I BOB. XULQ-ATVOR IQTISODIYOTI
1.1. Xulq-atvor iqtisodiyoti mohiyati
Iqtisodiyot nima?
Odatda iqtisodiyot qanday qilib pul topish yoki undan tejamkorlik bilan
foydalanishni o’rganadi. Xulq-atvor iqtisodiyoti esa shu iqtisodiyotning bir
qismi bo’lib, u iqtisodiy bilimlar orasida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois,
xulq-atvor iqtisodiyotini o’rganishga alohida e’tibor qaratish lozim. Xulq-atvor
iqtisodiyotiga ta’rif berishdan oldin, iqtisodiyotning ta’rifi keltirib o’tish
maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiyot – bu cheklangan resurslar sharoitida ularni optimal taqsimlash
yoki foydalanishni o’rganadi. Bu yerda cheklangan resurslar sifatida yer, neft,
oʻsimlik va hayvonlar, atrof-muhit, insonning vaqti va mehnati hamda
boshqalar resurslar nazarda tutilmoqda. Taqsimlash tovarlar va xizmatlarni
ishlab chiqarish usulini, shuningdek, tovarlar kimga taqsimlanganligini va har
bir kishi qancha iste’mol qilishini ifodalaydi.
Iqtisodiyotning asosiy mavzusi insonlarning shaxsiy xatti-harakatlari va
ularning o’zaro ta’sirini ifodalashdan iborat. Bu omillarni taqsimlash jarayoni
uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Agar biz ushbu jarayonni to’g’ri anglasak, u
holda davlatning iqtisodiy siyosatining resurslar yakuniy taqsimlanishiga
ta’sirini ham baholay olamiz.
Chunki, iqtisodiyotning maqsadlaridan biri ham iqtisodiy siyosatning
samarasini o’rganish, ularni baholash va qaysi siyosatlar maqsadga
muvofiqligini ifodalashdan iboratdir. Albatta, amaliyotda eng yaxshi siyosatni
aniqlash murakkab va uzoq muddatli jarayon bo’lsada, har bir insonning
iqtisodiy siyosatni ma’lum darajada baholay olishi demokratik davlatdagi
fuqaroviy majburiy ekanligi bizga ma’lum.
8
1.2. Xulq-atvor iqtisodiyoti va inson faoliyati iqtisodiyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |