O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet29/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Qiyosiy fonetika - qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o‘rganadigan fonetika.
Eksperimental (instrumental) fonetika - nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida tadqiq etadigan fonetika.
Tovushning fizik-akustik tabiati - tovushning balandligi, kuchi, tembri, cho‘ziqligi, ularning eshitilish xususiyatlari.
Gers - tebranayotgan jismning (mas., un paychalarining) tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi. Ovozning past yoki balandligi gerslar miqdori bilan belgilanadi.
Infratovush - 16 gersdan kam chastotali tovush.
Ultratovush_- 20000 gersdan ortiq chastotali tovush.
Tovushning balandligi - tovushning un paychalari tebranishi chastotasiga bogliq sifati.
Tovushning kuchi - 1sm2 maydondan 1 sekundda o‘tadigan energiya miqdori. U detsibel bilan o‘lchanadi.
Tovush tembri - tovushning asosiy ton (ovoz) va yordamchi tonlar (parsial tonlar) qoshilmasidan tarkib topuvchi sifati.
Formantlar - tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqini ko‘rsatuvchi chastotalar.
Spektograf - tovush formantlarini aniqlovchi maxsus apparat.
Tovush choziqligi - tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi.
Tovushning sifat belgilari - tovushning balandligi, kuchi (intensivligi), tembri.
Tovushning miqdor belgisi - _tovushning cho‘ziqligi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling