O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet119/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Simvollar - qo‘llanishi muayyan soha bilan cheklangan grafemalar.Bu tipdagi grafemalarning tashqi (shakl) tomoni ham, ichki (ifodalanuvchi) tomoni ham ilm-fanning ma’lum turlari uchungina ixtisoslashtirilgan bo‘ladi: a) matematik simvollar - (ildiz), - (oluv), + (qo‘shuv), x (ko‘paytiruv), : (bo‘luv), X (iks) va boshqalar; b) astronomik simvollar - O(Quyosh), (Oy), 3 (Mars), 4(Yupiter), ё (Saturn) va boshqalar; d) kimyoviy simvollar -O (oltin), (kumush), 3 (temir) va boshqalar; e) botanik simvollar - A (androtsey, changchilar), O (bir yillik o‘simlik), 0 (ikki yillik o‘simlik), ё (buta), G (ginetsey, urug‘chi), ( ) gul bo‘laklari qo‘shilib o‘sgan), L J (daraxt), 0 (kuzgi o‘simlik) va boshqalar.
Signalizatorlar-o‘z referentiga (tovush tilidagi fonemasiga) ega bo‘lmagan, ammo sintagmatik planda o‘zidan oldin qo‘llangan harf bilan birikib, shu harf referentining u yoki bu jihatiga ishora qiladigan belgilar.O‘zbek tilining rus alifbosiga asoslangan yozuvida ikkita signalizator- yumshatish (ь) va ayirish (ъ) belgilari - diakritik harflar bor: ayirish belgisi таъна, меъмор, муътабар kabi arabcha leksik o‘zlashmalarda аъ, еъ, уъ kabi digraflar tarkibiga kiradi va —a”, “(3)e”, “у” unlilarining orqaroq artikulatsiya bilan cho‘ziqroq talaffuz etilishiga ishora qiladi; yumshatish belgisi esa альбом, вольт, ультратовуш, отябрь, сентябрь kabi so‘zlarda ль va рь digraflari tarkibida qo‘llanib, л” va “р” undoshlarining (rus tili fonemalarining) yumshoqligiga ishora qiladi. Ularning signalizatorlar deyilishi ham shundan.
Ba’zan o‘z referentiga ega bo‘lgan monograflar ham digraf tarkibida qo‘shimcha vazifani- signalizatorlik fynksiyasini bajarishi mumkin. Masalan, rus- o‘zbek alifbosidagi и,е,ё,ю,я monograflari тип, телеграф, сюрприз, сентябрь kabi ruscha leksik o‘zlashmalarda ти, те, сю, тя digraflari tarkibiga kiradi va o‘z referentlarini (—и”, “э”, —у”, —a” fonemalarini) ifodalash bilan birga, o‘zidan oldin qo‘llangan т va с hatflari orqali ifodalangan tovushlarning yumshoqligiga ham ishora qiladi, shuning uchun bu tipdagi grafemalar faqat tuzilishiga ko‘ra emas, balki funksional jihatdan ham murakkab belgi sanaladi.
Harflarning bosma turlariga xos shrift ranglari (qora, yarim qora, och rang), shakllar (masalan, kursiv) va usullar(masalan, harflarning razryadka bilan terilishi)
ham grafikada signalizatorlar deb baholanishi mumkin, chunki ular bosma matnning ayrim elementlari yoki qismlarini alohida ta‘kidlash funksiyasini bajaradi.
O‘z xususiyatiga ko‘ra apostrof (tutuq belgisi) ham signalizatorlarga yaqin turadi, chunki unda “ishora qilish” funksiyasi ustundir.
Tekshirish savollari

  1. Nima uchun yozuv tilga nisbatan ikkilamchi hodisa sanaladi?

  2. Til va nutqning og‘zaki shakldan yozma shaklga- fizik-akustik asosdan optik- grafik asosga ko‘chirilishini qanday tushunasiz?

  3. Tilning kommunikativ va kumulativ funksiylarini voqelantirishda yozuvning qanday ahamiyati bor?

  4. Grafikaning lisoniy (lingvistik) asosini nimalar tashkil qiladi?

  5. Yozuvning nolisoniy asoslari ham bormi?

  6. Abdurauf Fitrat, Elbek, R.In‘omov va A.K. Borovkovlarning yozuv tizimiga oid qanday fikrlari va takliflari bo‘lgan?

  7. Grafema nima? Nima uchun u bilateral hodisa sanaladi?

  8. Grafemaning tashqi (ifodalovchi) va ichki ( ifodalanuvchi) tomonlarini qanday tushunasiz?

  9. Grafema bilan til birligi o‘rtasidagi bog‘lanish qanday yo‘l bilan amalga oshiriladi?

  10. Grafemalarning imtegral va differensial belgilari qanday xususiyatlarga ega?

  11. Fonetik birliklardagi akustik-artikulatsion belgilar bilan grafemalardagi optik-grafik belgilar qanday farqlanadi?

  12. Grafemalarning qanday tiplari va turlari bor? Tip va turlar farqlanadimi?

  13. Fonografema, prosodemografema va logografemalar qanday farqlanadi?

  14. Fonografemaning tashqi (ifodalovchi) tomoniga ko‘ra qanday turlari bor?

  15. Fonografemalarning ichki (ifodalanuvchi) tomoniga ko‘ra turlarini qanday tasavvur qilasiz?

  16. Fonografik va ideografik (semasiografik) yozuvlar qanday farqlanadi?

  17. Fonografema yozuvning qaysi tipiga mansub? Logografemalar-chi?

  18. Logografemalarning qanday turlari bor?

  19. Arab raqamlarining dunyoda ommalashuvida hamyurtimiz Muhammad Xorazmiyning qanday xizmati bor?

  20. Hozirgi o‘zbek yozuvida morfografemalar bormi?

  21. Simvollar nima? Ular qanday xususiyatlarga ega?

  22. Qanday belgilar signalizatorlar sanaladi?

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling