Xulq-atvor iqtisodiyoti shaxslar va institutlarning qarorlariga psixologik, kognitiv, hissiy, madaniy va ijtimoiy omillarning ta’sirini va bu qarorlarning klassik iqtisodiy nazariya nazarda tutgan qarorlardan qanday farq qilishini o’rganadigan fandir. Inson faoliyati iqtisodiyoti – ba’zi iqtisodiy nazariyalarda insonni o’z manfaati uchun boylikka intiladigan oqilona shaxs sifatida tavsiflanadi. Inson faoliyati iqtisodiyoti oqilona mulohaza yuritish orqali ortiqcha sarf-xarajatlarti tejash orqali samarali natijaga erishish sifatida ham ifodalanadi. Xulq-atvor iqtisodiyotining asosiy maqsadi insonning xatti-harakati va o’zaro ta’sirini chuqurroq ifodalash hamda ular individual va guruhlarda o’zini qanday tutishini o’rganishdir. Xulq-atvor iqtisodiyotida insonning haqiqiy xulq-atvori bu inson faoliyati iqtisodiyotining ratsionalligiga mos kelmaydi. Bu insonning haqiqiy xatti- harakati mantiqiy emasligi haqida xulosa qilishni anglatmaydi. inson faoliyati 22 iqtisodiyoti uning aql-idrokida o’zini tutish yaxshi yoki yomon ekanligini hal qilish holatlariga bog’liq. Nazorat va muhokoma uchun savollar 1. Iqtisodiyot nima? 2. Xulq-atvor iqtisodiyoti nima? 3. “Inson faoliyati iqtisodiyoti” deganda nimani tushunasiz? 4. Xulq-atvor iqtisodiyotining asosiy maqsadi nimadan iborat? 5. Pareto samarasi nima? 6. WTP – nima? 7. WTA – nima? 8. Hadya qilish samarasi nima? 9. Mahbuslar dilemma o’yini deganda nimani tushunasiz? 10. Nash muvozanati deganda nimani tushunasiz? 23 II BOB. NEYROIQTISODIYOT 2.1. Mukofotga asoslangan qaror qabul qilish Insonlar har kuni “mukofot” bo’yicha ko’p tanlovli savollarga duch keladi va ularni hal qiladi. Masalan, moliyaviy daromad va oziq-ovqat tanlovi. Qaror qabul qilish jarayonida inson miyasi qanday ishlaydi? Ushbu savolga neyroiqtisodiyot fani javob beradi. Neyrologiya sohasida ko’plab tadqiqotchilar hayvonlar va insonlarda mukofot tizimi hamda qaror qabul qilish mexanizmini o’rganganlar. So’nggi paytlarda mexanizmni ochish uchun eksperimental usullarda miyaning matematik modelining taxminini o’rganuvchi hisoblash-nazariy yondashuv ko’proq qo’llaniladi. Bugungi kunda miya uchun hech qanday jarrohlik operatsiyasini talab qilmaydigan funktsional magnit-rezonans tomografiya (functional magnetic resonance imaging – fMRI) kabi o’lchash usullarini ishlab chiqish natijasida murakkab vazifalarni hal qilish bilan shug’ullanadigan inson miyasining funktsiyasiga kirish juda oson bo’lib bormoqda. Bu huddi moliyaviy qarorlar qabul qilish kabidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, an’anaviy iqtisodiyotda biz qaror qabul qilish inson faoliyati iqtisodiyotining ratsionalligi ostida amalga oshiriladi deb taxmin qilamiz. Shunday qilib, an’anaviy iqtisodchilar qaror qabul qilishda biologik mexanizmlarga, ya’ni, ular qaror qabul qilishning nevrologiyasiga e’tibor bermaydilar. Biroq, nevrologlar “gumanistik” iqtisodiy nazariyani yaratishga harakat qilishmoqda, chunki, ular inson faoliyati iqtisodiyotining taxminisiz miya funktsiyalari mexanizmini real iqtisodiy xatti-harakatlarga bevosita ochib beradi, deb hisoblashadi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu sohadagi tadqiqotchilar birinchi bobda keltirilgan xulq-atvor iqtisodiyotining maqsadini o’rganishdi. 24 Shu sababli, iqtisodiyot va nevrologiya fanlararo o’rganish 1990 yillarning oxiri va 2000 yillarning boshlarida boshlandi hamda yangi akademik soha neyroiqtisodiyot yaratildi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling