O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet117/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Izoh: tinish belgilarining yuqorida sharhlangan xususiyatlari va shu asosda yaratilgan klassifikatsiyalar ularning grafik belgi (prosodemografema) sifatidagi xarakteristikasi hisoblanadi, ammo tinish belgilarining qo‘llanishini me'yorlaydigan qoidalar tizimi esa grafikada maxsus ko‘rilmaydi, chunki "qoidalar" "Grafika"ning emas, "Punktuatsiya"ning predmeti sanaladi.
Yuqorida sanab ko‘rsatilgan tinish belgilarining misra balandligiga nisbatan joylashtirilishi ham bir xil emas: nuqta (.), vergul (,), ko„p nuqta (...) misraning pastki chizig‘i bo‘yicha qo‘yib boriladi; qolgan belgilar, masalan, qavs ( ), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), so„roq belgisi (?), ikki nuqta (:),qo„sh tirnoq («... ») misraning ustki chizig‘idan ostki chizig‘igacha bo‘lgan masofa hajmida yoziladi. Qo„shtirnoqning asosan qo„lyozmada qo„llanadigan turi so‘z yoki gap boshida misraning ostki chizig‘i bo‘ylab, shu so‘z yoki gap oxirida esa misraning ustki chizig‘i bo‘ylab joylashtiriladi ( ....” kabi) .
Logografemalar (logogrammalar)
Grafemalarning bu tipi tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo‘lgan so‘zlarni yozuvda ifodalashga asoslanadi. Bunday belgilar aslida ideografik (semasiografik) yozuv tipiga mansub birliklar sanaladi, ammo ulardan fonografik yozuv tarkibida ham foydalaniladi. Yozuv tizimining murakkab optik-grafik sistema ekanligi ham shundan.
Hozirgi o„zbek yozuvning grafik tizimida logografemalarning quyidagi turlari ishlatiladi:
Raqamlar - son turkumiga mansub so‘zlarning ma'nolarini ifodalovchi logografemalar. Ular o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling