O’zbekiston rеspublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti
XIII BOB. XULQ-ATVOR IQTISODIYOTI VA INSON HUQUQI
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Xulq-atvor (o\'quv qo\'llanma) - янги
XIII BOB. XULQ-ATVOR IQTISODIYOTI VA INSON HUQUQI 169 13.1. Moliyaviy savodxonlik va axborotni tarqatishdagi cheklovlar……......... 169 13.2. Huquqiy javobgarlik va jinoyat huquqida ta’sirchan prognozlash……… 174 13.3. Xulq-atvor iqtisodyotiga nisbatan tanqidlar ……………………………. 180 13.4. Xulq-atvor iqtisodiyotida foydalaniladigan metodologiyalar ….………. 185 Qisqa xulosalar………………………………………………………………... 201 Nazorat va muhokoma uchun savollar………………………………………... 201 Xulosa…………………………………………………………………………. 202 Tayanch iboralar………………………………………………………………. 205 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………… 208 6 KIRISH Xulq-atvor iqtisodiyoti insonlarning iqtisodiy xatti-harakatlari va uning oqibatlarini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. So’nggi yillarda xulq-atvor iqtisodiyotining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri kuchayishi empirik va eksperimental tadqiqotlarning paydo hamda ularning jadallashuviga olib kelmoqda. Ushbu yangi paradigma olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning tabiati va ko’lamini o’zgartirmoqda, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu o’zgarishlar tufayli iqtisodiyot, psixologiya va nerologiyaning integratsiyasi xulq-atvor iqtisodiyoti iqtisodiy fanlarda hayajonli yangi zamin yaratadi. Xulq-atvor iqtisodiyotiga bo’lgan qiziqish ortib borayotganiga qaramay, hozirgi kunga qadar hech bir kitob ushbu soha san’atining holatini aks ettiruvchi umumiy kirishni taqdim etmaydi. Albatta, insonning iqtisodiy xatti-harakatlari va uning oqibatlarini izohlash uchun an’anaviy iqtisodiyotda ko’plab modellar mavjud. Ushbu iqtisodiy modelni har qanday iqtisod darsligida topishingiz mumkin va ular bizning iqtisodiy jarayonlarni qanday ishlashi haqida tasavvurimizni boyitishga yordam beradi. Masalan, talab va taklif, samaradorlik va ijtimoiy farovonlikni oshirish mexanizmlari kabilar. Ushbu iqtisodiy modellarning muammosi shundaki, ular kuchli taxminlarga asoslanadi. Xulq-atvor iqtisodiyotida esa mazkur iqtisodiy modellarni insonlar faoliyatida sinab ko’rish, ya’ni ular qachon ishlashi va qachon ishlamasligini bilishdir. Shuningdek, xulq-atvor iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlar shundaki, bunda neyroiqtisodiyot, inson madaniyati va o’ziga xosliklari hamda inson farovonligi iqtisodiyotiga oid to’liq ma’lumotlar keltirilgan. Albatta, bular xulq-atvor iqtisodiyotidan farq qiladi, ammo, ular bilan chambarchas bog’liq. Texnologik taraqqiyot tufayli tez rivojlanayotgan neyroiqtisodiyot bizning ongimiz faoliyati iqtisodiy qarorlar qabul qilishimizga qanday ta’sir qilishini ifodalaydi. Umuman olganda, xulq-atvor iqtisodiyoti – shaxslar va institutlar qarorlariga psixologik, kognitiv, hissiy, madaniy va ijtimoiy omillarning ta’sirini hamda bu qarorlarning klassik iqtisodiy nazariya nazarda tutgan qarorlardan qanday farq qilishini o’rganadigan fandir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling