O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta'lim vazirligi urganch davlat pedagogika instituti


Download 131.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana04.04.2023
Hajmi131.82 Kb.
#1328263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy mashqlar texnikasi

Harakat traektoriyasi deb gavdaning harakatlanayotgan qismini yoki butun 
gavdaning harakatlanishdagi fazoda qoldiradigan izi tushuniladi. Traektoriyaning 
o'zida uch narsani: traektoriyaning shakli, yo'nalishi va harakat amplitudasini 
ko'rsatib o'tish mumkin. 
Traektoriyaning shakliga ko'ra harakatlarni to'g`ri chiziqli va egri chiziqli 
harakatlarga bo'lish mumkin. Kuzatishlar odam xech mahal to'g`ri chiziqli 
harakatlar qilmasligini ko'rsatadi. Bu narsa eng oddiy-xatto ayrim bo'g`inlardagi 
sun'iy ravishda ajratib ko'rsatilgan harakatlar ham aylanma harakatlar bo'lishi bilan 
tushuntiriladi. Qisqa masofada gavdaning biror qismini katta tezlik bilan harakat 
qildirish kerak bo'lgan holda to'g`ri chiziqli harakatlarning ahamiyati ko'p. 
Harakatning 
yo'nalishi. 
Jismoniy 
mashqlarning 
shug`ullanuvchilar 
organizmiga ta'sirining samaraliligi hamda mashqlar texnikasini muvaffaqiyatli 
bajarish harakatlanayotgan gavdaga, uning qismlariga yoki harakatlanadigan 
buyumga qanchalik to'g`ri yo'nalish berilganiga bog`liq. Yuqoriga- pastga, 
oldinga-orqaga, o'ngga-chapga bo'lgan yo'nalishlarni odam gavdasining asosiy 
yo'nalishi deb atash qabul qilingan. Aylanma harakatlarning yo'nalishini gavda 
yuzasidan qarab quyidagi terminlarni qo'llab aniqlanadi: oldinga va orqaga-
sagittal: chapga va o'ngga gorizontal harakatlar uchun. Asosiy yo'nalishlarga 
qo'shimcha qilib turli xil oraliqdagi yo'nalishlarni ajratib ko'rsatish mumkin. 
Harakat amplitudasi-bu harakatning kengligidir. Amplitudaning katta-
kichikligi burchak graduslari bilan aniqlanadi. Gavdaning bir necha zvenolari 
harakatining umumiy amplitudasini bazan chiziqli o'lchov bilan yoki shartli 
belgilar bilan aniqlaydilar. Odam gavdasi ayrim zvenolarning harakatlari 
amplitudasi bo'g`inlarning tuzilishiga, bog`lovchi apparat hamda muskullarning 
egiluvchanligiga bog`liq. Sportda bo'g`inlar harakatchanligidan muskullarni 
oldindan cho'zib yo`zish yoki qisqargan muskullarni cho'zish maqsadida 
foydalaniladi. Katta amplitudadagi harakatlarni keng harakatlar deb ataladi. Agar 
harakatlar yo'li qisqa bo'lsa mayda harakatlar hamda harakatlar yo'nalishi yoki 
amplitudasi harakatlariga mos kelmasa bu harakatlar noaniq harakatlar deb ataladi. 



Download 131.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling