O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Nazorat savollari: 
1. Yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy shikoyatlari 


94 
2. Pulsini aniqlash texnikasi. 
3. Arterial bosim aniqlash texnikasi 
4. Suv balansini kuzatish 
5. Arterial gipertenziya haqida tushunchava arterial gipertenziyada birinchiy 
ordam 
6. Otkir tomir yetishmovchiligi haqida tushuncha (obmoroq, kollaps, shok) va 
otkir tomir yetishmovchiligida birinchi yordam 
7. Otkir va surunkali yurak yetishmovchiligi haqida tushuncha va otkir va 
surunkali yurak yetishmovchiligida bemorlarni parvarish qilish. 
8. Otkir koronar yetishmovchiligi haqida tushuncha va otkir koronar 
yetishmovchiligida bemorlarni parvarish qilish (stenokardiya, infarkt, miokard) 
9. Bogilishda, yurak astmasida birinchi yordam. 
10. Yurak to‘xtashida birinchi yordam 
1.22. Xаzm а'zolаri kаsаlliklаri bilаn og'rigаn bеmorlаrni kuzаtish vа 
pаrvаrish qilish 
Xаzm tizimi а'zolаri kаsаlliklаri bilаn og'rigаn bеmorlаrni kuzаtish vа 
pаrvаrishlаsh ikki yo'nаlishdа o'tkаzilishi kеrаk. 
Umumiy chorа - turli orgаn vа sistеmаlаr kаsаlliklаri bo'lgаn kuzаtuv vа 
pаrvаrishgа muxtoj bеmorlаr bo'yichа: bеmorning umumiy holаtini kuzаtish
tеrmomеtriyа, pul'si vа AQB ni kuzаtish, hаrorаt vаrаqаsini to'ldirish, 
bеmorning shаxsiy gigiеnаsini tа'minlаsh, zаrurаt bo'lgаndа tuvak tutish vа 
boshqаlаr. 
Mаxsus chorа - bеmorni kаsаllik simptomlаri bilаn kuzаtish vа 
pаrvаrishlаshgа qаrаtilgаn chorаlаr bo'lib, masalan xаzm а'zolаri kаsаlliklаridа: 
qorin sohаsidа og'riq, ko'ngil аynishi, qаyt qilish, kеkirish vа boshqаlаrdа 
nаmoyon bo'lаdi. 
Xаzm а'zolаrigа xulosа qilib ovqаtni mаydаlаsh (og'iz bo'shlig'idа), uning 
xаzm yo'llаridаn hаrаkаtlаnishi, xаzmlаnishi, xаzmlаngаn luqmаning so'rilishi 
vа xаzmlаnmаgаn qoldiqning orgаnizmdаn chiqаrilishi sodir bo'lаdi. 


95 
Hazm qlish tizimi funktsiyalari 
Harakat (motor) funktsiyasi: ovqatni qizilungach, me‘da, ingichka ichak 
va yo‘g‘on ichak buylab harakatlanishini ta‘minlaydi va qoldiq moddalarni 
organizmdan chiqarib yuborishdan iboratdir. Ovqat hazm bo‘lishi me‘dada 2-4 
soat, ba‘zan ovqat harakteridan kelib chiqqan holda undan ham ko‘proq vaqt 
talab etilishi mumkin. Me‘da mushaklari qisqarib ovqatni me‘da shirasi bilan 
aralashtiradi. Duodenal sfinkter vaqti-vaqti bilan bo‘shashi boziq modda kam-
kam miqdorda o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tadi va hazm jarayoni bilan bir 
vaqtda ichaklar bo‘ylab harakat davom etadi.Harakatlanish jarayoniing 
ichkaichakda 3-4 soat, yo‘g‘onichakda 17-24 soatdan iboratdir. 
Sekretor funktsiyasi: bez hujayralarining hazm shirasini ishlab 
chiqarishdan iboratdir. Bularga so‘lak, me‘da shirasi, me‘da osti bezishirasi, 
ichak shirasi, o‘t suyuqligi kiradi.  
Me‘da shirasini asosiy tarkibiy qismi bo‘lib xlorid kislota va pepsin 
hisoblanadi. 
O‘n ikki barmoqli ichak kame‘da osti bezishirasi (1,5 l /sutkasiga) 
quyiladi, tarkibida tripsin, lipaza va boshqa fermantlar bor.  
Jigardan o‘n ikki barmoql iichakka o‘t suyuqligi ham (1 l/sutkasiga) 
yog‘larni hazm qilish maqsadida quyiladi. 
Ichak shirasi sutkasiga 2.5 l gacha ishlab chiqariladi.  
So‘rilish funktsiyasi: ichak va me‘da shilliq qavati orqali amalga 
oshiriladi. 
Ekskretor funktsiyasi: modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan 
mahsulotlar-o‘t pigmentlari, mochevina, ammiak, og‘ir metal tuzlari, dori 
vositalarini ekskretsiyasi kurinishida namoyon bo‘ladi. 
Yo‟g‟on ichak mikroflorasi. 
Yo‘g‘on ichakda doimiy ravishda 300 dan 500 gacha turdagi bakteriyalar 
mavjud bo‘ladi. Umumiy mikloflorani 90% asosan bifidobakteriyalar, qolgan 
10% ni ichak tayoqchasi, laktobakteriyalar, enterobakteriyalar, streptokokklar 


96 
tashkil etadi. Bifidobakteriyalar tomonidan sut kislota, sirka kislotasi, chumoli 
va yantar (qahrabo) kislotalari, aminokislotalar, vitamin B1, B2, B12, B6, K; 
shuningdek nikotin kislotasi, pantoten va foli kislotasi ishlab chiqariladi va 
ichaklarda so‘riladi. Bundan tashqari bakteriyalar gaz hosil qilishda ham 
qatnashadi (100-dan 500 ml gacha 1 sutkada). 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling