O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


 Tuproqning sifat bahosi kartogrammasini tuzich


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

9.3 Tuproqning sifat bahosi kartogrammasini tuzich. 
Yerni har tomonlama yaxshilash, uning hosildorligi va iqtisodiy 
samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligining kelgusidagi rivojlanishining muhim 
masalalaridan biri,erdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lib o‘z navbatida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ilmiy asosda yuritishni 
taqoza qiladi. Agroishlab chiqarishning harqanday vositalaridan to‘g‘ri va samarali 
foydalanish ko‘p jihatdan uning muhim xossalarini har tomonlama ilmiy 
o‘rganilib amaliyotga tadbiq etilganligiga bog‘liq. Bu avvalo,erga tegishli bo‘lib, 
undan oqilona foydalanish, tuproqning xossa va xususiyatlarini chuqur 
o‘rganish,unumdorligini saqlash,oshirish va muhfaza qilishning ilmiy asoslangan 


135 
chora tadbirlarni ishlab chiqishni taqoza qiladi. Respublikamizning umumiy er 
maydoni........ming gektar bo‘lib shundan 4300000gektari ya’ni ....foizi sug‘orilib 
dehqonchilik qilinadigan erlar bo‘lib yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 95 
foizga yaqini etishtiriladi. 
Sug‘oriladigan erlardan , ularning holatini e’tiborga olmasdan, ilmiy 
asoslanmagan holda rejali foydalanmaslik oqibatida ular sifatining pasayishiga, 
hatto qishloq xo‘jaligi aylanma harakatidan chiqib qolishiga sabab bo‘lmoqda. 
Sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligining pasayishiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy 
omillarga: tuproq meliorativ holatining yomanlashuvi, sho‘rlanishi, sug‘orish 
suvlarining tashlab qo‘yilishi yoki noto‘g‘ri foydalanish oqibatida sizot suvi 
sathining ko‘tarilishi tufayli tuproqlarda ikkilamchi sho‘rlanishning vujudga 
kelishi, ayrim joylarda gidromorfizimning kuchayishi natijasida o‘tloqi,botqoq 
vabotqoqli tuprolarning vujudga kelishi va maydonlarining kengayishiga, berch 
qatlamlarning hosil bo‘lishiga, tuproq mexanik tarkibining og‘irashuviga, gumus 
va boshqa oziq elementlarining kamayishiga olib kelib tuproq unumdorligining 
pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday salbiy omillar majmuasining tuproq sifat 
bahosiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini aniqlash tuproq bonitirovkasi fanin 
zimmasidadir. 
Tuproq bonitirovkasi fanining asosiy vazifasi - tuproq bonitirovkasining asosiy 
negizli shkalasini, hamda tuproq unumdorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omilla bo‘yicha 
tuzatish koeffitsientlarni ishlab chiqish, ulardan foydalanish, tuproq ayirmalari va 
umumiy er maydonlarining ball bonitetini hisoblash, ball bonitet asosida qiloq 
xo‘jalik ekinlarini joylashtirish vahosilni rejalashtirish ishlarini olib boradi. 
Tuproq bonitirovkasi fanining maqsadi-tuproqning bir tipi, tipchasi, tur xillari 
va ayirmrlarining bir biridan unumdorligi bo‘yicha farqlanishini aniqlash. 
Tuproq bonitirovkasi fanining ob’ekti- tuproq tipi,tipchasi, tur xillari , 
ayirmalari va tuproq sifat bahosi kartogrmmasi hisoblanadi. 
Tuproqsifat bahosi kartogrammasi sug‘oriladigan va lalmikor erlarning 
unumdorligini baholash, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarning qiymat 
bahosini chiqarish, mulkiy paylarning miqdorini aniqlash, er tuzishni amalga 


136 
oshirish, davlat va nodavlat muassasalariga er ajratish, erlardan oqilona va samarali 
foydalanishni rag‘batlantirishni amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Tuproq sifat bahosi kartogrammasini tuzishda, yirik masshtabli tuporq 
xaritasini tuzish uchun yig‘ilgan ma’lumotlar: joyning tabiiy iqlim sharoiti, 
tuproqning asosiy xossalari, tuproqlarning genetik kelib chiqishi, mexanik tarkibi, 
zichligi, gumus tarkibi va gumusli qatlam qalinligi, sho‘rlanish tipi, sho‘rlanish 
darajasi, eroziyalanganlik darajasi,toshliligi, gipslashganligi va gips miqdori,berch 
qatlamning joylashish chuqurligi, oziq elementlar miqdori va boshqalardan 
foydalanilad. 
Tuproq bonitirovkasi ishlarini tashkil qilishda, dala va kameral ishlarni 
o‘tkazish, nazorat qilish, sifat bahosi kartogrammasini tuzish, ularning 
ishonchliligini taminlash, materiallarni taqdim qilish, kelishish va tasdiqlash
ishlari O‘zbekiston respublikasidagi amalda mavjud me’yoriy hujjatlar doirasida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Tuproq 
sifat 
bahosi 
kartogrammasini 
tuzishda, 
boshqa 
barcha 
katogrammalarni tuzish uchun zarur bo‘lgan tayyorgarlik, dala va kameral ishlar 
bajariladi. 
Dala ishlarini o‘tkazish vaqtida asosiy va nazorat kesmalar qo‘yiladi, 
genetik qatlamlarga ajiratilib orfologik tasnifi beriladi, zichligi aniqlanib tuproq 
namunalari olinadi. Nazorat kesmalar va xandakchalar qo‘yish yo‘li bilan tuproq 
ayirmalarining chegaralari aniqlanib kartogrammaning xomaki nusxasi tuziladi. 
Olingan tuproq namunalaridan, kartogramma tuzish uchun zarur bo‘ladigan 
barcha, laboratoriya tahlil ishlari bajariladi, statistik ishlovdan o‘tkazilib 
ishonchliligi ta’minlangandan keyin kartogramma tuzishga kirishiladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling