3. Jarangsizlik-jaranglilik belgilariga ko„ra: (p-b), (t-d), (s-z), (f-v), (k-g), (sh-j), (ch-dj), (x-g‘). (Qarang: 1, 23-b.).
Hozirgi o„zbek adabiy tili vokalizmi tizimiga kiruvchi
oppozitsiyalar
Tilning uch darajali ko„tarilish belgisiga ko„ra:
i (yuqori tor unli) - e (o‘rta keng unli) = i - e oppozitsiyasi;
e (o‘rta keng unli) - a (quyi keng unli) = e - a oppozitsiyasi;
v) i (yuqori tor unli) - а (quyi keng unli) = i - а oppozitsiyasi;
g) u (yuqori tor unli) - o‘ (o‘rta keng unli) = u - o„ oppozitsiyasi;
o‘ (o‘rta keng unli) - о (quyi keng unli) = o„ - o oppozitsiyasi;
u (yuqori tor unli) - о (quyi keng unli) = u - o oppozitsiyasi;
Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko„ra:
i (lablanmagan) - u (lablangan) = i - u oppozitsiyasi;
e (lablanmagan) - o‘ (lablangan) = e - o„ oppozitsiyasi;
v) a (lablanmagan) - о (lablangan) = а - o oppozitsiyasi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, fonologik oppozitsiya turli til tovushlarini qarama-qarshi qo‘yishga asoslanmaydi, chunki u muayyan bir tilning strukturaviy birligidir va shu tilning o‘zigagina xizmat qiladi. Boshqa til tovushlari muayyan til, masalan, o„zbek tili tarkibida oppozitsiya hosil qilishi uchun u shu til tizimidagi kvaziomonimlar tarkibida qo„llanadigan darajaga ko„tarilgan bo„lishi shart. Masalan, arab tilining "f" undoshi o‘zbek tilinig "p" undoshi bilan zidlanish hosil qilish darajasiga ko‘tarilgan deyish mumkin, chunki shu ikki undoshdagi farqlovchi belgi (sirg‘alish-portlash belgisi) o‘zbek tilidagi sof va sop minimal juftligida fonologik vazifa bajarmoqda. Bunday holatni x-h oppozitsiyasi misolida ham ko‘rish mumkin: o‘zbek tilida xol va hol, shox va shoh kabi minimal juftliklaming (kvaziomonimlarning) mavjudligi arab tilidan o‘zlashgan "h" undoshini o‘zbek tilidagi x-h opozitsiyasi vakili deb qarashga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |