O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta'lim vazirligi urganch davlat pedagogika instituti


Download 131.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana04.04.2023
Hajmi131.82 Kb.
#1328263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy mashqlar texnikasi

Harakat sur'ati. Sur'at deganda harakat siklini takrorlanishi yoki vaqt 
birligida harakat miqdori tushuniladi. Sur'at tezlik bilan bog`liq. Sur'at gavda 
massasi va harakatlanayotgan qism inergiyasiga bog`liq. Amaliyotda jismoniy 


yuklamani kuchaytirish maqsadda harakatning turli sur'atlaridan foydalaniladi. 
Harakat chastotasi berilmagan bo'lib mashq natijalari bunga bog`liq bo'lmasa 
shug`ullanuvchilar harakatlarni individual sur'at bilan bajaradilar. Individual sur'at 
esa shug`ullanuvchilar organizmining antropometrik ko'rsatkichlari va shaxsiy 
xususiyatlarga bog`liq bo'ladi. 
Ritmik harakteristika. Harakat ritmi uchun harakatning kuch bilan 
bajariluvchi qismlarning vaqt jixatidan hilma-xil munosabatda bo'lishi harakterli. 
Bu momentlarning barchasi hoxlagan harakat aktida bo'ladi. Ritm harakatning zo'r 
berishni makonda va zamonda to'g`ri va muvofiq taqsimlanishi deb tushunish 
mumkin. Jismoniy mashqlarni bajarishda muskulni zo'r berish va bo'shashtirishni 
to'g`ri o'z vaqtida almashtirib turish sport tayyorgarligining muhim jarayoni 
hisoblanadi. Bunda harakatning kuchli qismida ko'p zo'r beriladi. Shu tufayli 
keyingi harakatlar passiv bajariladi. Shuning uchun harakatning kuchli davrida 
qancha jadal bo'lsa uning samarasi ko'p bo'ladi. Shuningdek, harakat passiv 
fazalari shuncha samarasiz o'tadi. 
Dinamik harakteristika. Gavda harakatiga ta'sir qiluvchi kuchlarni ichki va 
tashqi kuchlarga bo'linadi. Ichki kuchlar-tayanch harakat apparatning passiv 
kuchlari-muskul elastikligi va cho'ziluvchanligi; harakat apparatning aktiv 
kuchlari-muskul tortishish kuchi; reaktiv kuchlar- gavda qismlarning bir-biriga 
munosabatidagi kuchlar. 
Tashqi kuchlar kishi gavdasiga tashqaridan ta'sir etuvchi kuchlardir. Bularga 
o'z gavda og`irlik kuchi; tayanch reaktsiyalarning kuchi; tashqi muhit va jismlar 
kuchi. 
Harakat kuchi gavdaning tashqi obektga ta'sir etishi tushuniladi. 
Sakrashdagi depsinishlar, kurashdagi raqibga ta'sirlar, sport turlari jism va 
jixo`zlarga ta'sirlar. Shuningdek harakatlarning harakteristikalariga muvofiq bir 
necha sifatlariga taqsimlash mumkin. 

Download 131.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling