O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Najas tipi  Najas shakli


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Najas tipi 
Najas shakli 

Alohida qattiq qumaloq shaklda (qiyinchilik bilan 
ajraladi) 

Qumaloqlardan iborat kolbasasimon 

Kolbasasimon qattiq yuzali 

Kolbasasimon yoki ilonsimon shaklda, silliq, yumshoq 
yuzali 

Chegarasi aniq yumshoq sharchalar (yengil ajraladi) 

Yumshoq qumaloqlar noaniq chegarali (bo‘tqasimon) 

Suvli najas qattiq qumaloqlarsiz (faqat suyuq axlat) 
 
Axlat rangi unda o‘t pigmentlariga bog‘liq. Agar o‘t kislotalari ichakka 
tushmagan bulsa axlat kul rangda bo‘ladi. Shuningdek axlat rangi iste‘mol 
qilingan ovqat va dori vositalariga ham bog‘liq. 
Axlat rangi 
Axlat rangi 
Sabablari 
To‘q-jigar rang 
Aralash ovqatlda (normal axlat) 
qoramtir-jigar rang 
Go‘shtli ovqat 
och-jigar rang 
O‘simliklardan iborat taom 


98 
jigar rang-qizil 
O‘zgarmagan qon, fenolftalein, qizil 
lavlagi, kakao 
Qora 
O‘zgargan qon ( hazm qilish tizimi 
yuqori qismidan qon ketishi), vismut 
preparatlari, faollashtirilgan ko‘mir, 
ko‘p miqdorda jigar, qoraqat, qizil vino 
iste‘mol qilganda 
Yashil-qora 
Temir preparatlari
Yashil 
Kuchaygan peristaltikada bilirubin va 
biliverdin, sabzavotli parhezda 
Tilla rang-sariq 
O‘zgarmagan 
bilirubin 
(ko‘krak 
yoshdagi bolalarda) 
Olov rang-och-sariq 
Sutli va sut mahsulotli parhezda 
Oq yoki kul rang-oq 
Gepatit va o‘t yo‘llari obstruksiyasida 
(bekilib qolishi) 
 
 
Xаzm а'zolаri kаsаlliklаri bilаn og'rigаn bеmorlаrdа turli tumаn 
shikoyаtlаr kuzаtilаdi. Ayniqsа qorin sohаsidа og'riq, ko'ngil аynаshi, qаytqilish, 
o'qchish, jig'ildon qаynаshi, ishtаxаning buzilishi, qаbziyаt, diаrеyа, mеtеorizm 
vа boshqа simptomlаr tеz tеz kuzаtilаdi. 
1. Qorin bo`shlig`i organlarining hayotga xavf solmaydigan kasalliklari. 
Bunda «yengil» - bemor chiday olagigan og`riq bo`lib u bemorning umumiy 
holatining buzilishiga olib kelmaydi; yuqori gaz hosil qilish (meteorizm),ko`ngil 
aynishi kuzatilishi mumkin. Odatda, bemor bu buzilishlarning sabablarini ayta 
oladi (ko`p ovqatlanish, alkogolni ko`p iste`mol qilish, parhezning buzilishi). 
Bunda yuqori harorat va suyuq ich ketishi kuzatilmaydi.
Bundan tashqari qorindagi o`tkir bo`lmagan og`riqda uni e`tibor bilan 
kuzatish kerak. Ko`p holatlarda xavfli kasalliklar kichik og`riqli holatlardan 
boshlanadi, ayniqsa bolalarda, qari kishilarda. 


99 
2. Hayot uchun xavfli bo`lgan qorin bo`shlig`i organlari kasalliklari. 
Qorinda birdan paydo bo`ladigan kuchli og`riq, ko`ngil aynishi, qusish, ich 
ketmasligi, qorin shishishi, qorin devorining tirishishi bilan birgalikda sodir 
bo`ladi. Bu holat ―o`tkir qorin‖ termini bilan ataladi. 
Qorindagi og`riqlarda og`riq qoldiruvchi, susaytiruvchi moddalar, 
klizmalar va grelkalarni shifokorlar sababini aniqlamasligiga qadar qo`llab 
bo`lmaydi, chunki bu diagnostikani qiyinlashtiradi, hattoki kasal holatining 
yomonlashuviga ham olib kelishi mumkin.
Agarda bemorda qorinda og`riq bo`ladigan bo`lsa zudlik bilan shifokorni 
chaqirish kerak, bemorni yotqizish va unga suv va ovqat bermaslik kerak. 
Ko`ngil aynishi (lot. nausea) – ko`krak osti, ko`krak, halqum va og`iz 
bo`shlig`ida noqulaylik bo`lib, ko`pincha qusish bilan davom etadi. Ko`ngil 
aynishi so`lak oqishi, teri qoplamlari oqarishi, yuqori teri ajralishi, bosh 
aylanishi, qon bosimi pasayishi bilan birga kechishi mumkin. Bu simptomning 
rivojlanishida qusish markazining qo`zg`alishi yotadi. Agar ko`ngil aynishi 
soatlab davom etadigan bo`lsa, hamshira bemorga holatni vaqtincha 
yengillashitirishni o`rgatishi kerak-kichik porsiyalar orqali gazlanmagan mineral 
suvni ichish.  

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling