Fonografemalar - grafemalarning fonemalarni ifodalaydigan tiplari: i fonografemasi "i" fonemasini, b fonografemasi "b" fonemasini ifodalagani kabi.
Monograflar-tashqi tomoni (ifodalovchisi) bir harfga teng bo‘lgan grafemalar: a, b, d,f, g... kabi.
Digraflar- tashqi tomoni (ifodalovchisi) ikki harf qo‘shilmasidan tarkib topgan grfemalar: ng, sh, ch kabi.
Trigraflar- tashqi tomoni (ifodalovchisi) uch harf qo‘shilmasidan tarkib topgan grafemalar: nemis yozuvidagi sch grafemasi bunga misol bo‘ladi(trigraflar hozirgi o‘zbek yozuvida yo‘q).
Poligraflar-ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasiga teng grafemalarning umumiy nomi: sh, ch, shch (meshchan-ruscha «щ» fonografemasining hozirgi o‘zbek yozuvidagi shakli) kabi.
Monofonemali grafemalar - ichki tomonida bir fonema kodlashtirilgan grafema: q grafemasi faqat bitta “q”fonemasini ifodalaydi.Demak, uning ifodalanuvchisi bittadir.
Bifonemali grafemalar - ichki tomonida ikki fonema kodlashtirilgan grafema: kirill-o‘zbek yozuvidagi е,ё,ю,я grafemalari shu xususiyatga ega: е= й+э, ё=й+о, ю= й+у, я=й+а kabi.
Polifonemali grafemlar- ifodalanuvchusi ikki va undan ortiq bo‘lgan grafemalar (bifonemali grafemalar ham shi turning ichki eir ko‘rinishidir).
Analitik grafemalar - digraf va poligraflarning yozma nutq oqimidagi sintagmatik tavsifiga oid atama: shahar (“sh” paradigmatik planda-digraf, sintagmatik planda esa-analitik grafema)
Do'stlaringiz bilan baham: |