O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti Pedagogika fakulteti


Download 245.41 Kb.
bet15/16
Sana17.06.2023
Hajmi245.41 Kb.
#1542647
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mahliyo kurs ishi metodika

VI Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savоllar:
1. Yengil kiyimlarning turlаrini аyting.
2. Bеlli kiyimlаrgа nimаlаr kirаdi?
3. Yubkаlаr tuzilishi bo‘yichа nеchа хil bo‘lаdi va ular nimа bilаn fаrqlаnаdi?
4. Hаr хil bichimdagi yubkаlаrdа bo‘ylаmа ip qаndаy yo‘nаlgan bo‘lаdi?
5. Yubkаning chizmаsini chizish uchun gаvdаdаn qаndаy o‘lchоvlаr оlinаdi?
6. Yubkаning kеngligini qаysi o‘lchоv belgilaydi?
7. Yubkadagi vitоchkаsi nimа uchun sоlinаdi?
8. Yubkа qismlаrining nоmlаrini аyting.

  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Tikuvchilik o‘quv xonasini tartibga keltirish.


  1. Хulоsa

Mening kurs ishim “Beldan kiyiladigan kiyim turlari. Yubka turlari.O‘lchov olish. Yubka chizmasini chizish mavzusini o`rgatish metodikasi” mavzusi yuzasidan qiz bolalar yubkasi turlari bo’yicha ma’lumotlarni o’randim. Bunda avvalo beldan kiyiladigan kiyimlar ya’ni yubkalar, har tomonlama qulay, keng, turli xil osilib turgan bezaklar bo’lmasligi, etak qismi haddan tashqari uzun bo’lmasligi kerakligi, noqulaylik tug’dirmasligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ldim. Beldan kiyiladigan kiyimlar gigiyenik jihatdan havo o’tkazuvchan, issiq, yuvish jarayonida ko’p kirishmasligi, rangi chiqib ketmasligi, sifatli gazlama tanlay olish kerakligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqdim. Bundan tashqari andozalar tayyorlashda va modellashtirishda, andozani bichish va tikilish jarayonida mashinalarda qanday ishlash kerakligi haqida texnika xavfsizlik qoidalari va sanitariya gigiyenik talablarga to’liq rioya qilishlik to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Konstruksiyalash va modellashtirish jarayonida bir necha turdagi qiz bolalar yubkasini modellashtirib shu asosda texnologik xaritasini ishlab chiqdim. Bunda asosiysi o’lchamlarda adashmaslik kerak. Har bir o’lcham uchun qo‘shiladigan qo‘shimchalar miqdorini inobatga olib borilishi zarur. Shunda yubkamiz tanlangan razmerimizga to’g’ri keladi. Andozani materialga joylashtirishda to’g’ri taqsimlab olishimiz kerak. Bu materialni ortiqcha isrof qilmasligimiz uchun hisoblanadi. Asosan kurs ishim mavzusi bo’yicha dars o’tish metodikasini o’rgandim. Dars davomida o’quvchilarga mavzu yuzasidan kelib chiqqan holda bir nechta metodlar ishlab chiqdim. Bu metodlar “Boom boom chik”, “1daqiqa” “Pazl” metodlari hisoblanadi. Bu metodlar o’quvchilarga motivatsiya beruvchi, dars jarayonini mustahkamlovchi, diqqatni jamlovchi, erkin fikrlashga, darsda faol bo’lish kabi ko’nikmalarga chorlaydi. Men bu kurs ishi mavzuyimdan olgan asosiy yutug’im belli kiyimlar haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim, texnologik xarita asosida dars o’tish medodikasini o’rgandim, o’quvchilarni darsga qiziqtirish ko’nikma va malakalariga ega bo’ldim. .


  1. Download 245.41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling