Tilshunoslikda fonologik oppozitsiyalar tasnifining yana bir necha turi bor.Shulardan biri professor N.S.Trubetskoyga mansubdir. U fonologik oppozitsiyalarni quyidagi uch asosga ko‘ra tasnif qiladi (mazkur tasnif o‘zbek tilining fonologik tizimiga prof A. Abduazizov tomonidan tatbiq etilgan):
Birmchi asos oppozitsiya bilan sistema o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra belgilanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi:
Bir o„lchovli oppozitsiyalar (оппозиции одномерные). Bunda bir oppozitsiya a’zolariga xos bo‘lgan belgilar yig‘indisi shu sistema tarkibidagi boshqa oppozitsiyalarning a’zolarida uchramaydi. Masalan, (p-b)dagi “lab-lab+portlovchi” belgilari yig‘indisi shu sistema tarkibidagi (t-d) oppozitsiyasida yo‘q, (t-d)dagi —til oldi+portlovchi” belgilari yig‘indisi (k-g) oppozitsiyasida yo‘q, (k-g)dagi —til orqa+ portlovchi” belgilari yi‘g‘indisi (s-z) oppozitsiyasida yoq, (s-z)dagi —til oldi-dental+ sirg‘aluvchi” belgilari yig‘indisi (sh-j) oppozitsiyasida yo‘q, (sh-j)dagi —til oldi- tanglay+ sirg‘aluvchi” belgilari yig‘indisi (ch-dj) oppozitsiyasida yo‘q. Suning uchun (p-b) oppozitsiyasi tarkibida uchinchi a’zo uchramaydi. Bu xususiyat —jarangli- jarangsizlik” farqlanish belgisi asosida uyushib kelgan korrelatsiya tarkibiga kirgan barcha juftliklarga xos. Bir o‘lchovli oppozitsiyalar ba’zan —bilateral oppozitsiyalar” deb ham nomlanadi. (Qarang: 43, 282-b.);
Ko„p o„lchovli oppozitsiyalar (оппозиции многомерные). Bunda oppozitsiya a'zolaridagi belgilar shu sistemadagi boshqa oppozitsiya tarkibiga kirgan fonemaga ham xos b‘ladi. Masalan, (b-d) oppozitsiyasi a'zolaridagi "portlovchi, jarangli" lik belgilari (d-g) oppozitsiyasidagi (g) fonemasida ham bor (b-d-g kabi), (p-t) oppozitsiyasi a'zolaridagi "portlovchi, jarangsiz" lik belgilari esa (t-k) oppozitsiyasi tarkibidagi (k) undoshida ham mavjud (p-t-k kabi).
Proporsional oppozitsiyalar (оппозиции пропорциональные). Bunda bir oppozitsiya a'zolaridagi farqlanish belgilari shu sistemadagi barcha oppozitsiyalarga xos bo‘ladi. Masalan: (p-b) dagi "jarangsiz-jarangli"lik farqlanish belgisi shu belgi asosida tarkib topgan korrelatsiya a'zolarining barchasida bor: (p-b), (t-d), (k-g), (s-z), (sh-j), (ch-dj), (f-v), (x-g„) kabi.
Yakkalangan oppozitsiya (оппозиция изолированia>i).Biinday oppozitsiya a'zolari o‘rtasidagi aloqa boshqa oppozitsiyalarda takrorlanmaydi. Masalan: o‘zbek tilidagi (l-r) oppozitsiyasiga xos "yon sonant" va "titroq sonant" farqlanish belgisi boshqa biror oppozitsiyada yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |