O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Fonologiyaning fan sifatida yuzaga kelishi


Download 5.3 Mb.
bet32/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonologiyaning fan sifatida yuzaga kelishi
(tarixiy obzor)
Tilning tovush sistemasini o‘rganish tarixi ikki davrga bo‘linadi:

  1. «Fonema» tushunchasi paydo bo„lganga qadar bo„lgan davr: bu davrda tovush va fonema aniq farqlanmagan, hattoki tovush bilan harf qorishtirilgan. Buni taniqli tilshunos Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk ” asari tarjimasida ham kuzatish mumkin.—Devon"dan keltirilgan quyidagi misralar fikrimizning dalili: —Turkiy tillarda qo‘llanadigan asosiy harflar soni 18 ta. Turkiy yozuvda shular qo‘llaniladi...

Arabchada bu harflarning tengdosh sirasi , м, ' singaridir. Bu asosiy
harflardan boshqa talaffuzdagina ( yozuvda emas ) ifodalanuvchi yana yettita harf borki, turkiy so‘zlar bu harflarsiz ishlatilmaydi. Bular qattiq talaffuz qilinadigan (p) harfi, arabcha harfi, j (з) bilan ( sh) oralig‘ida talaffuz etiladigan j( j) harfi; arabcha (f) harfi; nuqtali £ (g‘) harfi; J (q) bilan (k) harflari oralig‘ida talaffuz etiladigan yumshoq <-£ (g) harfi, kofi g‘unna bilan £ (g‘) oralig‘ida hamda talaffuz etiladigan ( q ) harflaridir”.11
Ko‘rinib turibdiki, Mahmud Koshg‘ariy tahlili va bayonida
talaffuzdagina ( yozuvda emas ) ifodalanuvchi yana yettita harf bor...” , j bilan j oralig„ida talaffuz etiladigan ( q ) harfi...” ham mavjud.
Harf bilan tovushning qorishtirilishi Yevropada Yunon-Rim tilshunoslari asarlarida ham kuzatiladi. Masalan, IV asrda yashagan Prissiananing grammatikasida harfga oid terminlar tovushga nisbatan qo‘llanadi. Bunday qorishtirilish XIX asrgacha davom etadi. Taniqli olim, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning asoschilaridan biri bo‘lgan Yakob Grimmning 1819 -yilda yozilgan " Nemis tili grammatikasi " (" Deutsche Grammatik ", I. Gottingen, 1819 ) kitobining birinchi qismi " Von den Buchstaben " ( " Harflar xususida ") deb nomlanganligi ham shundan guvohlik beradi. Yosh grammatikachilar (mladogrammatikachilar) tillarning qadimgi tovush tizimlarini qayta tiklash va bu tizimlarning keyingi taraqqiyot qonunlarini aniqlash ishlarida qadimgi yozma yodgorliklarning harflariga tayanib ish ko‘rishgan. Bu ham yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Akademik L.V. Shcherba bunday holatning maktab darsliklarida ham kuzatilayotganligini tanqid qilib, 1904-yilda shunday degan edi: "Tovush va harflarning qorishtirilishi mualliflarni morfologiyada ham noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi”. Prof. L.R. Zinder L.V. Shcherbaning bu tanqidiy fikrini maktab darsliklarigagina emas, ayrim ilmiy grammatikalarga ham tatbiq etsa bo‘ladi deb hisoblaydi: uningcha "-a" va "-я" ning ikkita har xil qo‘shimcha ekanligi faqat yozuvdagi holatdir, tilda esa ular, aslida, bitta qo‘shimchaning o‘zi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘tmishda harf va tovush sistemalari ko‘pincha farqlanmagan. Biroq XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, tilshunoslikda og‘zaki va yozma nutqlarning har biri tilning alohida yashash formalari ekanligi ta'kidlana boshlanadi.
Xususan, taniqli rus va polyak tilshunosi I.A. Boduen de Kurtene o‘zining "Rus yozuvining rus tiliga munosabati"( "Об отношении русского письма к русскому языку" ) kitobida nutqiy faoliyatning ikki turi - talaffuzga va eshituvga hamda yozish va ko‘rishga asoslangan turlari borligini aytadi, ammo bu ikki formani u bir-biriga teng deb hisoblamaydi. Uningcha, nutqning talaffuzga va eshitishga asoslangan shakli yozma shaklga bog‘liq bo‘lmagan holda, mustaqil ravishda yuzaga kelishi mumkin, yozishga va ko‘rishga asoslangan nutq shakli esa faqat talaffuzga va eshitishga asoslangan nutqqa bog‘liq ravishda anglashiladi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling