O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta'lim vazirligi urganch davlat pedagogika instituti
Download 131.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy mashqlar texnikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ritmik harakteristika.
- Dinamik harakteristika.
- Tashqi kuchlar
Harakat sur'ati. Sur'at deganda harakat siklini takrorlanishi yoki vaqt
birligida harakat miqdori tushuniladi. Sur'at tezlik bilan bog`liq. Sur'at gavda massasi va harakatlanayotgan qism inergiyasiga bog`liq. Amaliyotda jismoniy yuklamani kuchaytirish maqsadda harakatning turli sur'atlaridan foydalaniladi. Harakat chastotasi berilmagan bo'lib mashq natijalari bunga bog`liq bo'lmasa shug`ullanuvchilar harakatlarni individual sur'at bilan bajaradilar. Individual sur'at esa shug`ullanuvchilar organizmining antropometrik ko'rsatkichlari va shaxsiy xususiyatlarga bog`liq bo'ladi. Ritmik harakteristika. Harakat ritmi uchun harakatning kuch bilan bajariluvchi qismlarning vaqt jixatidan hilma-xil munosabatda bo'lishi harakterli. Bu momentlarning barchasi hoxlagan harakat aktida bo'ladi. Ritm harakatning zo'r berishni makonda va zamonda to'g`ri va muvofiq taqsimlanishi deb tushunish mumkin. Jismoniy mashqlarni bajarishda muskulni zo'r berish va bo'shashtirishni to'g`ri o'z vaqtida almashtirib turish sport tayyorgarligining muhim jarayoni hisoblanadi. Bunda harakatning kuchli qismida ko'p zo'r beriladi. Shu tufayli keyingi harakatlar passiv bajariladi. Shuning uchun harakatning kuchli davrida qancha jadal bo'lsa uning samarasi ko'p bo'ladi. Shuningdek, harakat passiv fazalari shuncha samarasiz o'tadi. Dinamik harakteristika. Gavda harakatiga ta'sir qiluvchi kuchlarni ichki va tashqi kuchlarga bo'linadi. Ichki kuchlar-tayanch harakat apparatning passiv kuchlari-muskul elastikligi va cho'ziluvchanligi; harakat apparatning aktiv kuchlari-muskul tortishish kuchi; reaktiv kuchlar- gavda qismlarning bir-biriga munosabatidagi kuchlar. Tashqi kuchlar kishi gavdasiga tashqaridan ta'sir etuvchi kuchlardir. Bularga o'z gavda og`irlik kuchi; tayanch reaktsiyalarning kuchi; tashqi muhit va jismlar kuchi. Harakat kuchi gavdaning tashqi obektga ta'sir etishi tushuniladi. Sakrashdagi depsinishlar, kurashdagi raqibga ta'sirlar, sport turlari jism va jixo`zlarga ta'sirlar. Shuningdek harakatlarning harakteristikalariga muvofiq bir necha sifatlariga taqsimlash mumkin. Download 131.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling