Fonografemalarning monograf, poligraf, monofonemali, bifonemali va polifonemali xarakterda bo‘lishi ularning ma’lum grafemalar guruhiga mansubligidan kelib chiqsa, yozma nutq oqimida (sintagmatik planda) ularning strukturaviy-funksional jihatlari o‘zgarib turishi ham mumkin. Masalan, ong, ming so‘zlarida n va g harflari birikib, bitta tovushni (sayoz til orqa "g"ni), menga, senga so‘z shakllarida esa shu ikki harf alohida-alohida tovushlarni ("n" va "g" fonemalarini) ifodalamoqda.Shunga ko‘ra, ong, ming so‘zlaridagi ng digrafi sintagmatik planda analitik grafema (yozma nutq oqimida ikki harf bir tovushni ifodalagani uchun), menga, senga so'z shakllaridagi n va g harflari esa oddiy grafemalar (yozma nutq oqimida ikkita boshqa-boshqa tovushni ifodalagani uchun) hisoblanadi: bunda ong, ming so‘zlaridagi n va g hatflari ng grafemasining uzvlari (elementlari) sanaladi, menga, senga so‘zlari tarkibida esa bu ikki harfning har biri alohida (mustaqil) grafemalar sifatida qo‘llangan; rus-o‘zbek yozuvidagi e monografida esa boshqacharoq holat (grafik qoida) kuzatiladi: u so‘z yoki bo‘g‘in boshida bir yo‘la ikki fonemani - "й+э"ш ifodalaydi, demak, sintetik xarakterdagi grafema sanaladi (mas., елкан so‘zida), boshi yopiq yoki to‘la yopiq bo‘g‘in tarkibida esa rus-o‘zbek alifbosidagi e monografi bitta "э" unlisining o‘zini ifodalaydi, demak, oddiy grafema xarakterida (bir tovushga bir harf munosabatida) bo‘ladi (mas., мен so‘zida). Bu hol turli fonetik-grafik pozitsiyada qo‘llangan e va э grafemalari o‘rtasida sinonimik munosabatni ham shakllantiradi. Qiyos qiling: экин (э = "э")-текин (е="э"). Bu ikki so‘zda ifoda plani (shakli) har xil bo‘lgan э va e grafemalari bitta "э" unlisini ifodalagan. Bunday holni параД va наряд (a va я ="a"), суД va салют (у va ю="у"), флот va слёт (o va ё= "о") so‘zlari tarkibidagi grafemalar sinonimiyasida ham ko‘ramiz. Bular rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi fonografemalarining strukturaviy va funksional, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ancha murakkabligidan dalolat beradi.
Prosodemografemalar
Grafemalarning bu tipi tovush tilining ohang, melodika, pauza, urg‘u kabi ritmik-intonatsion yoki aksentologik vositalarini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Xususan, urg„u belgisi so‘zning urg‘uli bo‘g‘inini yozuvda ko‘rsatish zarur bo‘lgan paytlarda ishlatiladi. U urg‘uli bo‘g‘indagi unli tovushni ifodalagan harf (grafema) ustiga qiya chiziq tarzida qo‘yiladi: atlas ("matoning bir turi"), atlas ("geografik atlas") kabi. Tinish belgilari esa gap va nutqning mazmun mundarijasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan fonetik-fonologik vositalarni (ko ‘tariluvchi ohang, pasayuvchi ohang, to„lqinli ohang, sanash ohangi, pauza kabi supersegment birliklarni) yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadi. Bunday belgilar quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |