Fonema so‘zlar yoki morfemalarni tarkib toptiruvchi va ularning tovush qobig‘ini farqlash orqali ma’nolarini tafovutlash vazifasini bajaradigan eng kichik segment birlikdir.Masalan, bur va bo‘r (so‘zlarni tarkib toptiruvchi segment birliklar - b,u,r va b,o„,r), “-man” va “-san’’(mofemalarni tarkib toptiruvchi segment birliklar: m,a,n va s,a,n) kabi.
Fonemika - fonlarning fonemalarga birlashuvini o‘rganadigan fan. U segmental fonologiya deb ham ataladi.Masalan, kul so‘zidagi old qator (ingichka) “u” va qul so‘zidagi orqa qator (yo‘g‘on) “u” tovushlarining har biri alohida fonlardir, ammo bu ikki fon bitta “u” fonemasiga birlashadi (—“u”+ “u” = “u” kabi) va shu fonemaning allofonlari sanaladi.Biroq, “kul” va “ke/”so‘zlaridagi old qator “u” va “e”lar, “qul” va “qo„l” so‘zlaridagi orqa qator “u” va “o„”lar bitta fonemaning allofonlari emas, balki alohida fonemalarning allofonlaridir. Ular yuqoridagi so‘zlar tarkibida “u” va “o„” fonemalarining variatsiyalari sifatida qatnashgan.Bunday hodisalarni farqlay bilish uchun fonemalarning differensial va integral belgilari, fonologik oppozitsiya va korrelatsiya, fonema ottenkalari, ularning turlari haqida, demak, fonemalarning paradigmatik va sintagmatik tavsiflari xususida ma’lum tasavvurga ega bo‘lish talab qilinadi.
Fonemalarning differensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan)
belgilari
Do'stlaringiz bilan baham: |